Cho'zilgan elementlar konstruksiyalari


Download 12.93 Kb.
bet4/4
Sana20.06.2023
Hajmi12.93 Kb.
#1628897
1   2   3   4
Bog'liq
CHO\'ZILGAN ELEMENTLAR KONSTRUKSIYALARI

Armaturalarni ankerlash. Quyida zo’riqtirilmagan armaturalarni ankerlash sxemalari keltirilgan (2.12-rasm). Elementlar diametri 5 mm gacha bo’lgan Br–II sinfli sim bilan ankersiz armaturalansa, betonning sinfi B20 dan; diametri 6 mm va undan ortiq bo’lsa – B30 dan kam bo’lmasligi lozim. K–7 va K–19 sinfli arqonsimon armatura qo’llangan elementlardagi betonning sinfi kamida B30 olinadi. Agar A–V (At–V) va At–IV sinfli sterjenli ankersiz armatura ishlatilsa, armatura diametri 18 mm gacha bo’lganda, beton sinfi kamida B20 va B30, armatura diametri 20 mm va undan ortiq bo’lganda, B25 va B30 dan kam bo’lmasligi kerak.

Karkas-sterjenli anker: a – ankerning konstruksiyasi; b – diafragmav – chaspaklardan qilingan tirgakg – o’ramning anker ortidagi kesimi; 1 – o’ramning simlari; 2 – markaziy sterjen3 – diafragma; 4 - eshma Armaturani betonga taranglashda o’ramlarni mahkamlash uchun turli konstruksiyali bosh ankerlar qo’llaniladi. Konussimon bosh ankerlar keng tarqalgan. Konussimon anker (2.15-rasm) konussimon teshikli shondan va konussimon tiqindan iborat. O’ramning simlari oldindan qoldirilgan teshik orqali o’tkaziladi va o’ram ikkilanma ta’sirli domkrat vositasida (2.15-rasm) taranglangandan so’ng konussimon tiqin bilan ponalanadi, bunda u kichik silindr shtoki bilan zichlab boriladi. Тiqinning sirti, simlarning ponalanishini kuchaytiradigan o’yiqqa ega. Konussimon ankerlar o’lchamlari o’ramlarning turi va simlarning soniga bog’liqdir. Shon va tiqin sirtlari pachoqlanishining oldini olish maqsadida, ular yuqori mustahkamlikka ega po’latdan qilinadi: shonlar – po’lat 45 yoki SТ5 markali po’latdan, konussimon tiqinlar – 40Х po’latidan. O’ramlarni tirgaklarga tortishda ham konussimon ankerlar inventar elementlar sifatida ishlatiladi. Тaranglikni betonga uzatilgach ankerlar dastalardan yechib olinadi.

Karkas-sterjenli anker: a – ankerning konstruksiyasi; b – diafragma; v – chaspaklardan qilingan tirgak; g – o’ramning anker ortidagi kesimi; 1 – o’ramning simlari; 2 – markaziy sterjen; 3 – diafragma; 4 - eshma Armaturani betonga taranglashda o’ramlarni mahkamlash uchun turli konstruksiyali bosh ankerlar qo’llaniladi. Konussimon bosh ankerlar keng tarqalgan. Konussimon anker (2.15-rasm) konussimon teshikli shondan va konussimon tiqindan iborat. O’ramning simlari oldindan qoldirilgan teshik orqali o’tkaziladi va o’ram ikkilanma ta’sirli domkrat vositasida (2.15-rasm) taranglangandan so’ng konussimon tiqin bilan ponalanadi, bunda u kichik silindr shtoki bilan zichlab boriladi. Тiqinning sirti, simlarning ponalanishini kuchaytiradigan o’yiqqa ega. Konussimon ankerlar o’lchamlari o’ramlarning turi va simlarning soniga bog’liqdir. Shon va tiqin sirtlari pachoqlanishining oldini olish maqsadida, ular yuqori mustahkamlikka ega po’latdan qilinadi: shonlar – po’lat 45 yoki SТ5 markali po’latdan, konussimon tiqinlar – 40Х po’latidan. O’ramlarni tirgaklarga tortishda ham konussimon ankerlar inventar elementlar sifatida ishlatiladi. Тaranglikni betonga uzatilgach ankerlar dastalardan yechib olinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

  • Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
  • 1. P.Novak. “Hydraulic Structures”, fourth edition, University of McGill (Canada) 2007.
  • 2. M.R.Bakiyev, T.D.Muslimov “Injenerlik konstruksiyalari” o’quv qo’llanma T 2013 y
  • 3. S.T.Vafoyev, O.S.Vafoyeva “Injenerlik konstruksiyalari” fanidan metall konstruksiyalar bo’limi uchun oq’uv qo’llanma T 2019y

Download 12.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling