Chorak va yillik moliyaviy xisobot


Download 1.84 Mb.
Sana20.11.2023
Hajmi1.84 Mb.
#1787516
Bog'liq
chorak-va-yillik-moliyaviy-hisobot

Chorak va yillik moliyaviy xisobot

reja:

  • 1. Moliyaviy xisobotning tarkibi va tuzilishi
  • 2. Choraklik moliyaviy xisobot
  • 3. Yarim yillik xisobot
  • 4. Yillik moliyaviy xisobot
  • 5. Moliyaviy xisobot mazmuni

Korxonalarning moliyaviy hisoboti belgilangan talablar va qoidalarga rioya qilgan holda tuzilsa undagi ma’lumotlar hisobot davri mobaynida uning moliyaviy-xo’jalik faoliyati to’g’risida yetarlicha axborot beradi

Bugungi kunda moliyaviy hisobot shakllari, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining «Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to’ldirish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida»gi 2002-yil 27- dekabrdagi 140-son buyrug’iga muvofiq tuzilmoqda

Hisobotning asosiy shakllari korxona balansi va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan, «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi» to’g’risidagi Nizom, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot bilan chambarchas bog’liqdir.

O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining’ 1997-yil 15-yanvardagi «Korxona (tashkilot)larning yillik va choraklik moliyaviy hisobotlarini shakl va hajmlarini tasdiqlash to’g’risida»gi 5-son buyrug’iga, hamda O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunining 16-«Moliyaviy hisobot» moddasiga asosan, yangidan quyidagi hisobot shakllari tasdiqlandi:

Yillik hisobot bo’yicha: -1-son shakl — «Buxgalteriya balansi»; -2-son shakl - «Moliyaviy faoliyat to’g’risida hisobot»; -2a-son shakl-«Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo’yicha ma’lumotnoma»; -3-son shakl - «Asosiy vositalarning harakati to’g’risida hisobot»; -4-son shakl - «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot»; -5-son shakl - «Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot».

Yarim yillik hisobot bo’yicha, -1-son shakl - «Buxgalteriya balansi»; -2-son shakl - «Moliyaviy faoliyat to’g’risida hisobot»; -2a-son shakl-«Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo’yicha ma’lumotnoma»; -4-son shakl-«Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot».

Choraklik hisobot bo’yicha: -1-son shakl - «Buxgalteriya balansi»; -2-son shakl - «Moliyaviy faoliyat to’g’risida hisobot»; -2a-son shakl - «Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo’yicha ma’lumotnoma».

Ushbu yangi hisobot shakllariga 1999-yil 21-oktabrida, Moliya vazirligining 266-son buyrug’iga asosan o’zgartirish kiritildi. Uning ma’nosi, yuqorida tasdiqlangan buyruqdagi 2-son hisobot nomlanishini, «Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot», degan nomlanishga o’zgartirishdan iborat edi.

Bundan tashqari, Moliya vazirligi 1998-yil 26-iyunida 79-son «Moliya Vazirligining 1997-yil 15-yanvardagi 5-son buyrug’iga o’zgartirishlar kiritish to’g’risidagi buyruq» chiqarib, unda korxona va tashkilotlar yuqorida ko’rsatib o’tilgan shakllar bilan birga yana 2b-son «Moliyaviy-iqtisodiy ahvol to’g’risidagi ma’lumotnoma»ni ham taqdim etishi shartligi qayd etildi. Aynan shu buyruqning o’zi bilan ushbu shaklni to’ldirish to’g’risidagi yo’riqnoma ham tasdiqlangan.

Endilikda esa moliyaviy hisobot shakllari, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining «Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to’ldirish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida»gi 2002-yil 27-dekabrdagi 140-son buyrug’iga muvofiq tuzilmoqda. Bu buyrug’iga 12.11.2003-yil va 20.12.2004-yilda Moliya vazirligining mos ravishda 1209-1 va 1209-2 son buyrug’lari bilan o’zgartirishlar kiritilgan, hamda ular moliyaviy tahlil maqsadlari uchun asosiy manbalar hisoblanmoqda.

Moliyaviy hisobotning 2-son shaklida, xo’jalik faoliyati natijasida olingan daromad va xarajatlar aks ettiriladi. Aniqroq qilib aytganda, unda quyidagi ma’lumotlar yoritilishi kerak: -sotishdan olingan sof tushum; -sotishdan olingan yalpi moliyaviy natija;

-asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa operatsion daromad va xarajatlar; -asosiy xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijasi; -moliyaviy faoliyatning boshqa daromad va xarajatlari; -umumxo’jalik faoliyatning moliyaviy natijasi; -favqulodda foyda va zararlar; -daromad solig’i to’langungacha bo’lgan umumiy moliyaviy natija; -hisobot davrning sof foydasi (zarari).

Umuman, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot, avvalgi va hozirgi balans hisobotlarini bog’lab turuvchi bo’g’in hisoblanadi, ya’ni u hozirgi balansdagi o’zgarishlar, avvalgisiga nisbatan, qanday daromad va xarajatlar hisobiga o’zgarganligini ifodalaydi

ADABIYOTLAR RO’YXATI I. Qonunlar, Farmonlar, Qarorlar va Prezident I.A. Karimov asarlari 2. Ўзбекистон Республикаси Конcтитуцияси. - Т, Ўзбекистон, 2003. “Бухгалтерия ҳисоби тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонуни.-Т.1996 йил 30 август. 3. Хошимов Б. Бухгалтерия ҳисоби назарияси. Дарслик.-Т.: 2004й 4. www.gov.uz internet sayti

E’tiboringiz uchun rahmat!!!


Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling