Chorraxalarda harakatlanish


Download 1.51 Mb.
Sana08.02.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1176267
Bog'liq
Tog\'aymurodov

CHORRAXALARDA HARAKATLANISH

1. Chapga yoki o‘ngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yo‘lning qatnov qismidan o‘tayotgan piyoda(lar)ga, shuningdek velosiped yo‘lkasidan yo‘lni kesib o‘tayotgan velosipedchi(lar)ga yo‘l berishi kerak.Haydovchi tirbandlik tufayli majburiy to‘xtab, ko‘ndalang yo‘nalishdagi transport vositalarining harakatlanishiga to‘sqinlik tug‘diradigan bo‘lsa, chorraha yoki qatnov qismlari kesishmasiga kirishi taqiqlanadi.

  • Harakatlanish navbati svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari orqali aniqlanib boshqarilayotgan chorraha — tartibga solingan chorraha hisoblanadi.
  • Miltillovchi sariq ishora yonib-o‘chayotgan, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi bo‘lmagan chorraha — tartibga solinmagan chorraha hisoblanadi.
  • 2. Piyoda — transport vositasidan tashqarida bo‘lgan va yo‘lda biror-bir yumush bilan band bo‘lmagan shaxs.
  • Velosiped, moped, mototsikl, chana, aravacha va bolalar hamda nogironlar aravachasini yetaklagan, nogironlarning dvigatelsiz aravachasida harakatlanayotgan shaxslar ham piyoda hisoblanadilar.
  • Piyodalar o‘tish joyi — yo‘l qatnov qismining piyodalar kesib o‘tishi uchun mo‘ljallangan, 5.16.1, 5.16.2 yo‘l belgilari va 1.14.1 — 1.14.3 yo‘l chiziqlari bilan ajratilgan bo‘lagi.
  • Yo‘l chiziqlari bo‘lmasa, piyodalar o‘tish joyining kengligi 5.16.1 va 5.16.2 yo‘l belgilari orasidagi masofa bilan aniqlanadi.
  • Piyodalar yo‘lkasi — yo‘lning piyodalar harakatlanishi uchun mo‘ljallangan va transport vositalari harakati taqiqlangan qismi.
  • Harakat tartibga solinmaydigan piyodalar oʻtish joylarida, piyodalar yaqinlashib kelayotgan transport vositalarigacha boʻlgan masofani va ularning tezligini chamalab koʻrib, oʻtish oʻzlari uchun xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qilganlaridan soʻng yoʻlning qatnov qismiga chiqishlariga ruxsat etiladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanali eslatma bilan chiqdi.
  • Shuningdek, piyodalar oʻtish joylaridan oʻtayotgan piyodalarga:
  • telefondan foydalanish;
  • kitoblarni yoki davriy nashrlarni oʻqish;
  • video tomosha qilish hamda audio eshitish;
  • eʼtiborni chalgʻitadigan boshqa elektron vositalardan foydalanish taqiqlanadi.
  • Mazkur talablarga rioya etmaslik esa piyodalarning maʼmuriy javobgarlikka tortilishiga sabab boʻladi.
  • 2021-yil 7-dekabr kuni Toshkent shahar IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan “DIQQАT PIYODА” shiori ostida aksiya o`tkazilib, aksiya davomida yo`l harakati ishtirokchilari bilan yo`l-transport hodisalari sonini qisqartirishga qaratilgan tushuntirish suhbatlari o`tkazildi. Joriy yilning 1-yanvar kunidan 30-noyabriga qadar poytaxtda piyodalar ishtirokida 524 ta yo`l-transport hodisalari qayd etilgan bo`lib, natijada 32 kishi badan shikastlari tufayli hayotdan ko`z yumgan va yana 487 kishiga turli og`irlikdagi badan shikastlari yetgan. Bu kabi fojealar har doim ham haydovchilar aybi bilan sodir bo`lmaydi: ba’zida piyodaning o`zi belgilangan qoidalarni buzib, yo`lda kutilmagan omilga aylanmoqda. Shu sababli Toshkent shahar IIBB YHXB yo`l-patrul xizmati xodimlari tomonidan profilaktik choralarga katta e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2021-yilning 11 oyi davomida yo`l harakati qoidalarini buzgan piyodalarga nisbatan jami 101 861 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Mazkur yo`nalishdagi ishlar davom etmoqda.

ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT

  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
  • Yuridik.uz
  • IIB.uz
  • Uzavtoyol.uz
  • TAYYORLADI:TOG’AYMURODOV SAYIDJON

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling