Cho'zilgan elementlar konstruksiyalari
Download 12.93 Kb.
|
CHO\'ZILGAN ELEMENTLAR KONSTRUKSIYALARI
Ba’zan, o’ta mustahkam simlarni taranglashda ikki usulni birgalikda qo’shib ishlatish hollari ham uchraydi. Qo’shma usulga ko’ra qizdirilgan sim aylanma stol yordamida uzluksiz ravishda taranglanadi. Тaranglashning bu usuli kuchlanishning 50%i mexanik usulda, qolgan 50%i qizdirib sovutish natijasida hosil qilinadi. Buning oqibatida uskunaning mahsuldorligi ikki marotaba oshadi, konstruksiyasi ixchamlashadi, oldindan uyg’otilgan kuchlanishning nazorat qilinadigan qiymati yana ham yaqinlashadi. Тaranglashning fizik-kimyoviy usuli o’z-o’zidan zo’riqadigan konstruksiyalarni tayyorlashda qo’llaniladi. Bunda kengayuvchan sementdan tayyorlangan betonning o’zi kengayishi oqibatida armaturada kuchlanish paydo bo’ladi. Armaturada uyg’ongan cho’zuvchi kuchlanishlar betonni siqadi. Shu tariqa konstruksiya oldindan zo’riqadi.Ba’zan, o’ta mustahkam simlarni taranglashda ikki usulni birgalikda qo’shib ishlatish hollari ham uchraydi. Qo’shma usulga ko’ra qizdirilgan sim aylanma stol yordamida uzluksiz ravishda taranglanadi. Тaranglashning bu usuli kuchlanishning 50%i mexanik usulda, qolgan 50%i qizdirib sovutish natijasida hosil qilinadi. Buning oqibatida uskunaning mahsuldorligi ikki marotaba oshadi, konstruksiyasi ixchamlashadi, oldindan uyg’otilgan kuchlanishning nazorat qilinadigan qiymati yana ham yaqinlashadi. Тaranglashning fizik-kimyoviy usuli o’z-o’zidan zo’riqadigan konstruksiyalarni tayyorlashda qo’llaniladi. Bunda kengayuvchan sementdan tayyorlangan betonning o’zi kengayishi oqibatida armaturada kuchlanish paydo bo’ladi. Armaturada uyg’ongan cho’zuvchi kuchlanishlar betonni siqadi. Shu tariqa konstruksiya oldindan zo’riqadi.Armaturalarni ankerlash. Quyida zo’riqtirilmagan armaturalarni ankerlash sxemalari keltirilgan (2.12-rasm). Elementlar diametri 5 mm gacha bo’lgan Br–II sinfli sim bilan ankersiz armaturalansa, betonning sinfi B20 dan; diametri 6 mm va undan ortiq bo’lsa – B30 dan kam bo’lmasligi lozim. K–7 va K–19 sinfli arqonsimon armatura qo’llangan elementlardagi betonning sinfi kamida B30 olinadi. Agar A–V (At–V) va At–IV sinfli sterjenli ankersiz armatura ishlatilsa, armatura diametri 18 mm gacha bo’lganda, beton sinfi kamida B20 va B30, armatura diametri 20 mm va undan ortiq bo’lganda, B25 va B30 dan kam bo’lmasligi kerak.Download 12.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling