Cho’yanni tеrmik ishlash
Bolg’alanuvchan cho’yanlar
Download 19.25 Kb.
|
1 2
Bog'liqHujjat (8)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Juda puxta cho’yanlar
Bolg’alanuvchan cho’yanlar
Oq cho’yanni 950-9700Cgacha 20-25 soat davomida sekin qizdirib, shu haroratda 10 … 15 soat davomida tutib turish yo’li bilan bolg’alanuvchan cho’yan olinadi. Bunda cho’yan tarkibidagi sementit bodroqnusxa grafit hosil qilib parchalanadi. Yumshatish jarayonini tezlashtirish maqsadida suyuq cho’yanga ba’zida vismut yoki alyuminiy qo’shilib, quyish oldidan harorat oshiriladi. Bolg’alanuvchan cho’yanlarning cho’zilishdagi mustahkamlik chegarasi boshqa cho’yanlarnikiga qaraganda yuqoriroq bo’lib, u zarb kuchlari ta’siriga va korroziyaga yaxshi qarshilik ko’rsatadi. Bu cho’yanni bolg’alab bo’lmaydi, “bolg’alanuvchan cho’yan” degan nom shartli bo’lib, bu nom uning kul rang cho’yanga qaraganda bir oz plastik bo’lgani uchun berilgan. Bo’lg’alanuvchan cho’yan ruscha atamasining bosh harflari (КЧ), cho’zilishdagi mustahkamlik chegarasi (kg/mm2) hamda plastiklik (%) qiymatini qo’yib markalanadi. Masalan, КЧ37-12, КЧ35-10, КЧ30-6, КЧ33-8, КЧ45-6, . . . . Ferrit asosidagi КЧ37-12 va КЧ35-10 cho’yanlar yuqori dinamik va statik kuchlar ta’sirida muvaffaqiyatli ishlay oladi. Ulardan tezliklar qutisining g’ilofi, gubchaklar kabi mashina qismlari tayyorlanadi. G’iloflar, gayka, gaz ovozini hasaytiruvchi vositalar, muftalar kabi qismlar ko’pincha КЧ30-6 va КЧ33-8 markali cho’yanlardan tayyorlanadi. Ferritli bolg’alanuvchan cho’yanlarning qattiqligi 160 - 165 HB atrofida bo’ladi. Oq cho’yanni yumshatish jarayonining grafitga parchlanish ikkinchi bosqichida uni tez sovitish bilan perlit asosidagi kul rang cho’yan olinadi. Bu cho’yanlarning qattiqligi 240-270 HB ga teng. Juda puxta cho’yanlar Juda puxta cho’yanlarda oq cho’yandagi sementitning parchalanishi natijasida hosil bo’lgan grafit donachalarining shakli sharga yaqin bo’ladi. Shuning uchun bunday cho’yanlar yuqori plastiklikka ega bo’lib, ularning mexanik xossalari po’latning xossalariga yaqinlashadi. Grafitning shakli shar shakliga o’tishi uchun suyuq metallga ishqoriy yoki ishqoriy-yer metallar (0,03–0,07% miqdorda) qo’shiladi. Masalan, juda oz miqdorda (0,05%) magniy qo’shilsa, grafit strukturasining shakli sharsimon bj’ladi. Juda puxta cho’yanlarning tarkibi quyidagicha bo’ladi: C=2,7–3,6%; Si=1,6–2,7%; Mn=0,5-0,6%; P=S0,1%. Bu cho’yanlar ham kulrang cho’yanlar kabi ruscha nomlarining bosh harflari ВЧ (высокопрочный чугун) bilan belgilanadi, so’ngra cho’zilishdagi mustahkamligi (birinchi ikkita son, kg/mm2) va nisbiy cho’zilish qiymatlari (%) ko’rsatiladi. Masalan, ВЧ 45-0; ВЧ 50-1,5; ВЧ 60 – 2; ВЧ 45 – 5; ВЧ 40 – 10; . . . Juda puxta cho’yanlarning mustahkaligini yanada oshirish hamda barqarorlashtirish maqsadida ularga termik ishlov beriladi. Masalan, mustahkamlikni oshirish maqsadida ularga toblash bilan bir qatorda yuqori haroratlarda (500 – 600 0C) bo’shatish beriladi. Ba’zida grafitning shaklini yana mukammallashtirish uchun ularga yumshatish beriladi. Bu turdagi cho’yanlarning plastikligi ( = 2 - 7%) va qattiqligi (HB = 150 - 360) ancha yuqori bo’ladi. Juda puxta cho’yanlardan avtomobil va traktorlarning tirsakli vallari, tishli g’ildiraklar, muftalar, avtomobillarning ketingi ko’priklari, karterlar kabi buyumlar quyib tayyorlanadi. Bu cho’yanlarning qattiqligi 240-270 HB atrofida bo’ladi. Ular avtomobilsozlikda, qishloq xo’jaligi mashinalarining qismlari, to’qimachilik sanoati uskunalari, ishqalanish, zarbiy hamda o’zgaruvchan kuchlar ta’sirida ishlaydigan vositalarni tayyorlashda ishlatiladi. 15 - rasm. Cho’yanlarning mikrostrukturalari, x500: a) juda puxta cho’yan; b) bolg’alanuvchan cho’yan. Download 19.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling