Mavzu: O'zbekiston florasida Boraginaceae oilasi
Reja:
I. Kirish:
II. Asosiy qism:
1. Gavzabonguldoshlar oilasisi sitematikasi
2. Kampirchopon o’simligi haqida ma’lumot
3. Oilaga masnub o’simliklar haqida ma’lumot
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Gavzabondoshlar (Kampirchopondoshlar) oilasi – Boraginaceae
Kampirchopon (Trichodesma incanum (Bunge) ADC.) — govzabonguldoshlarga mansub koʻp yillik begona oʻt. Poyasi sershox, yer bagʻirlab, baʼzan tikka oʻsadi, boʻyi 30—100 sm. Oʻsimlikning hamma qismlari kumushsimon oq tuklar bilan qoplangan. Barglarining hamma qismlari kumushsimon oq tuklar bilan kalin qoplangan, seret, tuxumsimon, bandsiz. Gullari zangori, tarvaqaylagan roʻvaksimon toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi tuxumsimon yongʻoqcha. Apr.—okt.da gullab mevalaydi. Ildizi oʻq ildiz. Bosh ildizi 5— 6 m chuqurlikkacha kiradi, ildiz boʻgʻzidagi kurtaklardan yer usti novdalari oʻsadi. Vegetativ va urugʻidan koʻpayadi, qishlab chiqqan urugʻlari 7—10° t-rada unadi. Mart — aprel boshida maysalari koʻkaradi. Bir tup i 1000 tagacha urugʻ beradi. Urugʻi tuproqqa sochilib ketadi. Oʻsimlik va urugʻlari zaharli.
Kurash choralari: oʻtoq qilish, ekin hosili yigʻishtirilgach, yerni 10— 12 sm chuqurlikda yumshatish, chimqirqar plug bilan 30—35 sm chukurlikda kuzgi shudgor. Don ekinlarini 2,4-D tipidagi gerbitsidlar bilan dorilas
Mazkur oilaga 100 turkumga oid, 200 tur kiradi. O’zbekistonda 32 turkumga mansub 118 turi o‗sadi. Oilaning ba‘zi turlari juda keng tarqalgan. Hayotiy shakliga ko‗ra bir va ko‗p yillik o‗tlar ustunlik qiladi. Gullari aktinomorf yoki zigomorf.
Gulqorg‗oni murakkab. Nektari tufayli asalarichilikda muhim rol o‗ynaydi.
Oila tarkibida manzarali va zararli turlari ham mavjud.
Kampirchopon - Trichodesma incanum bo‗yi 30-100 sm, oq tuklar bilan
qoplangan. Adirlarda soz tuproqli va shag‗alli yerlarda, ba‘zan g‗alla ekinlari orasida begona o‗t sifatida o‗sadi. Zaharli o‗simlik.
O‗zbekistonda bo‗yi 20-50 sm keladigan, nihoyatda polimorf, cho‗l
mintaqasida keng tarqalgan Ko‗kmaraz (tuyaqorin) – Heliotropium lasiocarpum keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |