Mavzu : Tuproq tabiiy va tarixiy tirik tana


Download 257.5 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi257.5 Kb.
#1431592
Bog'liq
1.Mexanik tarkibni anqilash usullarini o\'rganish

MAVZU : MEXANIK TARKIBINI ANIQLASH USULLARINI O’RGANISH

REJA :

  • Tuproqning mexanik tarkibi haqida ma’lumotlar.
  • Tuproqning mexanik tarkibini quruq va ho’l usullar yordamida aniqlash.
  • Tuproqlarning mexanik tarkibiga ko‘ra klassifikasiyasi

Tuproqning mexanik tarkibi deyilganda undagi har xil
o‘lchamli zarralarning nisbiy yoki foiz miqdori tushuniladi. Tuproqning mexanik
elementlari bilan tuproq urvoqlari yoki struktura agregatlarini bir-biridan farq qila bilish kerak. Struktura agregatlari odatda turli moddalar vositasida o‘zaro yopishgan mexanik elementlardan iborat. Shu sababli tuproqni mexanik tarkibini aniqlashga tayyorlayotgan agregatlarini alohida mexanik elementlarga qadar parchalash uchun unga tegishlicha usulda ishlov beriladi.
Tuproqning mexanik tarkibini laboratoriyada analiz qilishning keng tarqalgan usuli pipetka usulidir. Mazkur usulning mohiyati zarralarning suyuqlikda tushish tezliklari bilan ular o‘rtasidagi bog‘liqliqga asoslangan, ya’ni zarralarning tushish tezligi ularning diametriga to‘g‘ri mutanosibdir. Agar silindrga solingan tuproq suspenziyasi (bo‘tanasi) aralashtirilib, so‘ngra tindirilsa suv ustunidagi tuproq zarrachalari o‘lchamlariga muvofiq ravishda taqsimlanadi: maydaroq zarrachalar loyqalangan holatda uzoq vaqt saqlanadi, yiriklari esa idish tubiga cho‘kadi. Har xil o‘lchamli zarralarning tushish tezligi Stoks formulasi yordamida hisoblab topiladi. Har xil diametrli mexanik elementlarning tushish tezligini hisoblab aniqlangach, ma’lum vaqt oralatib va suv ustunining muayan chuqurligidan sinalg‘ich namunalar olish yo‘li bilan mexanik elementlar miqdorini aniqlash mumkin. Hisoblashda pipetkaning hajmi va silindrdagi suvning umumiy hajmi e’tiborga olinadi.
Tuproqning qattiq qismi turli o‘lchamlardagi zarralardan tashkil topgan bo‘lib,
yirik zarralarning o‘lchami 1 mm dan katta, eng mayda kolloid zarralarniki esa
0,0001 mm dan kichikdir. Tuproqning fizik, fizik-mexanik, ayniqsa fizik-kimiyoviy va kimiyoviy xossalari tuproqning ana shu qattiq qismi bilan bevosita bog‘lig‘. Shu sababli tuproq xossalarini bilib olishdagi muhim vazifa uning mexanik elementlar deb ataluvchi turli katta-kichiklikdagi zarralarning o‘lchamlari va miqdorini aniqlashdan iborat.
Tuproqning mexanik tarkibi quyidagi usullar yordamida dala sharoitida yoki laboratoriyada aniqlanadi.
  • Tuproq namunalarini qo’l kaftida ezish (quruq usul) yoki tuproq namunalaridan loy qalqachalar tayyorlash (xo’l usul);

  • 2. Elash usuli;
    3. Oqar suvda bo’tanalash usuli;
    4. Ko’lmak suvda bo’tanalash usuli
    5. Kolloid zarrachalarni sentrifugalash usuli.
    Hozirgigi vaqtda dala sharoitida quruq yoki xo’l usul, laboratoriya sharoitida esa elash va ko’lmak suvda bo’tanalash usullari keng qo’llaniladi.

Ishni bajarish tartibi:
1) Tahlil uchun 3-4 g tuproq olinadi; 2) tuproq chinni idishga solinadi va ustidan suv quyib aralashtiriladi; 3) aralashma quyuq loy olatiga keltirilgach kaft orasida ishqalanadi va loy diametri 3 mm bo’lgan cho’ziq ip (shnur) shakliga keltiriladi; 4) so’ngra cho’zilgan loy qoqoz ustiga qo’yilib, halqa shakliga keltiriladi. Shunda u sochilib ketadi, yoriladi yoki tekis qalqa shaklida saqlanib qoladi. Shu ko’rsatkich asosida tuproqlarning mexanik tarkibi aniqlanadi.

Loy halqaning (shnur) holati

  Tuproqning mexanik tarkibi

  0,01 mm dan kichik bo’lgan zarrachalar miqdori, %

  Tuproq namunasining ko’rinishi

Cho’ziq shakl (ipcha) hosil bo’lmaydi

Qum

0—10

 

Cho’ziq holat (ipcha) belgilari mavjud

Qumloq

10—20

 

Cho’ziq shakl kaftda ishqalanganda bo’linib ketadi

Yengil qumoq

20—30

 

Cho’ziq shakl kaftda ishqalanganda bo’linib ketadi

O`rta qumoq

30—45

 

Halqa hosil bo’ladi, lekin halqada yoriqlar paydo bo’ladi

Og’ir qumoq

45—60

 

Halqa hosil bo’ladi, yoriqlari umuman bo’lmaydi

Soz

60-80dan ko’p

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
  • Arinushkina E.V. Rukovodstvo po ximichiskomu analizu pochv. M,1970
  • Boboxo’jaev I.I., Uzoqov P. Tuproq tarkibi xosslari va analizi. T.1990.

  • 3, Miraxmedov., Miryunusov. Tuproqshunoslidan amaliy mashg’ulotlar.
    Toshkent. 1974.
    Internet saytlar :
  • www.soilconf.ru
  • www.google.com
  • www.ziyonet.com
  • www.fayllar.org

Download 257.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling