Chordata tipining umumiy tavsifi va tasnifi


Download 26.32 Kb.
bet2/5
Sana15.03.2023
Hajmi26.32 Kb.
#1268915
1   2   3   4   5
Bog'liq
portal.guldu.uz-1-Ma`ruza

Ikkinchi savol bayoni:
Umurtqali hayvonlar to’g’risidagi ma’lumotlar sharqning buyuk allomasi Abu Rayxon Beruniy asarlarida keltirilgan. U o’zining «Hindiston» (1030) asarida bu o’lkada uchraydigan hayvonlar haqida yozib qoldirgan. Ayniqsa u delfinlarning tuzilishi, tovush orqali o’zaro aloqada bo’lishi, karkidonlar to’g’risida qiziq ma’lumotlar beradi.
Umurtqali hayvonlar to’g’risidagi ma’lumotlar yurtdoshimiz Zaxiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» shoh asarida ham keltirilgan. U Hindistonda yashovchi 60 tadan ortiq hayvon turlari to’g’risida yozib, ularni yashash muhitiga binoan quruqlik, suv yaqinida va suvda yashovchi hayvonlarga ajratgan.
O’rta Osiyo, xususan O’zbekiston hayvonlarini o’rganish sohasidagi maxsus tadqiqotlar XIX asrning ikkinchi yarmida N.A. Severtsov, A.P. Fedchenko va A.S. Berg nomlari bilan bog’liq.
Umurtqali hayvonlarni o’rganish XX asrning yarmidan boshlab ayniqsa avj oldi. Hayvonlar ustida dastlabki ekologik tadqiqotlarni D.N. Kashkarov (1878-1941) boshlab bergan. T.Z. Zohidov Qizilqum hayvonlari ekologiyasi to’g’risida yirik monografik asar yozdi, o’zbek tilida birinchi bo’lib 4 jildlik zoologiya ensiklopediyasini yaratdi.
O’zbekistonda umurtqali hayvonlarni o’rganish sohasida tadqiqotlar O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Zoologiya institutida, Toshkent, Samarqand, buxoro va boshqa shaharlardagi universitetlarning zoologiya kafedralarida olib borilmoqda. Ornitologiya sohasida O.P. Bogdanov, D.N. Kashkarov, A.Q. Sagitov, E. Shernazarov, S. Baqoev keng miqyosda tadqiqotlar olib borishgan.
Sutemizuvchi hayvonlarni T.Z. Zohidov, O.P. Bogdanov, D.N. Kashkarov va boshqalar; sudralib yuruvchilarni T.Z. Zohidov, O.P. Bogdanov; baliqlarni Ѓ. Komilov, M.O. Abdullaev, A. Omonov va boshqalar o’rganishgan. Yuqorida keltirilgan tadqiqotlar asosida «O’rta Osiyo tabiati va hayvonot dunyosi», «O’zbekiston hayvonot dunyosi», «O’zbekiston hayvonlari», «O’zbekistonning noyob hayvonlari», «O’zbekiston qushlari» kabi yirik ilmiy asarlar va «O’zbekiston Qizil kitobi» yaratildi.
Zoologiya fanining vazifalariga hayvonot dunyosini har tomonlama chuqur o’rganish, hayvon turlarini muhofaza qilish, foydali turlarini ko’paytirish, zararli turlariga qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, tabiatni qo’riqlash va foydali hayvonlarni iqlimlashtirish kiradi.

Download 26.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling