Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2019 R. Farmonov, U. Jo‘rayåV, sh. Ergashev jahon tarixi
Download 7.71 Mb. Pdf ko'rish
|
8-sinf Jahon tarixi (2019)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mutlaq monarxiyaning qaror topishi.
- Rus millatining shakllanishi. Madaniyat.
Iqtisodiy rivojlanish. XVII asrdan Rossiya iqtisodiyotida yangi alo-
matlar paydo bo‘ldi. Bu, avvalo, tovar, ya’ni bozorda sotish uchun mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqarishning rivojlanishida va manu- fakturalar vujudga kelishida namoyon bo‘ldi. Bu jarayondan qishloq http://eduportal.uz 51 xo‘jaligi ham chetda qolmadi. Asosiy oziq-ovqat mahsuloti – g‘alla hamma yerda tovarga aylandi. Rossiyada XVII asrdan boshlab shaharlar ham rivojlandi. Ular mamlakatning savdo-sanoat markazlariga aylanib bordi. Hunarmandchilikning rivojlanishi mamlakatning rivojlanishiga, viloyatlar o‘rtasida xo‘jalik aloqalarining kengayishiga, butunrossiya yagona ichki bozorining tarkib topishiga olib keldi. Shu tariqa Rossiya iqtisodiyotida ham juda sekinlik bilan bo‘lsa-da, yangi – kapitalistik munosabatlar shakllana bordi. Mutlaq monarxiyaning qaror topishi. Rossiyada mutlaq monar- xiyaning to‘la qaror topishi Pyotr I nomi bilan bog‘liq. U 1689-yilda taxtga o‘tirdi. Pyotr I tashqi siyosatining asosiy maqsadlaridan biri Rossiyani kuchli harbiy-dengiz flotiga ega davlatga aylantirish edi. U bu vazifani muvaffaqiyat bilan amalga oshirdi. 1700-yili Rossiya Boltiq dengiziga chiqish uchun Shvetsiyaga qar- shi urush boshladi. Bu urush tarixga «Shimoliy urush» nomi bilan kirdi. Urush 1721-yili Rossiyaning g‘alabasi bilan tugadi. Shu yili Finlandiyaning Nishtadt shahrida Rossiya – Shvetsiya tinchlik shart- nomasi imzolandi. Unga binoan, Rossiya Boltiq dengiziga chiqish huquqiga ega bo‘ldi. Ayni paytda Rossiya Yevropaning qudratli dav- latlaridan biriga aylandi. 1721-yili Pyotr I imperator deb e’lon qilindi. Rossiya imperiyaga aylandi va mamlakatda mutlaq monarxiya to‘la qaror topdi. Rus millatining shakllanishi. Madaniyat. Rus yerlarining birlashti- rilishi natijasida madaniy aloqalar mustahkamlandi va rus madaniya- tining o‘sishi boshlandi. Madaniyatning rivojlanishi, iqtisodiy yuksa- lish bilan birga, rus millatining shakllanishiga olib keldi. Asta-sekin mahalliy shevalar barham topib, rus millatining til birligi vujudga keldi, yagona madaniyat shakllandi. Rusning madaniy birligi xalq og‘zaki ijodi, me’morchilik, tasviriy san’at va adabiyotda o‘z ifodasini topdi. Ammo, madaniyatning yuksalishiga qaramasdan, aholining asosiy qismi savodsizlik va jaholat botqog‘ida qolayotgan edi. Shu sababli XVIII asrdan boshlab, mamlakatda bir qator maktablar ochi- lishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Moskvadagi matematika va na- vigatsiya fanlari maktabi, artilleriya, meditsina maktablari shular jum- lasidan edi. Moskvadan boshqa hududlarda ham bir qator maktablar va bilim yurtlari ochildi. Shu davrda Peterburgda Rossiya Fanlar akademiyasi, keyinchalik akademiya qoshida gimnaziya va universitet tashkil topdi. 1755-yili http://eduportal.uz 52 buyuk rus olimi M.V. Lomonosov tashabbusi bilan Moskva universiteti tashkil qilindi. Bu davrdagi Rossiya fanining muvaffaqiyatlari Moskva universiteti va M.V. Lomonosov faoliyati bilan bog‘liq. Shu yillari rus geografiya fani katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Osiyo bilan Amerika o‘rtasidagi Bering bo‘g‘ozi kashf etildi. Laptevlar ekspeditsiyasi Shimoliy Muz okeanini Murmanskdan to Chukotka- gacha o‘rganib chiqdi. S.I. Chelyuskin Osiyoning eng shimoliy chek- kasini kashf etdi. Hozir bu yer Chelyuskin burni deb ataladi. Shu davrda texnika taraqqiyotida ham katta muvaffaqiyatlarga eri- shildi. I.I. Polzunov, I.P. Kulibin kabi olimlar ko‘plab texnik ixtiro- larni amalga oshirdi. Rossiyalik olimlar va kashfiyotchilar tomonidan yaratilgan mashinalar jahon fani va texnikasi yutuqlarining oldingi qatorida turardi. Ammo qoloq, krepostnoy Rossiyada bu mashinalarga talab yo‘q, ular deyarli qo‘llanilmas edi. Download 7.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling