Chortoq pedagogika kolleji
Download 1.46 Mb.
|
Chortoq pedagogika kolleji
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talab: Bola qo‘li va barmoqlarini turli maqsadlarda muvofiqlashtiradi va ishlatadi 0-1 yosh
- BOLANI RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA FAOLIYAT
Mayda matorika
Mayda motorikani rivojlantirish Quyidagilar 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda mayda motorika rivojlanishining talablari hisoblanadi: bolaning qo‘llari va barmoqlarining harakatlanishini nazorat qilishga qodirligi; bolaning umumiy foydalanishdagi o‘yinchoqlar va buyumlardan foydalanish qobiliyatiga egaligi. Quyidagilar 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda mayda motorika rivojlanishining indikatorlari hisoblanadi: o‘ziga uzatilayotgan buyumni olish uchun qo‘lini cho‘zish; buyumni ma’lum vaqt davomida qo‘li bilan butunlay ushlab, siqib turish; cho‘milayotganda chiroyli o‘yinchoq yoki mochalkani ushlash va qo‘lida saqlab turish; o‘yinchoqni qo‘lida ushlab turish, uni katta yoshdagilarning qo‘lidan olish va u bilan faol o‘ynash; qutichalarni ochish, ichidagi o‘yinchoqlarni olish, o‘yinchoqlarni turli holatlarda bemalol qo‘liga olish. 6 oylikkacha bo‘lgan bolalar bilan quyidagi mashqlarni o‘tkazish lozim: o‘rindig‘iga o‘tqizib qo‘yib, yoqtiradigan o‘yinchog‘ini intilib, cho‘zilib olishga undash; biror-bir buyum berib, uni dadil ushlab, mahkam siqib olishga o‘rgatish; narsalarini solishi uchun sig‘imli idish berish; biror-bir buyumni kuchi etgancha ushlab turishi uchun sharoit yaratish; chapak chalishini rag‘batlantirish; cho‘miltirish vaqtida suvni chayqatib sachratishga ruxsat berish; ikki qo‘liga ikki o‘yinchoqni ushlatib, ularni bir-biriga urishtirishni rag‘batlantirish; o‘yinchoqni bir qo‘lidan boshqa qo‘liga olishiga ko‘maklashish. O‘yinchoqlar bolaning ko‘kragidan 60 — 70 sm masofada ilib qo‘yilishi lozim. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling