Chortoq pedagogika kolleji
Download 1.46 Mb.
|
Chortoq pedagogika kolleji
- Bu sahifa navigatsiya:
- BOLANI RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA FAOLIYAT
6 — 12 oylik bolalarning sonlar va sanashga qiziqishni namoyish etishi, buyumlarni turkumlash va ularni tartib bo‘yicha joylashtirish ko‘nikmalarini orttirishi ularda elementar matematik ko‘nikmalar va bilimlar rivojlanishining talablari hisoblanadi. Quyidagilar 6 — 12 oylik bolalarda elementar matematik ko‘nikmalar va bilimlar rivojlanishining indikatorlari hisoblanadi: o‘yinchoqlar va buyumlar bilan turli ishlar bajarish (ushlab olish, chiqarish, qaytadan terish, bosish, ochish); bo‘sh piyolani olib, ichiga suv yoki sharbat quyishlarini so‘rash; katta yoshdagilar yordamida bir necha obyektlarni o‘lchamlari bo‘yicha guruhlarga ajratish. 6 — 12 oylik bolalar bilan quyidagi mashqlarni bajarib turish lozim: bolaning o‘yinchoqlar bilan mustaqil tajriba qila boshlashini ma’qullash; bola tajriba qilishi uchun unga turli miqdordagi har xil materiallarni berish; piyolani olib, uning ichi bo‘sh ekanligini, keyin esa, unga suv qo‘yib piyolaning ichi to‘la ekanligini bolaga tushuntirish; bola bilan suvda o‘ynash va unga o‘lchamlari kichik sig‘imdagi idishga kamroq suv sig‘ishini ko‘rsatish; turli o‘lchamdagi kubiklarni olib, ularni kattaligi bo‘yicha tartibga keltirish kerakligini ko‘rsatish. 6 — 12 oylik bolalarning xavfsiz yashashi va harakatlanishini ta’minlash uchun ularga plastmassa, rezina, silliq yoki tukli matolardan yasalgan, uzunligi 15 — 20 sm dan katta bo‘lmagan yumshoq o‘yinchoqlarni berish maqsadga muvofiq. Bolaga mo‘ynadan yasalgan o‘yinchoq hayvonlarni berish tavsiya etilmaydi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling