Mavzu: Yurak qon tomirlar sistemasi


Download 226.72 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi226.72 Kb.
#1405575
  1   2
Bog'liq
yurak qon tomirlar sistemasi


MAVZU: Yurak qon tomirlar sistemasi
Reja:

  1. Qon tomirlarning tuzilishi

  2. Arteriya qon tomirining tuzilishi

  3. O‘ng bo‘lmachaning tuzilishi

  4. O‘ng qorinchaning tuzilishi

Angiologiya (yunoncha angeion - tomir, logos -ta'limot) XVIII asrdan boshlab termin sifatida ishlatiladi.
Tomirlar sistemasi organizmda boshqa a'zolar sistemasi singari muhim vazifani bajaradi. Tomirlar ichidagi suyuqliklar (qon - sangues va limfa) oziq moddalarni ichaklardan, kislorodni o'pkadan hujayra VI to'qimalarga yetkazib beradi, shu bilan birga ulaming tarkibidagi organizmga kerak bo'lmagan (chiqindi) moddalarni ma'lum a'zolar (buyrak, o'pka va h.k.)ga olib boradi. Tomirlar sistemasi yurak-qon tomir, limfa sistemalari va qo'shimcha tuzilmalardan tarkib topgan.



Impuls o’tkazilishi va yurak muskily siqilishi bir qancha farqlarni namoyon qiladi. Sinus tugunidan atrio qorincha tuginiga boradi undan gis tugini bo’ladi. Gis tugini tolasimon yurak sneltiga harakatni boshlaydi va uni qorincha miyokardiga o’tkazadi. U yerda u birinchi tugun sohasi bo’ylab ichki qorincha pardevoriga o’tadi. Shuning uchun purkenji tolalari tomonidan taqsimlanadi va bu butun qorincha miyokardi orqali yuz beradi. (chizma)
Yurakning xususiy qon tomirlari

Yurakning xususiy arterial qon tomiri aortaning boshlanishidan chiqib, o‘ng va chap tojsimon arteriyalar hosil qiladi. Yurak qon bilan yaxshi ta’minlangan bo‘ladi, tanadagi qonning 5-10% yurakka o‘tadi. o‘ng tojsimon arteriya ko‘ndalang egat bo‘ylab o‘nga yo‘naladi va o‘ng qorinchaning anchagina qismini va o‘ng bo‘lmachani qon bilan ta’minlaydi. Arteriyaning bir tarmog‘i yurakning o‘tkazuvchi sistemasini qon bilan ta’minlaydi. Chap tojsimon arteriya ikki tarmoqqa bo‘linib, yurak chap yarmining anchagina qismini va o‘ng qorinchaning oldingi qismini qon bilan ta’minlaydi. Asosiy venoz qon tojsimon sinus orqali o‘ng bo‘lmachaga ko‘yiladi. Yurakning ayrim qismlaridagi venoz qon o‘ng va chap qorinchalarga qo‘yiladi. Demak, yurakda katta qon aylanish doirasiga parallel ravishda uchinchi qon aylanish doirasi, ya’ni koronar qon aylanish mavjud.
Qon tomirlarining tuzilishiQon tomirlar arteriya, vena va kapillyarlarga bo‘linadi.Qon tomirlar embrion taraqqiyotida mezenximadan hosil bo‘ladi. Arteriya va vena qon tomirlari devori 3 qavatdan: ichki, o‘rta va tashqi qavatlardan tuzilgan. Ichki qavat, ya’ni intima - elastik, yassi, ko‘p burchakli entodeliy hujayralari bilan qoplangan. Qon tomirlarning ichki yuzasi silliq va tekis bo‘lib, qonning ivib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi. o‘rta qavat elastik biriktiruvchi to‘qima aralashgan halqasimon silliq tolali muskullardan tuzilgan. Tashqi qavat fibroz tolali biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan. Kapillyar tomirlar devorining qalinligi 2h bo‘lib, kapillyar naycha hosil qiladigan endoteliy hujayralar qavatdan iborat. Organizmdagi arteriya va venalar yirik, o‘rtacha va mayda diametrli tomirlarga bo‘linadi. Kapillyarlarga tarmoqlanuvchi eng mayda arteriya va venalar arterial va venulalar deb ataladi.
Yirik arteriyalar devorida elastik elementlar ko‘p bo‘ladi. Qon tomirlaridagi barcha elastik elementlar yaxlit elastik to‘qima hosil qiladi va prujinaga o‘xshab ishlaydi.
Vena tomirlarda elastik to‘qimalar ancha kam bo‘ladi. Chunki vena tomirlarning tolali biriktiruvchi to‘qimasida kollagen tolalar ko‘p bo‘ladi. o‘rtacha diametrli venalarda yarim oysimon cho‘ntaklarga o‘xshash qopqoqlar bo‘lib, bular tomir intimasining ikki qavat buklanishidan hosil bo‘ladi.
Qopqoqlar ko‘proq qo‘l-oyoq va bo‘yin venalarida bo‘lib, qon harakatlanadigan tomonga qarab ochiladi. Venalarning ko‘pchiligi skeletning baquvvat muskullari orasidan o‘tadi. Bu muskullar qisqarib, vena tomirlarini siqadi, natijada qon yurak tomonga qarab harakatlanadi. Yurakdan chiquvchi qon tomirlar arteriya, yurakka kelib quyiluvchi qon tomirlar (ichidagi qon qanday bo‘lishidan qat’i nazar) vena qon tomirlari deyiladi.
Tojsimon arteriyalar faqat yurak muskulini taminlaydi ular tezda aorta klapani tepasidagi aortadan paydo bo’ladi va ularning yirik tarmoqlari miokard bo’ylab yuboriladi va bu ularning tashqaridan yurak muskuliga kiradigan terminal tarmoqlai orqali yuz beradi.
Aortadan chiqqandan keyin o’ng tojsimon arteriya tojsimon egatchalarga kiradi. Avval o’ng yurak bo’lmasi ostida keyin o’ng yurak chegarasi atrofida yurak diafragmatik yuzasi tomonga tomonga xarakat qiladi. U orqa ichki qorincha tarmog’ida tugaydi. Qaysiki yurak apeksiga tomon harakat qiladi. (chizma)

O’ralgan tarmoq

Chap tojsimon arteriya

Aorta

O’pka venalari

O’ng tojsimon
arteriya

O’ng yurak bo’lmasi

O’pka arteriyasi

Yuqori vena chuqurligiu

Chap yurak bo’lmasi



Katta yurak venasi



Download 226.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling