Choriyev erkinning


Ko‘rishdagi defektlar. Ko‘zoynak


Download 285 Kb.
bet2/2
Sana14.05.2023
Hajmi285 Kb.
#1461528
1   2
Bog'liq
Ko\'z va ko\'rish konspekt

Ko‘rishdagi defektlar. Ko‘zoynak
Me’yorda ko‘ruvchi odam ko‘zida buyum tasviri to‘r pardada hosil bo‘ladi (71-a rasm). Ayrim odamlar uzoqni yomon ko‘radi. Bunday odamlar ko‘zida uzoqdagi buyum tasviri to‘r pardadan beriroqda
hosil bo‘ladi va buyumlar chaplashibroq ko‘rinadi (71-b rasm). Bunday ko‘z yaqindan korarlik deyiladi.
Yaqindan ko‘rarlik ko‘zlarda gavharning fokus masofasi me’yordan kam, ya’ni optik kuchi kattaroq bo‘ladi. Ko‘rishni yaxshilash uchun botiq linzali ko‘zoynakdan foydalaniladi. Ko‘zoynakdagi optik kuchi manfiy bo‘lgan bunday linza tasvirni to‘r parda tomon surib beradi (71-d rasm). Bunday ko‘zoynak yordamida buyumni yaxshi ko‘rish mumkin.
Ba’zilar, ayniqsa, katta yoshdagi odamlar o‘qish va yozishda qiynalishadi. Bunday odam ko‘zida buyum tasviri 71-rasm to‘r pardadan nariroqda hosil bo‘ladi va chaplashibroq ko‘rinadi (71-e rasm). Bunday ko‘z uzoqdan korarlik deyiladi.
Uzoqdan ko‘rarlik ko‘zlarda fokus masofasi me’yordan katta, ya’ni optik kuchi kichikroq bo‘ladi. Ko‘rishni yaxshilash uchun qavariq linzali ko‘zoynakdan foydalaniladi. Ko‘zoynakdagi optik kuchi musbat bo‘lgan linza tasvirni to‘r parda tomon surib beradi (71-f rasm). Natijada bunday ko‘zoynak yordamida odam buyumni me’yordagi ko‘z kabi yaxshi ko‘radi.
4. Darsni mustahkamlash uchun savollar:

      1. 67- rasmdan ko'zning tuzilishini tushuntirib bering.

      2. Ko'zda tasvir qanday hosil bo'ladi?

      3. Ikki ko'z bilan ko'rishning bir ko'z bilan ko'rishdan farqi nimadan iborat?

      4. Yaqindan ko'rarlik va uzoqdan ko'rarlik ko'zlardagi kamchilik nimadan iborat? Bunday ko'zlar yaxshi ko'rishi uchun qanday ko'zoynakdan foydalanish mumkin?

Download 285 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling