Chorva hayvonlari barcha turdagi mahsulotlarni insonlar iste’moli uchun qariyb tayyor va sanoat uchun natural xom-ashyo sifatida ishlab chiqaradi
Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash va sotish tizimlarini rivojlantiris
Download 119.15 Kb.
|
21-MAVZU. Chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti. 2
Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash va sotish tizimlarini rivojlantiris
Respublikamizda chorvachilik tarmog’i ozuqa bazasining o’ta qoniqarsiz holatga tushib qolganligi natijasida talab darajasida mahsulot ishlab chiqarishga erishilmayapti. Chorvachilik tarmog’i samaradorligini oshirish bo’yicha eng avvalo mahsulot ishlab chiqarish tannarxi kamaytirish, qolaversa uni maqbul sharoitlarida va baholarda sotishga va nihoyat chorvachilikning mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishdan moddiy manfaotdorligini ta’minlashga alohida e’tibor berish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda chorvachilik sohasini rivojlantirish asosan uch yo’nalishda amalga oshirilmoqda1 12-chizma Chorvachilikni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari Respublikada chorvachilik soxasini rivojlantirish asosan uch yo’nalishda amalga oshirilmoqda: Birinchidan – Chorva mollari sonini shaxsiy yordamchi, dexqon va fermer xo’jaliklarida ko’paytirish maqsadida qoramol sotib olish uchun mikrokreditlarni ajratish.Turli tashkilotlar qoshida qoramolchilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik yordamchi xo’jaliklarini tashkil etish. Ikkinchidan - Chorvachilikda naslchilik ishlarini yaxshilash maqsadida chetdan naslli mollarni keltirish, sigir va tanalarni sun’iy urug’lantirishni qamrab olish darajasini va mollar maxsuldorligini oshirish. Zooveterinariya servis xizmatlarini yanada kengaytirish maqsadida zooveterinariya punktlari sonini ko’paytirish. Uchinchidan - Ozuqa bazasini yaxshilash uchun mavjud ozuqa ekinlari maydonlaridan unumli foydalanish va ozuqabop ekinlar hosildorligini oshirish. Axoli va fermer xo’jaliklariga omuxta yem, shrot va sheluxa maxsulotlarini tashkil etilgan maxsus shaxobchalar orqali yetkazib berish. Turli mulkchilik shaklidagi chorvachilik xo’jaliklari, tayyorlov tashkilotlari va qayta ishlash korxonalari ixtiyoriy ravishda ishlab chiqarish kooperasiyasiga birlashadi. Ushbu ishlab chiqarish kooperasiyaning Ustav fondi uni tashkil qilishga xoxish bildirgan xo’jalik va korxonalariningqo’shgan ulishi hisobiga shakllanadi. Har bir ta’sischi o’zi vushgan ulish hissasiga bog’liq ravishda koorperasiya faoliyatini boshqarish qarorlariga ta’sir etish huquqiga ega bo’ladi. Xulosa qilib aytganda, mahsulotni sotish imkoniyatiga ega bo’lgan chovadorlarning mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlarini oshirishda, qayta ishlash korxonalarining esa to’la quvvat bilan ishlab, oholiga sifatli mahsulotlar yetkazib berishni ko’paytirishda taklif qilinayotgan ishlab chiqarish koorperasiyalari katta ahamiyat kasb etadi. Bunday tadbir iqtisodiyoti erkinlashtirish shoroitida mamlakatimiz aholisini chorvachilik bilan ta’minlash va tarmoqning eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Respublikamizda chorvachilik tarmog’ini jadal sur’atlar bilan rivojlantirishga jiddiy e’tibor bilan qaralmoqda. Xususan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 martdagi “Aholining shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva mollari bosh sonini ko’paytirishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorida bu tarmoqni rivojlantirish bo’yicha davlat dasturi qabul qilinib, quyidagilar ko’zda tutilgan: aholini naslli mollar bilan ta’minlash uchun joylarda auksionlar tashkil etish; aholi tasarrufidagi chorva mollarini sun’iy qochirish va kasalliklardan himoyalash maqsadida har bir qishloq fuqarolar yig’ini qoshida zoovetrinariya punktlari tashkil etish; qishloq hududidagi har bir xonadonda va dehqon xo’jaliklarida chorva mollari bo’lishiga va ularning bosh sonini muttasil ko’payib borishiga erishish; qishloq joylarda yem-xashak va ozuqa sotish bilan shug’ullanuvchi omborlar tarmog’iga ega ixtisoslashgan savdo tarmoqlarini ochish; chorva mollarini sotib olish uchun aholiga imtiyozli mikrokreditlar kreditlar berishni yo’lga qo’yish Download 119.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling