Cho'michli gidroturbinali ularning konstrukturasi va qo'llanishi reja


Download 41.22 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi41.22 Kb.
#1559664
  1   2   3
Bog'liq
Bir cho\'michli yuklash mashinalari turlari va qo\'llanish kulami



CHO'MICHLI GIDROTURBINALI ULARNING KONSTRUKTURASI VA QO'LLANISHI
Reja:



  1. Bir cho‘michli ekskvavatorlar ishchi mexanizmlari turlari;

  2. Tishli-reykali kuch berish mexanizmi tuzilishi va ishlash prinsipi;

  3. Kanatli kuch berish mexanizmi tuzilishi va ishlash prinsipi;

  4. Ko‘tarish mexanizmi tuzilishi va ishlash prinsipi.

Ekskavator platformasida ko‘tarish, tortish va burilish mexanizmlari lebedkalari va yuritmalari joylashadi.


To‘g‘ri lopatali ekskavatorlarda cho‘michga zo‘riqma kuchini berish kuch berish mexanizmlari yordamida bajariladi. Kuch berish mexanizmi yuritmasidan hosil qilinuvchi kuch kanatli-polispast tizimi yoki tishli-reykali mexanizm yordamida egarli podshipnik orqali suriluvchi cho‘mich rukoyatiga uzatiladi.
Kuch berish mexanizmining strelada joylashishi ekskavator burilish qismining inersiya momentini va ag‘darilish momentini va natijada fasongi og‘irligini oshiradi, bu esa o‘z navbatida cho‘mich sig‘imini yoki qamrash radiusini kamaytirishni talab etadi. Buriluvchi platforma bilan birga aylanayotgan massalar radiusi va inersiyasining dinamik momenti oshishi natijasida burilish mexanizmi detallaridagi inersion yuklamasi ortib ketadi. Bunday holatda platformaning tezlanish va tormozlanish vaqti oshadi, natijada ish sikli davomiyligi ko‘payadi.
Kanat-polispast tizimida kuch beruvchi ekskavatorlarda kuch berish mexanizmining lebedkasi burilish platformasida joylashadi (EKG-10 va boshqalar). Strelada esa faqat yo‘naltiruvchi bloklar va egarli podshipnik joylashadi.

7.4-rasm. EKG-5A ekskavatori strelasining yig‘ilgan tasviri:
1 — korpus; 2 bosh blok; 3 — strelani osuvchi boldoq; 4 — bufer; 5 — ottyajka strelы; b— strelani maxkamlovchi pales; 7 — egarli podshipnik; 8 — kuch berish mexanizmi dvigateli; 9 — tishli g‘ildirak; 10—tishli uzatma; 11 —cho‘mich tag qismini ochuvchi mexanizm dvigateli


Tishli-reykali kuch berish tizimi juda og‘ir sharoitlarda ishlatiladigan ekskavator modellarida ishlatiladi.
Tirsak-richagli lopatalarda zo‘riqma kuchi yuritish mexanizmidan kuch beruvchi shtanga orqali rukoyatga uzatiladi. Kuch beruvchi shtanga rukoyat va tebranuvchi ustun bilan umumiy sharnirda birlashgan egarli podshipnikda harakatlantiriladi (suriladi). Bunday holda mexanizm yuritmasi ( dvigatel va reduktor) ikki oyoqli ustunda yoki buriluvchi platformada joylashadi (EVG-35.65M). kuch beruvchi balkaning siljishi kanatli-polispast tizimida yoki tishli-reykali tizimda amalga oshiriladi.
Tishli-reykali kuch berish tizimida dvigatel 8 ning aylanish momenti saqlovchi mufta shesternyasi va tishli g‘ildiragi orqali yetaklovchi val shlitsasiga o‘tirgan shkiv stupitsasiga uzatiladi. Shkivni o‘rab turuvchi uning kolodkalari o‘qga o‘rnatilgan g‘ildirak tanasiga presslangan va mufta bilan tortilgan. Ortiqcha yuklanishlarda shkiv kolodkaga nisbatan sirpanadi. Rukoyat harakatini tezlashtirish va uning surilishini chegaralash uchun komandoapparat xizmat qiladi. Komandoapparat kuch beruvchi val bilan zanjirli uzatma orqali bog‘langan.
Kremaler shesternya (7.5-rasm) 2 shlitsalari bilan bog‘langan kuch berish vali aylanish momentini tishli g‘ildirak 1 orqali oraliq valdan oladi. Valga o‘rnatilgan egarli podshipniklar 4 ning cho‘yandan ishlangan yo‘naltiruvchi 7 va 8 polzunlari tishli reykali rukoyatning harakatini ta’minlaydi.




Download 41.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling