Chorrahalarda harakatni tashkil etish


Download 16.63 Kb.
Sana07.04.2023
Hajmi16.63 Kb.
#1340488
Bog'liq
5-amaliy .Chorrahalarda harakatni tashkil etish


Chorrahalarda harakatni tashkil etish.
Chorrahalarda harakatni tashkil etishda svetafor,yo’l belgilari va tartibga soluvchining ishoralari bilan tartibga solinadi.
Svetofor va tartibga soluvchining ishoralari.
• Svetoforning vazifasi va uni o‘rnatilishiga qo‘yiladigan talablar;
•Svetoforning turlari va harakatlanishni tartibga solish chiroqlari;
• Yo‘naltirgichli va piyoda tasviri ko‘rinishidagi svetoforlarni harakatlanishini tartibga solishdagi o‘rni;
• Reversiv, tramvay va belgilangan yo‘nalishdagi boshqa transport vositalarining harakatini tartibga soluvchi, korxona, tashkilot hududida va qatnov qismining toraygan joyida harakatni tartibga soluvchi va temir yo‘l kesishmalarida o‘rnatiladigan svetoforlar;
• Svetofor ishoralari imtiyoz belgilari talablariga zid kelgan hollarda haydovchining hatti-harakatlari;
• Chorrahalarda harakatlanishni tashkil etishda tartibga soluvchining ishoralari;
• Svetoforning yoki tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida haydovchilarni transport vositalarini to‘xtatish joylari va to‘xtashga ulgurmagan haydovchining vazifasi.
•Tartibga soluvchining ishoralari, svetofor ishoralari, yo‘l belgilari va chiziqlari talablariga zid kelgan hollarda haydovchining hatti-harakatlari.
Svetofor chorrahalarda, kesishmalarda, temiryo‘l kesishmasi oldida, yo‘lning tor joylarida, sol kechuvlarida, tartibga solingan piyodalar o‘tish joylarida, maxsus xizmat avtomobillari va tramvaylar depodan chiqadigan joylarda, reversiv harakatlanishli yo‘llarda o‘rnatilib, yo‘l harakati qatnashchilarini navbatma-navbat harakatlanib o‘tish tartibini belgilaydi.
Transport svetofori chorraha va kesishmalardagi tirbandlikni bartaraf etishga va yo‘l-transport hodisalarini oldini olishga, reversiv harakatlanishli yo‘llarda qatnov qismidan unumli foydalanishga qaratilgan.
Piyodalar svetofori chorraha va tartibga solingan piyodalar o‘tish joylarida piyodalar o‘tish navbatini belgilaydi (qizil chiroq bilan tushirilgan tasvir o‘tishni taqiqlaydi, yashil bilan – ruxsat beradi).
Piyodalar svetofori bo‘lmaganda esa, ular transport svetoforlarining ishoralariga amal qilishlari kerak (YHQ-19).
Chorraha va kesishmalarda transport vositasi haydovchilari harakatlanib o‘tishni o‘zaro hal qilisha olmay ikkinchi darajali yo‘lda, shuningdek, piyodalar oqimi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joylarida tirbandliklar tez-tez paydo bo‘lib tursa, ularning harakatlanib o‘tish navbatini tartibga solish uchun svetofor o‘rnatilishi mumkin. Transport vositalari va piyodalar oqimining jadalligi kam bo‘lgan ko‘cha-yo‘l tarmoqlarida svetoforning o‘rnatilishi esa transport vositalarini o‘rinsiz ushlanib qolishlariga sabab bo‘ladi.
Shuning uchun YHX organlari buyurtmasiga binoan yo‘l xo‘jaligining maxsus xizmati ko‘cha-yo‘l vaziyati GOST - 23657-86 talabiga to‘g‘ri kelganida svetofor o‘rnatishadi.
Svetofor transport vositalarini o‘zaro, shuningdek, piyodalar oqimi bilan chorraha va kesishmalarda yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanib o‘tish vaqtini ikki yoki uch navbatga bo‘lib o‘tkazadi.
Qo‘llari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda:
• chap va o‘ng yon tomonidan tramvayga to‘g‘riga, relssiz transport vositalariga to‘g‘riga va o‘ngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib o‘tishga ruxsat beriladi;
• old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi;
O‘ng qo‘li oldinga uzatilganda:
chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo‘nalishlarda;
• oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o‘ngga harakatlanishga ruxsat beriladi;
• orqa tomonidan va o‘ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi;
• piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonidan qatnov qismini kesib o‘tishga ruxsat etiladi;
Qo‘lini yuqoriga ko‘targanda:
• ushbu Qoidalarning 42-bandida ko‘rsatilganidan boshqa hollarda transport vositalari va piyodalarning barcha yo‘nalishlarda harakatlanishi taqiqlanadi;
• tartibga soluvchi haydovchi va piyodalarga tushunarli bo‘lgan boshqa ishoralarni ham berishi mumkin. Ishoralar yaxshi ko‘rinishi uchun tartibga soluvchi jezl yoki yorug‘lik qaytaradigan qizil rangli moslamalarni qo‘llashi mumkin.
Chorrahalarda barcha transport vositalariga:
• tartibga soluvchi to‘rt tomondagi harakatlanish yo‘nalishidan ikkitasiga ruxsat beradi va ikkitasini taqiqlaydi;
• tartibga soluvchi uzatgan qo‘llari bilan chorrahaga chiqib kelish ruxsat etilgan ikki yo‘nalishlarni ko‘rsatadi;
• tartibga soluvchining orqa tomonidan harakatlanishni taqiqlaydi;
• tartibga soluvchining oldi tomonidan to‘g‘riga harakatlanish taqiqlanadi.
• tramvay tartibga soluvchining uzatilgan qo‘llari ko‘rsatayotgan tomonlar bo‘yichagina harakatlanadi.
Harakatni tartibga soluvchi yoki IIO xodimi o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganida haydovchidan transport vositasini qo‘l ishorasi yoki ovoz kuchaytirgich yordamida to‘xtatishni talab qilishi mumkin.
Download 16.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling