Chorrahalarni ptv vissim dasturi yordamida modellashtirish. Prof Muhitdinov A. A, Magistrant Turatov B. R


Download 405.58 Kb.
bet1/2
Sana06.05.2020
Hajmi405.58 Kb.
#103610
  1   2
Bog'liq
Article


Chorrahalarni PTV Vissim dasturi yordamida modellashtirish.

Prof Muhitdinov A.A, Magistrant Turatov B.R (bekzod.turatov.94@mail.ru)

Toshkent Avtomobil Yo’llarini Loyihalash, Qurish va Ekspluatatsiyasi Instituti

Kalit so’zlar: Chorraha, PTV Vissim, Webster, Tirbandlik, Svetafor, vaqt parametrlari.

Shaharlarda tirbandlik juda katta muammodir. Transportning tirbandlikda holatida harakatlanishi atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, insonlar uchun eng qimmatli vaqtni tirbandliklarga sarflashishi, bu esa iqtisodiyotga millyardlab moliyaviy zarar olib keladi. Shaharlarda transport ta'minotini to'g'ri boshqarish ushbu atrof-muhitni himoyasini saqlashga, harakat xavfsizligini oshirishga, moliyaviy harajatlarning kamaytirishiga asos bo’ladi. Bunga avtotransport harakatlanishi uchun trafik signallari vaqt parametrlarini optimallashtirish orqali erishish mumkin.



Harakat miqdoriga qarab svetaforlarda vaqt parametrlari tuziladi. Quyudagi berilgan formulalar orqali bitta chorraha miqyosida umumiy davr uzunligi, yashil chiroq uzunligini hisoblagan holda optimal vaqt parametrini ishlab chiqiladi.

Webster usuli:



Co - Umumiy davr uzunligi (sek); L – Umumiy yo’qotish vaqti bir davr ichida (sek); N-fazalar soni;

Umumiy yo’qotilgan vaqt:





li-yo’qatilgan vaqt i faza uchun; Gai- haqiqiy yashil chiroq vaqti faza uchun ( Sariq chiroq vaqti kirmaydi); ti- sariq chiroq vaqti i faza uchun; Gei-effektiv yashil chiroq vaqti i faza uchun.

Tadqiqotlar natijasi shuni ko’rsatadiki svetaforlarni vaqt parametrlari (fazalar, davr uzunligi) to’g’ri tadbiq qilinishi, chorrahadagi qatnov qismining 10% dan 30% jadalligini oshirishda, tirbandlikni xuddi shu ko’rsatkichda kamaytirishga olib keladi. Allbatta bunday ko’rsatkichga erishishda ko’p omillarga bog’liq. Masalan: Birgina chorrohalarni to’liq kamera va detektorlar bilan jihozlanishi, fazalar kesmida aniq va optimal yechim topishga yordam beradi.



Hisoblangan nazariy qismni amalyotga tadbiq etish yoki sinov tariqasida chorrahalarda qo’llash katta mablag’ni talab qiladi. Maqbul variantlardan biri maxsus dasturlardan foydalanish. Masalan: PTV Vissim dasturi yakka turdagi chorrahalarni loyihalashda muhim ro’l o’ynaydi. Ya’ni real vaqtdagi qatnovni dasturda loyihalab, fazalar miqyosida maqbul yechimni, optimal vaqt parametrini experiment tarzida saralab olishga va qatnovga ta’sir qilayotgan omillarni hisobga olgan holda baholaydi.



Download 405.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling