Mikroorganizmlarning gen muxandisligida qo`llanilishi
Bajardi: Beknazarov . A
REJA:
- MIKROORGANIZMLARDA GENETIK QONUNIYATLARNI O`RGANISH
- MIKROORGANIZMLAR XROMOSOMASI
- MIKROORGANIZM PLAZMIDI
- MIKROORGANIZMLAR MUTATSIYALARI
- GENNING STRUKTURASI VA TASIRI
MIKROORGANIZMLARDA GENETIK QONUNIYATLARNI O`RGANISH
- MIKROORGANIZMLARDA GENETIK QONUNIYATLARNI O`RGANISH MUHUM AHAMIYATGA EGA, CHUNKI BAKTERIYALARNING TEZ BO`LINISHI VA NASLINING NIHOYATDA KO`P, MAYDA BO`LISHI VA KAM JOYNI EGALLASHI ULARNI NIHOYATDA QULAY OBYEKT QILIB QO`YADI. MASALAN, ICHAK TAYOQCHASI KO`PAYAR EKAN, HAR 15 MINUTDA BO`LINIB TURADI, BITTA HUJAYRA NASLINING SONI 18 – 24 SOATDAN KEYIN 1 MM ³ DA 24 MILLIARDGA YETADI.
- MIKROORGANIZMLARDA FENOTIPIK VA GENOTIPIK O`ZGARUVCHANLIK FARQ QILINADI. BULAR HUJAYRANING IKKI ASOSIY XUSUSIYATI: GENOTIPI VA FENOTIPIGA BOG`LIQDIR. GENOTIP HUJAYRANING UMUMIY YUZAGA CHIQISHI MUMKUN BO`LGAN XUSUSIYATI BO`LSA, FENOTIP USHBU XUSUSIYATLARNING KO`ZGA KO`RINADIGAN IFODASIDIR.
MIKROORGANIZMLAR XROMOSOMASI
- HAQIQIY MIKROORGANIZMLARNING YADROSIDA XROMOSOMALAR BO`LIB, ULARDA GENLAR JOYLASHADI. MIKROORGANIZMLAR XROMOSOMASIDAGI GENLAR GALLOID TO`PLAMIDA BO`LADI. KO`P HOLLARDA MIKROORGANIZMLARNING YADROSIDAN TASHQARI MITOXONDRIYA VA SUV O`TLARINING XLOROPLASTLARIDA HAM GENLAR BO`LIB, ULAR NAZORAT QILADIGAN BELGILAR BIR TOMONLAMA, SITOPLAZMATIK USULDA AVLODDAN – AVLODGA UZATILADI. YADROSI SHAKILLANMAGAN MIKROORGANIZMLARNING XROMOSOMASI DOIRA SHAKLIDA BO`LIB, ULAR BITTA, BIR – BIRIGA BOG`LANGAN GENLAR TIZIMINI TASHKIL QILADI.
PLAZMID
- BAKTERIYA PLAZMIDLARI HUJAYRADA IKKI HOLATDA: BAKTERIYA XROMOSOMASIDAN ALOHDA VA BAKTERIYA XROMOSOMASIGA BIRIKKAN HOLDA BO`LADI. BAKTERIYA XROMOSOMASIGA BIRIKKAN PLAZMIDLAR EPISOMALAR DEYILADI. AGAR BAKTERIYA PLAZMIDI DONOR HUJAYRADAN RETSIPIYENT HUJAYRAGA BERILSA, “TRANSMISSIBEL”, BERILMASA “ TRANSMISSIBEL BO`LMAGAN” PLAZMID DEYILADI. PLAZMIDLARNING NUSXA KO`CHIRISH, BAKTERIAL XROMOSOMAGA BIRIKISH VA TURLICHA MIQDORDA BOSHQA HUJAYRALARGA UZATILISH KABI UCH FUNKSIYASI MAVJUD. BAKTERIYA FENOTIPIDA NAMOYON BO`LADIGAN BELGILAR QATORIGA: DONORLIK (F PLAZMID), OG`IR METALL TUZLARI VA ANTIBIOTIKLARGA CHIDAMLILIK ( RPLAZMID), KASALLIKNING YUZAGA CHIQISHI (ENT, VIR) VA SHU KABILAR KIRADI. BAKTERIYALARNING TURLI XIL ANTIBIOTIKLARGA CHIDAMLI BO`LISHIGA ANTIBIOTIKLARNI PARCHALOVCHI YOKI ULARNING AKTIVLIGINI KAMAYTIRUVCHI FERMENTLAR ISHLAB CHIQARISHI, ANTIBIOTIKLARNING HUJAYRAGA KIRISH QOBILIYATINING YO`QOLISHI, ULARNING BAKTERYA HUJAYRALARIDA TO`PLANMASLIGI SABABDIR. PLAZMIDLARNING SALBIY FUNKSIYALARIDAN BIRI VIRULENT BO`LMAGAN BAKTERIYALRNI VIRULENT, YANI KASALLIK TUG`DIRUVCHI BAKTERIYAGA AYLANTIRIB QO`YISHIDIR.
Do'stlaringiz bilan baham: |