Yan Amos Komenskiyning pedagogik tizimi


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana05.05.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1429707
  1   2   3
Bog'liq
Yan Amos Komenskiyning pedagogik tizimi



 
Yan Amos Komenskiyning 
pedagogik tizimi
 
 


Reja: 
1. Yan Amos Komenskiyning 
“Buyuk 
didaktika” asarida ilgari surilgan didaktik 
g’oyalar. 
2. Komenskiyning dunyoqarashi. 
3. Asarlarida tarbiyaning maqsadi. 


19. Yan Amos Komenskiyning pedagogik tizimi.
Komenskiy «Kishilik jamiyati ishlarini yaxshilash haqida 
hammaga taaluqli maslahat» nomli 7 jildli katta asar yozdi (U 
hayot ekanligi vaqtida hammasi bo’lib 2 jildi bosilib chiqdi, 
qolgan jildlari esa faqat 1935 yilda topildi va CHexoslovakiyada 
chop qilindi). Bu asarida «Hammani va hamma narsada har 
tomonlama tuzatish»ning insonparvarlik va demokratik dasturini 
belgilab chiqdi va kishilik jamiyatini isloh qilish rejasini ilgari 
surdi. 
 
 
«Buyuk didaktika» asarida «pan sofiya g’oyasini» (pan 
gerkcha — butun, hamma, sofiya — donolik, aqllilik) hamma 
narsani bilish, hamma uchun bilim berish» demakdir. Pan 
sofiyada u tabiat va jamiyat bilimlarining yig’indisini beradi. 
Maktab — bu muassasa, u yerda «Hammani har narsaga 
o’rgatmoq kerak» degan fikr ko’p marta takrorlanishini 
ko’ramiz.



Komenskiyning pansofiya ishi Angliyaning ilg’or 
kishilari tomonidan quvvatlanib, parlament tomonidan 
chaqiriladi. Komenskiy 1641 yili Angliyaga keladi, lekin 
grajdanlar urushi boshlanib ketib, bu ish qolib ketadi. 
Komenskiy duyoga tanilgandan so’ng hamma mamlakatlarga 
uni taklif eta boshlaydilar. SHvetsiyada lotin tili darsligini va 
til o’qitish metodikasini tuzadi.
Komenskiy chex qardoshlari jamoasiga yepiskop qilib 
tayinlangach, 1648 yilda Leshnoga qaytib keladi. Jamoa 
tarqatilgandan so’ng u yana o’qituvchilik faoliyatini davom 
ettiradi. Bir necha yil Vengriyada maktablarni boshqarada. 
«Vidimo’y mir v kartinkax», ya’ni «Hislar vositasi bilan idrok 
qilinadigan narsalarning suratlari» degan asar yozib, o’qish 
ishini rasmlar bilan olib borishni ilgari suradi. Bunda 
«Yoshlarning xulq qoidasi», «Yaxshi tashkil topgan 
maktablarning qonuni» degan bir qancha pedagogikaga doir 
ishlari berilgan.


1656 
yili 
SHved—polyak 
urushi 
vaqtida 
Leshnodagi chex qardoshlari jamoasi tor-mor 
qilinadi. Komenskiy Gamburgga qochadi. Undan 
Amsterdamga o’tadi. SHunda Gollandiya senatining 
buyrug’iga muvofiq uning asarlari to’plami bosilib 
chiqadi. 
Komenskiy o’z vatanini juda sevar va uning 
mustaqilligi uchun kurash olib boradi. Uning ko’p 
asarlarida vatanparvarlik hissi aks etgan. U chex xalq 
poeziyasini yig’ib chex maqollar to’plamini tuzadi va 
o’z xalqining tilini saqlashga, sevishga undaydi.



Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling