Chorvachilik va uning respublika iqtisodiyotida tutgan o’rni


Download 71.5 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi71.5 Kb.
#1575302
  1   2   3
Bog'liq
CHorvachilik va uning respublika iqtisodiyotida tutgan urni


Chorvachilik va uning respublika iqtisodiyotida tutgan o’rni

Reja:




  1. Chorvachilikning iqtisodiyoyda tutgan o’rni.

  2. Qoramolchilik.

  3. Qo’ychilik.

  4. O’zbekistonda chorvachilikning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish.



Chorvachilik- O’zbekiston qishloq xo’jaligining obikor dehqonchilikdan keyingi muhim tarmog’i hisoblanib, u aholini qimmatli oziq-ovqat mahsulotlari: sut, go’sht, tuxum bilan, sanoatni esa jun, qorako’l teri bilan ta’minlaydi. O’zbekiston chorvachilikning qadimiy markazlaridan biri bo’lib, respublikaning tuproq va tabiiy iqlim sharoitlari-unumdor sug’oriladigan yerlarda asosan qoramolchilik, cho’chqachilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, qir- adirlar, dasht- chol va tog’ oldi yaylovlarida esa qo’ychilik, echkichilik, yilqichilik, tuyachilik, suv havzalarida baliqchilik rivojlangan.
Chorvachilikning, birinchi navbatda, jamoat chorvachilgini jadal rivojlantirishga hukumatimiz katta e’tibor bermoqda. Chorvachilikni rivojlantirish qishloq xo’jaligi oldida turgan birinchi darajali vazifalardan hisoblanadi. Bu vazifani muvaffaqiyatli hal etish uchun quyidagi kompleks tadbiriy choralar ishlab chiqilgan:
-chorvachilikning mustahkam yem-xashak bazasini barpo qilish va yem-xashakdan oqilona foydalanish;
-barcha turdagi chorva mollari va parrandalar sonini ko’paytirish;
-podalarning mahsuldorligini oshirish va ulardan olingan sanoat texnologiyasi asosida boqishga moslashtirish maqsadida chorvachilikda naslchilik ishlarini yaxshilash.
Go’sht yetishtirishni keskin oshirish va qoramol, cho’chqa, qo’y, parranda va quyon go’shti yetishtirish sohasidagi barcha imkoniyat va rezervlardan to’la foydalanishni birinchi darajali vazifalardan qilib qo’yiladi. Yem-xashak bazasi chorvachilkni taraqqiy ettirishning muhim sharti hisoblanadi. O’zbekistonda pichanzorlar, yem-xashak dehqonchiligi, yengil, oziq-ovqat sanoati qoldiqlari va aralash yemlar chorvachilikning asosiy ozuqa bazasidir. Respublikada 23,4 mln. gektarga yaqin yaylov, pichanzorlar va o’tloqlar bor. Bizdagi yaylovlar kam mahsul yaylovlar hisoblanadi, chunki yaylovlarni suv bilan ta’minlash juda mashaqqatli ishdir. Respublikada yaylovlardan har bir gektar hisobiga bor-yo’g’i 2-3 sentnerdan xashak olinadi. Yem-xashak ekinlari maydoni respublikadagi jami qishloq xo’jalik yerlarining 7,7 % ni tashkil etadi. Asosan beda, makkajo’xori, ozuqabop lavlagi ekiladi. Respublikada yiliga qariyb 10 mln. tonna pichan va silos tayyorlanadi. Respublika yog’-moy sanoati korxonalarida olinadigan kunjara, shulxa, aralash yem sanoati korxonalarida ishlab chiqariladigan turli tarkibdagi yem chorvachilik ehtiyojlarini ta’minlaydi.

Download 71.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling