Chordata tipining umumiy tavsifi va tasnifi


Download 26.32 Kb.
bet1/5
Sana15.03.2023
Hajmi26.32 Kb.
#1268915
  1   2   3   4   5
Bog'liq
portal.guldu.uz-1-Ma`ruza



1. Mavzu. Umurtqalilar zoologiyasining QisQacha RIVOJLANISh tarixi. Xordalilar (Chordata) tipining umumiy tavsifi va tasnifi.
reja:
1. Chala xordalilar tipiga kiruvchi hayvonlarning tuzilishi, ko’payishi, tarqalishi va ahamiyati.
2. Umurtqalilar zoologiyasining qisqacha rivojlanish tarixi.
3. Xordalilarning o’ziga xos xarakterli belgilari.
4. Umurtqali hayvonlarning qishloq xo’jaligi, o’rmonchilik, baliqchilik, ovchilik, sog’liqni saqlash va veterinariyadagi ahamiyati.
Tayanch so’zlar: ikkilamchi tana bo’shliqli, ikki tomonlama simmetriyali, embrional, metanefridiy, selom, nevrosel, balanogloss, appendikulyariya, kletchatka, assidiya, tunika, dissimilyatsiya, germafrodit, xorda, ekologiya, genetika, sistematika, anatomiya, biogeografiya.
Birinchi savol bayoni:
Chala xordalilar (Hemichordata) kenja tipi vakillari eng tuban darajada tuzilgan xordali hayvonlardan hisoblanadi. Bu kenja tipga gavdasi 3 qismga, ya’ni xartumcha, yoqa va tanaga bo’lingan, chuvalchangsimon hamda yerni kovlab yoki bir joyda hayot kechiradigan dengiz hayvonlari kiradi.
Kenja tipining vakili-balanogloss suv tubida hayot kechiradi. Balanogloss xartumini kengaytirish va toraytirish yo’li bilan dengiz tubidagi botqoqqa ko’milib oladi va unda yo’llar ochadi. Ularning bo’yi ba’zi turlarida bir necha sm dan 1 m gacha, boshqa bir turlarida hatto 2,5 m gacha ham yetadi. Ular dengizning sayoz yerlarida qumga ko’milib yashaydi. Balanogloss og’ziga suv bilan birga oqib kiradigan mayda-mayda ovqat bo’laklari bilan oziqlanadi.
Balanogloss ayrim jinsli. Jinsiy organlari erkak va urg’ochisida sirtdan bir-biriga o’xshash bo’lib, tanasining oldingi qismiga o’rnashgan. Jinsiy mahsulotlari maxsus teshikchalardan suvga chiqariladi va urug’lanish suvda kechadi.
Chala xordalilar yer yuzidagi barcha dengizlarda bir muncha kam miqdorda uchraydi. Ularni tipik xordali hayvonlarga kiritadigan bir qator belgilari mavjud. bu belgilar – avvalo xorda murtagi, nevrotsel, boshlang’ich jabra yoriqlari, selom va ikkilamchi og’izni bo’lishidir.

Download 26.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling