Chorva hayvonlari barcha turdagi mahsulotlarni insonlar iste’moli uchun qariyb tayyor va sanoat uchun natural xom-ashyo sifatida ishlab chiqaradi


Download 138.04 Kb.
bet1/9
Sana16.06.2023
Hajmi138.04 Kb.
#1497982
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
26-MAVZU. Chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti.


4.7.-MAVZU. Chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyoti.
Reja:

4.7.1.Chorvachilikning respublika iqtisodiyotidagi ahamiyati va uni rivojlanishi. Chorvachilikning asosiy tarmoqlari va ularning xususiyatlari.


4.7.2.Chorvachilikda xujalik yuritish tizimi. Podani takror ishlab chiqarish va poda xarakati.
4.7.3.Chorva mollari mahsuldorligini va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishni rejalashtirish.
4.7.4.Yem-xashak rejasi va yem-xashak balansini tuzish. Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash va sotish tizimlarini rivojlantirish.
4.7.5.Chorvachilik tarmoqlari ishlab chiqarishi va ularning iqtisodiy samaradorligi.
Kalit so’zlar: Chorvachilik, qoramolchilik, qo’ychilik, baliqchilik, pillachilik


4.7.1.Chorvachilikning respublika iqtisodiyotidagi ahamiyati va uni rivojlanishi. Chorvachilikning asosiy tarmoqlari va ularning xususiyatlari.

Chorva hayvonlari barcha turdagi mahsulotlarni insonlar iste’moli uchun qariyb tayyor va sanoat uchun natural xom-ashyo sifatida ishlab chiqaradi. Natijada asosan o’simlik va boshqa ozuqa resurslari nobud bo’lmasligiga bevosita sharoit yaratadi, iqtisodiyot tarmoqlari shu jumladan, qishloq xo’jaligining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshiradi.


Chorvachilikdan aholi iste’moli uchun go’sht, sut, yog’, tuxum va boshqa mahsulotlar olinadi. Ilmiy asoslangan me’yor bo’yicha jon boshiga iste’mol qilinadigan barcha mahsulotlar oqsilning 60 %, ularning kaloriyaga aylantirilgani esa 30 % ni tashkil etishi zarur.
Oziq-ovqat va yengil sanoat tarmoqlari xom-ashyo bazasining anchagina qismi ham chorvachilik mahsulotlari hisobiga tashkil topadi. Ularni qayta ishlashdan jun va ipakli gazlamalar, charm, turli xil oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlanadi. Aholi tomonidan iste’mol qilinadi.
Chorvachilikning qo’shimcha mahsulotlari (go’ng va boshqalar) o’simlikchilik tarmoqlarida organik o’g’it shaklida va boshqa mahsulotlar uchun ishlatiladi, yerning unumdorligini, binobarin ekinlar hosildorligini oshiradi. Demak, o’simlikchilik va chorvachilik tarmog’ining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, ularni qo’shib olib borish barcha ijtimoiy iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlarini ma’lum darajada barqarorlashtiradi.
Chorva mahsulotlarini qayta ishlashdan hosil bo’ladigan qo’shimcha va qoldiqlar ham ozuqa sifatida ishlatiladi.
Ta’kidlash lozimki, chorva mahsulotlari oqsili o’simlik mahsulotlari oqsiliga nisbatan juda qimmat turadi. Chunki, 1 kg sut oqsiliga 3-5 kg ozuqa birligi, mos ravishda tuxum oqsiliga 4-6, mol go’shti oqsiliga esa 15-20 kg ozuqa birligi sarflanadi.
Chorva oqsillarining qimmatligi va uni ishlab chiqarish hajmining kamligi tufayli jahon xalqlarining taxminan 50 %i ilmiy asoslangan me’yorga nisbatan kam chorva oqsili iste’mol qiladilar.
Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda yashovchi taxminan 20 % jahon aholisi 1 kunda 100 gr. dan ko’proq, iqtisodiyoti kuchsiz mamlakatlarning xalqlari esa 10-25 gr. chorva oqsili iste’mol qiladilar.
Chorva mahsulotlari iste’mol qilish darajasi faqatgina aholining turmush darajasi bilan emas, balki urf-odatlari bilan ham bog’liq. Masalan, Hindiston aholisining ko’pchiligi go’sht mahsulotlarini iste’mol qilmaydi.
O’zbekistonda yashovchi aholi turmush darajasining o’sishi bilan chorvachilik mahsulotlariga bo’lgan talab oshadi, ularni ko’paytirish imkoniyatlaridan to’laroq foydalanish tarmoqning ijtimoiy iqtisodiy samaradorligini yanada oshirishga sharoit yaratadi.
Ayrim chorvachilik tarmoqlarining samaradorlik ko’rsatkichlari o’ziga xos xususiyatlarga ega, ularni hisoblash tahlil etish va baholashda ham tafovutlar majud. Binobarin, har bir tarmoqning samaradorligi ishlab chiqarish hamda iqtisodiy ko’rsatkichlarni alohida-alohida o’rganish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Chorva hayvonlari iqtisodiyoti quyidagi guruhlari va turlari bo’yicha o’rganiladi:
1.Qoramolchilik- go’sht va sut yo’nalishi bo’yicha;
2.Qo’ychilik- go’sht, jun, teri yo’nalishi bo’yicha;
3.Echkichilik- jun va tivit, sut yo’nalishi bo’yicha;
4.Cho’chqachilik- bekon, yarim yog’, yog’lik go’sht yo’nalishi bo’yicha;
5.Parrandachilik- tuxum va go’sht broyler yo’nalishi bo’yicha;
6.Yilqichilik- go’sht va sut, ish hayvonlari hamda sport yo’nalishi bo’yicha;
7.Tuyachilik- go’sht, jun va sut yo’nalishi bo’yicha;
8.Pillachilik bo’yicha;
9.Asalarichilik bo’yicha;
10.Quyonchilik bo’yicha;
11.Hovuz baliqchiligi bo’yicha;
12.Mo’ynachilik bo’yicha va boshqalar;
Har bir chorva hayvonining jami bosh soni va tarkibi, mahsuldorligi, zotlari, oziqlantirilishi, saqlanishi, mahsulotlari tannarxi, sotish baholari, rentabelligi va boshqa ko’rsatkichlari o’rganiladi, tahlil etiladi va baholanadi.
Bundan tashqari, ayrim hayvonlarni shartli molga (aniqrog’i sigirga) aylantirilib, ayrim ishlab chiqarish ko’rsatkichlari ham o’rganiladi va h.k.


2021- yilning yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 302 524,9 mlrd. so‘mni yoki 2020- yilning mos davriga nisbatan 103,6 % ni, shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari – 151 083,4 mlrd. so‘mni (103,1 %), chorvachilik mahsulotlari – 151 441,5 mlrd. so‘mni (104,1 %) tashkil qildi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish
hajmida dehqonchilik va chorvachilik
mahsulotlarining ulushi
49,9 % 50,1 %
Dehqonchilik
mahsulotlari
Chorvachilik
Mahsulotlari
Respublikada jami yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibida eng katta ulush Samarqand (12,9%), Andijon va (10,2%), Toshkent (9,5%) viloyatlariga to‘g‘ri keldi. Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari o‘sish sur’atini hududlar kesimida tahlil etar ekanmiz yuqori o‘sish sur’atlari Namangan (104,4 %), Surxondaryo (104,3 %) va Andijon (104,2 %) viloyatlarida qayd etildi.
Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlillar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 65,9 % i – dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 29,2 % i – fermer xo‘jaliklariga, 4,9 % i – qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulushining hududlar bo‘yicha xo‘jalik toifalari kesimida taqsimlanishi tahlil qilinganda, eng yuqori ko‘rsatkichlar barcha hududlarda dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi. Respublikada jami yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlari tarkibida eng katta ulush Samarqand (11,8 %), Qashqadaryo (11,4 %), Toshkent (10,2 %) va Buxoro (9,5 %) viloyatlariga to‘g‘ri keldi. Ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari o‘sish sur’atini hududlar kesimida tahlil etar ekanmiz yuqori o‘sish sur’atlari Andijon (106,3 %), Toshkent (106,1 %), Jizzax (105,3 %) va Buxoro (104,5 %) viloyatlarida qayd etildi.
Chorvachilik sohasining ichki imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilib borilayotganligi, shuningdek , ularga davlat tomonidan tizimli yordam ko‘rsatilib kelinayotganligi chorva mollari bosh sonining ko‘payishiga, ichki iste’mol bozorlarini chorvachilik mahsulotlari bilan to‘ldirishga imkon yaratdi.
2021- yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 2 640,4 ming t. go‘sht (2020- yilning yanvar-dekabriga nisbatan 4,8 % ga ko‘p), 11 286,9 ming t. sut (2,8 % ga ko‘p), 8 053,1 mln. dona tuxum (3,5 % ga ko‘p) yetishtirildi va 173 866 t. baliq (20,7 % ga ko‘p) ovlandi. 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida go‘sht yetishtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarning xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil natijalariga asosan, go‘sht yetishtirishning eng katta hajmi 2 357,4 ming t. yoki umumiy yetishtirish hajmidan 89,3 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida qayd etilganligini ta’kidlash lozim.
Ko‘rsatib o‘tilgan davrlarda, go‘sht yetishtirishning eng kam hajmi 134,0 ming t. yoki umumiy yetishtirish hajmidan 5,1 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda kuzatildi.
2020- yilning mos davri bilan solishtirganda, 2021- yilda fermer xo‘jaliklarida 32,8 %, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida 2,4 % va qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 28,0 % o‘sish kuzatildi.
Yetishtirilgan go‘shtning umumiy hajmidagi eng yuqori ulush Qashqadaryo viloyatiga (11,8 %) to‘g‘ri keldi. Shuningdek, yuqori ulush Samarqand (11,6 %), Toshkent (10,5 %), Buxoro (10,4 %), Jizzax (8,6 %) va Surxondaryo (7,6 %) viloyatlarida qayd etildi.
Past ko‘rsatkichlar Sirdaryo viloyati (2,6 %) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (4,4 %) kuzatildi.
2021- yilning yanvar-dekabrida yuqori o‘sish sur’atlari Andijon (113,5 %), Samarqand (106,7 %), Namangan (104,7 %), Toshkent (104,6 %) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (104,5 %) qayd etildi.
Xo‘jalik toifalari orasida sut yetishtirishning eng katta hajmi 10 590,6 ming t. yoki umumiy yetishtirish hajmidan 93,8 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida qayd etildi.
2021- yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bo‘yicha eng kam hajm 108,6 ming t. yoki umumiy yetishtirish hajmidan 1,0 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda kuzatildi.
2020- yilga nisbatan ko‘rsatib o‘tilgan davrlarda, fermer xo‘jaliklarida 13,1 %, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida 2,1 % va qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 27,9 % o‘sish qayd etildi.
Sut yetishtirishning umumiy hajmiga nisbatan eng yuqori ulush Samarqand viloyatiga (11,8 %) to‘g‘ri keldi, shuningdek, Qashqadaryo (11,1 %), Xorazm (9,5 %), Farg‘ona (9,5 %), Buxoro (9,0 %), Andijon (8,8 %) va Toshkent (8,6 %) viloyatlarida ham yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi.
Sut yetishtirishning umumiy hajmiga nisbatan eng past ulush Sirdaryo viloyati (3,3 %) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (3,7 %) kuzatildi.2020- yilga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari Qashqadaryo (105,8 %), Toshkent (104,6 %), Sirdaryo (104,1 %), Jizzax (103,6 %) viloyatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (103,6 %) qayd etildi.
Boshqa toifadagi xo‘jaliklarga nisbatan taqqoslanganda, tuxum yetishtirishning eng katta hajmi 4 875,5 mln. dona yoki umumiy yetishtirish hajmidan 60,5 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida qayd etildi.
2021- yilning yanvar-dekabr oylarida, tuxum yetishtirishning eng kam hajmi 1 203,8 mln. dona yoki umumiy yetishtirish hajmidan 15,0 % i fermer xo‘jaliklarida kuzatildi.
2020- yilning mos davriga nisbatan, fermer xo‘jaliklarida 14,8 %, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida 1,2 % va qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 3,1 % o‘sish kuzatildi. Tuxum yetishtirishning boshqa hududlarga nisbatan eng yuqori
ko‘rsatkichlari Toshkent viloyati hissasiga to‘g‘ri keldi va uning ulushi 18,0 % bo‘ldi. Shuningdek, yuqori ulush Samarqand (16,7 %), Andijon (9,0 %), Namangan (7,9 %), Farg‘ona (6,9 %) va Surxondaryo (6,5 %) viloyatlarida qayd etildi.
Tuxum yetishtirishning umumiy hajmidagi ulushi past bo‘lgan hudud sifatida Sirdaryo viloyati (2,3 %) va Qoraqalpog‘iston Respublikasi (4,4 %) qayd etildi.
2020- yilga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari Jizzax (123,6 %), Sirdaryo (110,0 %), Buxoro (106,8 %), Samarqand (106,4 %) va Xorazm (104,8 %) viloyatlarida kuzatildi.
Baliq ovlash ko‘rsatkichlarini xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilish jarayonida, ovlangan baliqlar hajmining asosiy qismi 82 193 t. yoki umumiy ovlangan hajmidan 47,3 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda qayd etildi.
2021- yilning yanvar-dekabr oylari natijalari bo‘yicha baliq ovlashning eng kam hajmi 10 091 t. yoki umumiy ovlangan hajmidan 5,8 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida kuzatildi.
2020- yilga nisbatan, fermer xo‘jaliklarida 38,0 %, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida 3,1 % va qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 9,3 % o‘sish kuzatildi. Hududlar o‘rtasida umumiy ovlangan baliqlar hajmiga nisbatan eng katta ulush Xorazm (17,9 %) viloyatiga to‘g‘ri keldi. Shu bilan bir qatorda, yuqori ulush Samarqand (12,6 %), Andijon (10,2 %) viloyatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi (8,3 %), Navoiy (7,8 %) va Jizzax (7,5 %) viloyatlarida ham qayd etildi.
Tahlil qilingan davrda ovlangan baliqlarning umumiy hajmiga nisbatan eng kam ulush Surxondaryo (2,9 %), Sirdaryo (3,4 %) va Qashqadaryo (3,7 %) viloyatlarida kuzatildi.
2020- yilga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari Samarqand (172,7 %), Buxoro (161,3 %), Xorazm (143,0 %), Namangan (128,0 %), Qashqadaryo (119,5 %) va Surxondaryo (110,7 %) viloyatlarida qayd etildi.
2022– yilning 1– yanvar holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollar bosh soni
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, yirik shoxli qoramollarning 6,5 % i fermer xo‘jaliklari hissasiga, 92,0 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 1,5 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini qayd etib o‘tish lozim, shunga mos ravishda qo‘y va echkilarning umumyiy sonidan 14,2 % i fermer xo‘jaliklariga, 79,9 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 5,9 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi, shuningdek, otlarning umumiy sonidan 22,5 % i fermer xo‘jaliklariga, 73,1 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga,4,4 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to ‘g‘ri keldi, parrandalar umumiy sonidan 17,0 % i fermer xo‘jaliklariga, 57,7 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 25,3 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keldi.
2022- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, barcha toifadagi xo‘jaliklarda:
- yirik shoxli qoramollarning umumiy soni 13 555,8 ming boshga yetdi.
- yirik shoxli qoramollar bosh soni 2021- yilning mos davriga nisbatan
401,5 ming boshga (3,1 %) ko‘paydi.
- yirik shoxli qoramollar bosh sonining 92,0 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri keldi.
Yirik shoxli qoramollar umumiy bosh sonining eng katta ulushi Qashqadaryo viloyatiga (12,4 %) to‘g‘ri keldi.
Shuningdek, yuqori ulush Samarqand (12,2 %), Buxoro (9,5 %) viloyatlari va
Qoraqalpog‘iston Respublikasida (8,7 %) ham qayd etildi.
Shu bilan birga, yirik shoxli qoramollar umumiy bosh sonidagi eng past ulush
Sirdaryo (3,5 %) va Navoiy (3,9 %) viloyatlarida kuzatildi.
Boshqa hududlar bilan taqqoslanganda, 2021- yilga nisbatan eng yuqori o‘sish
sur’atlari Sirdaryo (104,3 %), Samarqand (103,7 %), Andijon (103,5 %), Toshkent (103,4 %) va Qashqadaryo (103,3 %) viloyatlarida qayd etildi.
2022- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, barcha toifadagi xo‘jaliklarda:
- sigirlarning umumiy soni 4 866,1 ming boshga yetdi.
- sigirlar bosh soni 2021- yilning 1- yanvar holatiga nisbatan 136,7 ming
boshga (2,9 %) ko‘paydi.
- sigirlar bosh sonining 91,9 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri keldi.
Hududlar o‘rtasida sigirlar umumiy bosh sonining eng ko‘p qismi Samarqand viloyatiga (14,9 %) to‘g‘ri keldi.
Bundan tashqari, yuqori ulush Qashqadaryo (11,3 %), Buxoro (8,7 %), Toshkent (8,5 %) va Surxondaryo (8,2 %) viloyatlarida qayd etildi.
Sigirlar umumiy bosh sonining eng kam ulushi Sirdaryo (3,5 %) va Navoiy
(4,4 %) viloyatlarida kuzatildi.
Boshqa hududlar bilan taqqoslanganda, eng yuqori o‘sish sur’atlari Andijon
(103,6 %), Buxoro (103,5 %), Namangan (103,4 %), Farg‘ona (103,3 %), Samarqand (103,2 %), Sirdaryo (103,2 %) va Qashqadaryo (103,2 %) viloyatlarida qayd etildi.
2022- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, barcha toifadagi xo‘jaliklarda:
- qo‘y va echkilarning umumiy soni 23 074,3 ming boshga yetdi.
- qo‘y va echkilar bosh soni 2021- yilning mos davriga nisbatan
615,5 ming boshga (2,7 %) ko‘paydi.
- qo‘y va echkilar bosh sonining 79,9 % i dehqon (shaxsiy yordamchi)
xo‘jaliklariga to‘g‘ri keldi.
Hududlar kesimida qo‘y va echkilar umumiy bosh sonining eng katta ulushi Qashqadaryo viloyatiga (21,2 %) to‘g‘ri keldi.
Shu bilan bir qatorda, yuqori ulush Samarqand (11,0 %), Surxondaryo (10,7 %), Navoiy (10,0 %) va Buxoro (10,0 %) viloyatlarida qayd etildi.
Qo‘y va echkilar umumiy bosh sonining eng kam ulushi Sirdaryo (1,6 %) va Xorazm (2,0 %) viloyatlarida kuzatildi.
Boshqa hududlar bilan taqqoslanganda, 2020- yilga nisbatan eng yuqori o‘sish
sur’atlari Xorazm (105,0 %), Sirdaryo (103,8 %), Qashqadaryo (103,5 %) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (103,1 %) qayd etildi.
2022- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, barcha toifadagi xo‘jaliklarda:
- otlarning umumiy soni 260,7 ming boshga yetdi.
- otlar bosh soni 2021- yilning mos davriga nisbatan 7,1 ming boshga
(2,8 %) ko‘paydi.
- otlar bosh sonining 73,1 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri
Keldi.
Hududlar o‘rtasida otlar umumiy bosh sonining eng katta ulushi Toshkent
viloyatiga (21,4 %) to‘g‘ri keldi. Shu kabi, yuqori ulush Qashqadaryo (13,2 %), Samarqand (10,8 %) va Jizzax (10,6 %) viloyatlarida ham qayd etildi.
Otlar umumiy sonining eng kam ulushi Xorazm (2,2 %), Namangan (2,6 %),
Buxoro (2,6 %) va Andijon (2,7 %) viloyatlarida kuzatildi.
Boshqa hududlar bilan taqqoslanganda, eng yuqori o‘sish sur’atlari Buxoro
(112,0 %), Navoiy (107,4 %), Sirdaryo (104,9 %), Surxondaryo (104,6 %) va
Andijon (104,5 %) viloyatlarida qayd etildi.
2022- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, barcha toifadagi xo‘jaliklarda:
- parrandalarning umumiy soni 89 734,4 ming boshga yetdi.
- parrandalar bosh soni 2021- yilning mos davriga nisbatan 144,7 ming boshga
(0,2 %) ko‘paydi.
- parrandalar bosh sonining 57,7 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga
to‘g‘ri keldi.
Hududlar bo‘yicha parrandalar umumiy bosh sonining eng ko‘p qismi Toshkent viloyatiga (17,3 %) to‘g‘ri keldi, shuningdek, Samarqand (15,1 %), Farg‘ona (9,6 %), Andijon (9,6 %) va Qashqadaryo (6,9 %) viloyatlarida ham yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi.
Hududlar bo‘yicha parrandalar umumiy bosh sonining eng kam qismi Sirdaryo
(3,4 %) va Navoiy (3,6 %) viloyatlariga to‘g‘ri keldi.
Boshqa hududlar bilan taqqoslanganda, o‘tgan yilga nisbatan eng yuqori o‘sish
sur’atlari Sirdaryo (119,0 %), Surxondaryo (103,6 %), Navoiy (103,0 %), Buxoro (102,5 %), Samarqand (102,5 %) va Andijon (102,4 %) viloyatlarida
qayd etildi.

Download 138.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling