Cho’lponning "Tong sirlari" to’plamidagi "Ay bulut" she’ri tahlili


Download 23.68 Kb.
Sana10.12.2020
Hajmi23.68 Kb.
#163579
Bog'liq
Ey bulut


Cho’lponning “Tong sirlari” to’plamidagi “Ay bulut” she’ri tahlili:




    1. Matnshunoslik asoslari:



  1. grafik shakllanishi:


  1. Ushbu she’r “Tong sirlari”(1926) to’plamida 5 band 18 misrali holatda shakllangan.




  1. “Yana oldim sozimni”(1991) to’plamida ham asli kabi shakllantirilgan.




  1. 3 jildlik asarlarning 1-jildi(1994) to’plamida ham 5 band 18 misrali shaklda.




  1. 4 jildlik asarlarning 1-jildi(2013) to’plamida ham she’r bandlari asl nusxa kabi shakllangan.




  1. “Ko’klam ruhi”(2019) to’plamida esa ushbu she’r bandlarga ajratilmagan holatda berilgan.

Demak, she’r shakli bo’yicha asl manbaga tayangan holatda she’rni bandlarga ajratilgan holatda shakllantirish maqsadga muvofiq. Chunki she’rning qofiyalanish sistemasiga qaraydigan bo’lsak, bandlar o’zaro qofiyalangan va ijodkor o’z maqsadini shu shaklga joylagan.





  1. tinish belgilarining qo’llanilishi:

Sarlavha:

Sarlavhadan so’ng “Tong sirlari” va 3 jildlik asarlarning 1-jildi to’plamlarida undov belgisi qo’llangan. Boshqa to’plamlarda qo’llanmagan. Hozirgi imlo qoidalariga muvofiq sarlavhadan so’ng hech qanday tinish belgi qo’llanmasligi lozim. Shuningdek, “Yana oldim sozimni”, 3 jildlik asarlar va “Tong sirlari” va “Ko’klam ruhi” to’plamida undov so’zdan so’ng asossiz ravishda vergul tinish belgisi qo’llangan.
Shu bilan birga, “Tong sirlari” va 3 jildlik asarlarda ‘sayohat esdaliklaridan” jumlasi qavs ichida yozilgan.

1-band:


1-misra uyushiq bo’laklar orasida vergul qo’llangan misra mazmunan yakunlanmaganligi uchun vergul qo’llangan.
2-misrada “Tong sirlari” to’plamida misra yakunida asossiz ravishda undov belgisi qo’llangan. Qolgan to’plamlarda hech qanday tinish belgi qo’llanmagan.
3-misra so’ngida vergul qo’llangan. 4 jildlik asarlarda esa ushbu misrada so’roq belgisi qo’llangan.
4-misra gap so’roq mazmunida bo’lganligi uchun so’roq belgisi qo’llangan.

2-band:


5-misrada “Tong sirlari” to’plamida misra mazmuni yakunlanmagan holatda nuqta qo’llangan. 4 jildlik asarlarda hech qanday tinish belgi qo’llanmagan. Qolgan barcha to’plamlarda vergul ishlatilgan.
6-misra Asl to’plam, “Yana oldim sozimni” va “Ko’klam ruhi” to’plamlarida nuqta. 3-jildlik asarlarda vergul va 4-jildlik asarlarda so’roq belgisi qo’llangan.
7-misra barcha to’plamlarda nuqta yakunida vergul qo’llangan. 3 jildlik asarlar va “Tong sirlari” to’plamlarida “yo” bog’lovchilaridan so’ng ham vergul qo’llangan.
8-misra barcha to’plamlarda so’roq belgisi qo’llangan. “Tong sirlari” to’plamida ushbu belgi 3 marotaba tarzida yozilgan.

3-band:


9-misra: “Tong sirlari” to’plamida sayoq so’zini izohlash maqsadida tire belgisi qo’llangan.Qolgan to’plamlarda ushbu so’zlar uyushiq bo’lak sifatida talqin qilinib, vergul tinish belgisi qo’llangan.
10-misra: ushbu misrada “Tong sirlari” va 3 jildlik asarlarda nuqta tinish belgisi qo’llangan. Qolgan to’plamlarda misra vergul bilan yakunlangan.
11-misra 3 jildlik asarlar va “Tong sirlari” to’plamida misra nuqtali vergul bilan yakunlangan. Bunga qo’shimcha ravishda 3 jildlik asarlarning 1-jildida kirish so’z ikki tomondan vergul bilan ajratilgan. “Yana oldim sozimni” va “Ko’klam ruhi” to’plamlarida misra vergul bilan yakunlangan. 4 jildlik asarlarda esa kirish so’z ikki tomondan vergul bilan ajratilgan va misra vergul bilan yakunlangan.
12-misra: Asl to’plamda bu yo’l mazmunini izohlash uchun tire qo’llangan. Mazmunning asl mazmunini o’quvchining o’zi anglashi uchun ko’p nuqta qo’llangan. “bilgaysan” so’zidan so’ng esa undov belgisi va ko’p nuqta qo’llangan. 3-jildlik asarlarda ham ham huddi yuqoridagi holatda qo’llangan. Lekin boshqa to’plamlarda esa yo’l so’zini izohi uchun tire belgisi ishlatilmagan.
4-band:

13-misra mazmunan yakunlanmagani uchun vergul qo’llangan.


14-misra qo’shma gap qismlari orasida vergul qo’llangan.
15-misra “Tong sirlari”to’plamida misra yakunida nuqta qo’llangan. Qolgan to’plamlarda misra vergul bilan yakunlangan.
16-misra: Ushbu misrada allaqanday mazmunni ijodkor o’quvchining o’ziga qoldirgan va ko’p nuqta qo’llagan. Ushbu holat barcha to’plamlarda bir xil.

5-band:


17-misrada undalma vergul bilan ajratilgan va misra yakuni undov bilan tugallangan.
18-misra: misra yakunida undov va ko’p nuqta qo’shaloq tarzda qo’llangan.



  1. so’z va so’z shakllarining yozilishi:





Tong sirlari

Yana oldim sozimni

3 jildlik asarlar 1-j

4 jildlik asarlar 1-j

Ko’klam ruhi

1-m

talalar

dalalar

talalar

talalar

dalalar

2-m

uxlag’an


uxlagan

uxlagan

uxlagan

uxlagan

5-m

etak

tentak

Etak

etak

tentak

6-m

ilong’a

ilonga

ilonga

ilonga

ilonga

7-m

erkin

erkin

ezgin

erkin

erkin

11-m

qochg’an

qochgan

qochgan

qochgan

qochgan

12-m

u yo’l, bilgaysen

u yo’l, bilgaysan

va yo’l, bilgaysen

u yo’l, bilgaysen

u yo’l, bilgaysan

14-m

yoyladim

yoyladim

yoyladim

yoyladim

yoyildim

18-m

istaymen, o’limdak

istayman, o’limdak

istaymen, o’limdek

istaymen, o’limdek

istayman, o’limdak

She’rning nomlanishida ham turli xillik mavjud. “Tong sirlari”, 3 jildlik asarlar va 4 jildlik asarlarda she’r “Ay bulut” deb nomlangan. “Yana oldim sozimni” va “Ko’klam ruhi” to’plamlarida “Ey bulut” tarzida ishlatilgan.

1.2 Qiyosiy-tanqidiy matn:

Cho’lpon davri yuzasidan qilingan qiyosiy-tanqidiy matn:

Ay, bulut!

( sayohat esdaliklaridan )


Talalar-qirlarda, adirning yonida,

Har turli yovvoyi ko’katlar qo’ynida!

Uxlag’an yo’lchini nimaga uyg’otding,

Na uchun ko’zingdan sadafdek yosh to’kding?


Bevafo bir etak qo’lingdan chiqdimi,

Yo, go’zal maskaning ilonga in bo’ldi,

Yo, erkin ko’nglingni tiriklik siqdimi,

Yo, sevgan go’daging bo’riga yem bo’ldi???


Har holda men kabi bir sayoq – telbasen.

Yuzinga hech qayda bir eshik ochilmas.

Sen qochgan yo’l bilan, odatda, qochilmas;

U yo’l ham – boshqadek – mahv etar… bilgaysen!..


Adirning tepasi bir ozroq joy berdi,

Kiprikni-kiprikka qo’ydim-da, yoyladim.

Shu choqda ko’klarda ko’lankang ko’rindi.

Tush bilan ko’rishar-ko’rishmas ayrildim…


Ko’zimda sen kabi uyqu yo’q, ay bulut!

Istaymen o’limdak umrli bir sukut!..

Chimkent, 1924, 2-iyun.
Ushbu qiyosiy-tanqidiy matnni tayyorlashda, asosan, men “Tong sirlari” to’plamiga tayandim. Chunki ushbu to’plam boshqa manbalar uchun asos matn vazifasini bajargan. Ushbu matnni o’qilishida ba’zi joylarda eski o’zbek yozuvi yuzasidan fikr bildirgan holda “talalar”, “etak”, “erkin”, “u yo’l”, “yoyladim” va “ istaymen” so’z shakllarini o’z holicha qoldirdim. “O’limdak” so’z shaklini bugungi kunga muvofiq tarzda “o’limdek” shakliga o’zgartirdim. 14-misrada qo’llangan “yoyladim” so’z shaklida turli manbalarda farqlar yuzaga chiqqan. Bunga sabab “yoy” va “lom” harflarini ushbu so’zda harakatlarsiz berilish holati uchun. Lekin she’rning mazmuni nuqtayi nazaridan “yoyladim” so’zini qo’llash ma’noni oydinlashtirgan. Tinish belgilarini qo’llashda ham bugungi kunga muvofiq bo’lgan qoidalarga asoslanib, qo’lladim.

Bugungi kun til xususiyatlaridan kelib chiqib qilingan qiyosiy-tanqidiy matn:


Ay, bulut!

( sayohat esdaliklaridan )


Talalar-qirlarda, adirning yonida,

Har turli yovvoyi ko’katlar qo’ynida

Uxlagan yo’lchini nimaga uyg’otding?

Na uchun ko’zingdan sadafdek yosh to’kding?


Bevafo bir etak qo’lingdan chiqdimi

Yo, go’zal maskaning ilonga in bo’ldi?

Yo, erkin ko’nglingni tiriklik siqdimi,

Yo, sevgan go’daging bo’riga yem bo’ldi?


Har holda, men kabi bir sayoq, telbasen,

Yuzinga hech qayda bir eshik ochilmas,

Sen qochgan yo’l bilan, odatda, qochilmas,

U yo’l ham boshqadek mahv etar… bilgaysen!..


Adirning tepasi bir ozroq joy berdi,

Kiprikni-kiprikka qo’ydim-da, yoyladim.

Shu choqda ko’klarda ko’lankang ko’rindi,

Tush bilan ko’rishar-ko’rishmas ayrildim…


Ko’zimda sen kabi uyqu yo’q, ay bulut!

Istaymen o’limdek umrli bir sukut!..

Chimkent, 1924-yil, 2-iyun



    1. She’rda ishlatilgan bugungi kunda eskirgan yoki qo’llanish doirasi cheklangan so’z va so’z birikmalari izohi:




  1. talalar- ushbu so’z bugungi kunda dalalar ma’nosida qo’llandi.

  2. o’limdak- bugungi kunda o’limdek so’zi o’rnida qo’llaniluvchi so’z.




  1. She’rning kontekstual tahlili:




  1. shoir biografiyasi:

Cho’lpon 1898-yili Andijonning Qoraterak mahallasida dunyoga keladi. U dastlab madrasada o’qiydi, keyinchalik rus-tuzem maktabida tahsil oladi. Mutolaa yo’li bilan turk, nemis, ingliz tillarini o’rganadi. Cho’lpon dunyoqarashi va ijodining shakklanishiga XX asr boshlaridagi jadidchilik harakati katta ta’sir o’tkazadi. U publitsis sifatida ham barakali ijod qilgan. Bu borada , ayniqsa, uning “adabiyot nadur”, “Muhtaram yozuvchilarga” kabi maqolalari adabiyotning maqsad va vazifalarini anglashda muhim rol o’ynaydi. U oktabr to’ntalishidan keyingi voqealarni qalkamga oldi. “yo’lda bir kecha”, “Sharq poyezi keldi”, “Yo’l esdaligi” kabi onlab ocherk va publitsist maqolalarni chor mustamlakachilari va ularning aziyatlarini tasvirlagan.

Cho’lpon 1922-1935- yillar oralig’ida o’zining yirik to’plamlarini nashr ettirdi. 30-yillarga kelib “Jo’r” va “Soz” she’rlari to’plamini yaratdi. Ammo “soz” to’plami chop etildi-yu, “Jo’r” to’plami qatag’on tuzog’iga ilinib, qolib ketdi.


  1. davr ijtimoiy- tarixiy sharoiti:

Ushbu she’r yozilgan sanag e’tibor beradigan bo’lsak, 1924-yil iyun oyi edi. Bu vaqtda Cho’lpon o’smirlik vaqtidan dilida saqlab kelgan erkinlikka erishish uchun qulay imkoniyatlarni tobora qo’ldan berilganini aanglab bormoqda edi. Bu davr mobaynida qisqa urinishlar, ya’ni Turkiston muhtoriyati, farg’onada boshlangan ,milliy ozodlik harakati va Buxoro bilan bog’liq umidlarga aldandi. Buxorodan qaytgan vaqtidayoq shoir dilida umid va umidsizlik kurashi keskinlashdi. Shoir aqli buni qabul qilsa-da, ko’ngli buni tan olishni xohlamas edi. 1923-yillar o’rtalariga kelib, Cho’lpon ham mavjud haqiqatni tan olgan. Cho’lpon endi imkoniyat qo’ldan boy berilganini angladi, istiqlol maqsadini dil tubida mavridi kelgunicha qo’yish-u xalqning buguni haqida qayg’urishni zarurroq bildi. Undan keyin o’sha yilning iyul-avgust oylaridagi Andijondagi “Darxon” gazetasida ishladi. Ushbu gazetada ijodkorning isyonga to’la she’rlari bosilib chiqildi.


  1. davr adabiyoti:

Bu davrda adabiyot ham jiddiy hayotiy sinovlarni boshidan kechirdi. Bu muhim soha faoliyati sovetlarning doimiy nazorati ostida kechdi. Ularning nazdida kuchli mafkuraviy qurol sifatida yangi tuzumni mustahkamlashga xizmat qilishi, ommani shunga dav’at etmog’i lozim edi. Adabiyot shaklan milliy, mazmunan sotsialistik adabiyot yaratilishi vazifasi qo’yilgan edi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, Cho’lpon erkni kuylashdan, haqiqatni gapirishdan cho’chimadi.


g) adabiy an’analar:


Cho’lponning 1920-yillardagi ijodiy semazmun va boy o’tdi. Bu davrda, asosan, she’rlar barmoq vaznida yozilgan. She’riyat bilan birgalikda nasr ham rivojlandi. Dramatik asarlar ham bu borada chetda qolmadi. Cho’lpon ham ana shunday an’analar izidan bordi. Yozuvchining ijodida she’riy asarlarni ham, nasr va dramatik turni ham ko’rishimiz mumkin va eng asosiysi, Cho’lpon bu sohalarda yuksak cho’qqiga chiqa olgan. Jadidchilik haraklatlari bosh nuqtaga chiqdi. Ziyolilar endi ozodlikni ma’rifatda deb bilishdi. Xalqni bunga undadi. Cho’lpon ham bu borada chetda qolmadi. O’sha davrda yaratilgan adabiyotlarni aksariyati xalqni jaholat uyqusidan uyg’otishga qaratilgan edi. Cho’lpon ijodining bosh mavzusi ham, aynan, hurlik, erkinlik bo’ldi. U ana shunday adabiy an’analar izidan bordi.





  1. She’rning poetic xususiyatlari:




  1. she’r janri:

She’r barmoq vaznining sodda turida yozilgan. Ijodkor, asosan, barcha she’rlarida barmoq vaznidan foydalangan. Bunday vaznda ohang o’ynoqi va o’qilish oson bo’ladi.





  1. poetik obrazlar va ularning o’zaro munosabati:

Ushbu she’rda bulut bilan lirik qahramonning bog’liqlikdagi holati tasvirlangan. Lirik qahramon sayoq va telba. Bulut ham huddi shunday holatda. Ijodkor erkinlikka chiqishni istaydi. O’zini xuddi bulut bilan qiyoslaganday bo’ladi. Bulutning ham makonini ilonlar in qilgan, go’daklari bo’rilarga yem bo’lgan. Cho’lpon bu o’rinda bulut misolida o’z yurtini va xalqi taqdirini ko’rdi. Bulutga sen qochganing bilan bu yo’l bilan mahv etilasan, deb, murojaat qilmoqda. O’sha vaqtda milliy ozodlik uchun Turkistonda bir necha marotabalab harakatlar bo’ldi, lekin hammasida yengilishdi. Cho’lpon bu o’rinda shu mag’lubiyatni nazarda tutgan. Cho’lpon bulut timsolida o’z yurtini gavdalantirgan.


v) til xususiyatlari:
She’rda ortiqcha jimjimador so’zlardan foydalanilmagan. Shuning uchun tili sodda va o’quvchi uchun tushunarli. Ijodkor uslubni ham shu she’rga muvofiq sodda usulda tanlagan.
g) qo’llangan badiiy tasvir va ifoda vositlari va ularning vazifalari:

O’xshatish: Na uchun ko’zingdan sadafdek yosh to’kding?
Takror: Bevafo bir etak qo’lingdan chiqdimi

Yo, go’zal maskaning ilonga in bo’ldi?

Yo, erkin ko’nglingni tiriklik siqdimi,

Yo, sevgan go’daging bo’riga yem bo’ldi?
Anafora: Shu choqda ko’klarda ko’lankang ko’rindi, (k undoshi takrori)

Tush bilan ko’rishar-ko’rishmas ayrildim…


Nido san’ati: Ko’zimda sen kabi uyqu yo’q, ay bulut!

Istaymen o’limdek umrli bir sukut!..





  1. ritmik-intonatsion qurilish:

Ushbu she’rda bo’g’inlar miqdori qat’iy 15 bo’g’inli. Qofiyalanish tizimida o’ziga xoslik mavjud. Shuningdek, she’rda tinch ohang ham, so’roq hamda undov ohangi ham mavjud.

Ay, bulut!

( sayohat esdaliklaridan )


Talalar-qirlarda,/ adirning yonida, 6+6=12 a

Har turli yovvoyi/ ko’katlar qo’ynida/ 6+6=12 a

Uxlagan yo’lchini/ nimaga uyg’otding? 6+6=12 b

Na uchun ko’zingdan /sadafdek yosh to’kding? 6+6=12 b


Bevafo bir etak/ qo’lingdan chiqdimi/ 6+6=12 d

Yo, go’zal maskaning/ ilonga in bo’ldi? 6+6=12 e

Yo, erkin ko’nglingni/ tiriklik siqdimi,/ 6+6=12 d

Yo, sevgan go’daging/ bo’riga yem bo’ldi? 6+6=12 e


Har holda, men kabi/ bir sayoq, telbasen, 6+6=12 f

Yuzinga hech qayda /bir eshik ochilmas, 6+6=12 g

Sen qochgan yo’l bilan,/ odatda, qochilmas, 6+6=12 g

U yo’l ham boshqadek/ mahv etar… bilgaysen!.. 6+6=12 f


Adirning tepasi/ bir ozroq joy berdi, 6+6=12 h

Kiprikni-kiprikka/ qo’ydim-da, yoyladim. 6+6=12 i

Shu choqda ko’klarda/ ko’lankang ko’rindi,/ 6+6=12 h

Tush bilan ko’rishar/-ko’rishmas ayrildim… 6+6=12 i


Ko’zimda sen kabi/ uyqu yo’q, ay bulut! 6+6=12 j

Istaymen o’limdek, umrli bir sukut!.. 6+6=12 j

Chimkent, 1924-yil, 2-iyun

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “Tong sirlari”(1926).

2. “Yana oldim sozimni”(1991).

3. “Go’zal Turkiston”(1997).

4. Asarlar 4 jildlikning 1-jildi (2013).

5. Asarlar, 3 jildlikning 1-jildi, 1994.

6. “Ko’klam ruhi”(2019).

7. Quronov.D, Adabiyot nazariyasi asoslari, T.: “Navoiy universiteti”, 2018.

8. Yo’ldoshev.M, Badiiy matnning lisoniy tahlili, T. 2007.

9. Quronov.D, Cho’lpon hayoti va ijodiy merosi, T.: “O’qituvchi”, 1997.

10. Murodqulov.O, Dehqonova.L, Fors tili, Guliston-2010.



11. O’zbek tilining izohli lug’ati. 1981-yil
Download 23.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling