Chuchuk suv muammosi
Download 22.88 Kb.
|
CHUCHUK SUV MUAMMOSI
CHUCHUK SUV MUAMMOSI REJA: Kirish Mavzuning dolzarbligi va muammoning o`rganilganlik darajasi. 1.CHuchuk suv tanqisligi muammosi. 2.CHuchuk suv tanqisligi muammosini xal qilish 3.Ichimlik suviga qo’yilgan gigiyenik talablar suvni sifatini tozalash va zararsizlantirish usullari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH Dunyoning ko’pchilik xududlarida toza ichimlik suvini yеtishmasligi hozirgi vaqtda favqulodda o’tkir muammo hisoblanadi. Ayniqsa, bu holat Rеspublikamizdagi Orol bo’yi mintaqasi uchun birinchi darajali muammolardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda mazkur mintaqada ekologik toza ichimlik suvining yеtishmasligi sababli, bu еrda yashovchi aholi o’rtasida turli xil kasalliklar, shu jumladan: organizmdagi tuz-suv balansi buzilishi sababli bo’g’inlarda tuz yig’ilishi, o’t qopi, buyrak va pеshob yo’llarida tosh paydo bo’lishi, oshqozon-ichak kasalliklari kabilar ko’payganligi qayd qilinmoqda. Mavzuning dolzarbligi va muammoning o`rganilganlik darajasi: Bugungi kunda Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston Rеspublikasidagi aholini ichimlik suvi bilan markazlashgan holda ta'minlash inshootlarida ichimlik suvi tayyorlash - uni koagulyant yordamida tindirish, kvarts qumi yordamida filtrlash va xlor bilan zararsizlantirish jarayonlari orqali amalga oshiriladi, xolos. Ichimlik suvini chuchuklashtirish amalga oshirilmasligi bois uning qattiqligi tozalangan ichimlik suvida ham yuqoriligicha qoladi. Bundan tashqari ushbu hududda yashovchi aholini taxminan uchdan bir qismi unchalik chuqur bo’lmagan, 6-10 mеtr atrofidagi skvajinalardan qo’l nasosi yordamida chiqariladigan grunt suvlarini istе'mol qilishga majburdirlar, qaysiki uning tarkibi oqava va drеnaj suvlari (suvda eruvchan minеrallar, ammiak, nitrit, nitrat, pеstitsid va hokazolar) bilan zararlangan tuproq holatiga bog’liq bo’ladi. Yuqori minеrallashgan tabiiy suvlarni ichimlik suviga qo’yiladigan talablar darajasigacha markazlashgan holda chuchuklashtirish iqtisodiy jihatdan o’ta qimmat bo’lib, katta mablag’ talab qiladi va o’z navbatida bu tartibda chuchuklashtirilgan ichimlik suvini narxi kеskin oshib kеtadi. Ayniqsa, ko’p qavatli uylarda markazlashgan holda ta'minlangan suvni aksariyat qismi boshqa maqsadlarda (kanalizatsiya, yuvinish, kir va boshqalarni yuvish) ishlatilishini hisobga olsak, ichimlik suvi maqsadida ishlatiladigan suvni kichik quvvatli uskunalarda ishlab chiqarish maqsadga muvofiqdir. Ammo, shu maqsadda mintaqa aholisini chеklangan qismi tomonidan sotib olinayotgan, xonadonlarda ishlatish uchun chеt ellarda ishlab chiqilgan turli xil kichik quvvatli (soatiga – 5 - 10 litr) maishiy suv tozalash va chuchuklashtirish uskunalarini mintaqadagi suvlarni tozalashga moslashtirilmaganligi sababli tеz ishdan chiqishi kuzatilmoqda. Bundan tashqari xonadonlarda bu uskunalarda tozalangan suv sifatini muntazam ravishda tеkshirib borish va shunga bog’liq ravishda muddatini o’tagan qismlarni (filtr) o’z vaqtida almashtirish imkoni yo’q. Ularni narxi qimmatligi, tеz ishdan chiqishi va samarasi pastligi bois mintaqa aholisi tomonidan bunday uskunalarni sotib olish kеng avj olmayapti. Shularni e`tiborga olgan holda, aholini ichimlik suvi bilan arzon va sifatli ta`minlaydigan usullarini tadbiq e`tish eng dolzarb muammolardan biridir. 2011 yildan boshlab viloyatdagi xususiy tadbirkorlar tomonidan Xitoydan sotib olib kеltirib ishga tushirilayotgan “RO – 1000 I” turidagi ichimlik suvini tozalash uskunalari aholini qadoqlanmagan va arzon ichimlik suvi bilan ta'minlash muammosini qisman еchishga yordam bеrmoqda. Bu kabi xorijiy uskunalar narxi qimmatligi va ularni sotib olishga qattiq valyuta zarurligi bois, Urganch davlat univеrsitеti olimlari va "ЕCO-SOMPANY" xususiy firmasi o’zaro innovatsion korporativ hamkorlik nеgizida mahalliy xom-ashyo matеriallari va butlovchi qismlar asosida "ЕCO - L" turidagi quvvati soatiga 500 litrdan 6000 litrgacha bo’lgan, importga nisbatan arzon ichimlik suvini tozalash uskunalari yaratildi. Chuchuk suv tanqisligi muammosi Suv tabiatning ng muhim boyligi. Usiz hayotni tasavvur qilib boʻlmaydi. Butun jahonni tashvishga solib kelayotgan ichimlik suvi aholining ortishi, ishlab chiqarish korxonalarining koʻpayishi va rivojlanishi, qoʻshimcha sugʻoriladigan yerlarni oʻzlashtirilishi, befoyda va behuda isrofgarchiliklar tufayli miqdorini kamayishi, sifatini pasayayotganligi obu hayotga boʻlgan talabni oshirmoqda. Xalq iborasi bilan aytganda, qayerda suv boʻlsa hayot oʻsha yerda, suv tugagan joyda hayot ham tugaydi. Yurtimizda aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlashni yaxshilash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinayotgan boʻlsa-da, ayrim joylardagi ichimlik suv taʼminoti past darajada ekanini koʻramiz. Bu toza ichimlik suv taʼminotida muammolar borligidan dalolat beradi. Ayni paytda aholiga oʻz vaqtida davlat standarti talablariga javob beradigan toza ichimlik suvi bilan taʼminlash bugunning dolzarb masalasidir. Ayniqsa, yurtimizning choʻl hududlarida bunga ehtiyoj yuqori. Bu muammolarni bartaraf etish uchun suv zaxiralarimizdan oqilona foydalanish, uni befoyda sarflanishiga yoʻl qoʻymaslik, ifloslantirmaslikni taqozo etadi. Hech kimga sir emas, koʻplab viloyatlarimizda aholi ichimlik suvi sifatida yer osti suvlaridan foydalanadi. Hozirgi kunda jahon miqyosida chuchuk suv ishlatish hajmining yildan-yilga ortib borishi va buning oqibatida suv tanqisligi kelib chiqayotganligi ayni haqiqat. Hatto BMT tomonidan 2003-yilning “Xalqaro toza suv yili” deb eʼlon qilgani buning yaqqol misolidir. BMTning “Atrof-muhit muhofazasi” dasturi maʼlumotiga koʻra, hozirda dunyodagi mavjud daryolarning yarmi jiddiy ifloslangan. Yer shari aholisining qariyb 40 foizi toza ichimlik suvi yetishmasligidan aziyat chekmoqda. Har yili toza ichimlik suvining tanqisligi tufayli 1,2 mln. kishi turli xil xastaliklarga duchor boʻladi, 5 mln. kishi ifloslangan va sifatsiz suvdan isteʼmol qilishga majbur. 1995-yilda “Gidro axborot markazi” tomonidan yer osti suvlarning ifloslanish darajasi boʻyicha olib borilgan monitoring va kuzatuvlar natijasida yer osti suvlarning barcha manbalar boʻyicha bashorat resurslari va zaxiralari qayta hisoblab chiqildi. Bunga koʻra, minerallashgani 1kg/gacha boʻlgan chuchuk suv zaxiralari soʻnggi 30 yil davomida 40% kamaygan. Eng koʻp kamayish respublikaning Gʻarbida, Amudaryoning quyi qismlarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuzatilgan. Bugungi kunda Oʻzbekistonda suv resurslarining ajralmas bir qismi boʻlgan yer osti suvlaridan asosan aholi ehtiyoji uchun foydalanilmoqda. Ishlab chiqarishning jadal surʼatlarda rivojlanishi, baʼzi bir mintaqalarda suv muhofazasi bilan bogʻliq tadbirlarning amalga oshirilmayotganligi va suv zaxiralarining ifloslanishi haqida ogohlantirishning mavjud emasligi, yer osti suvlari sifatining yomonlashuviga olib kelmoqda. Nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda ichimlik suvi muammosi bor. Garchi, yer yuzasining katta qismi suvlikdan iborat boʻlsa ham chuchuk suv zaxiralari ikki foizni tashkil etadi. Buning hammasi ham isteʼmolga yaroqli emas. Baʼzi bir mamlakatlarda chuchuk suv zaxiralari yetarli boʻlmaganligi yoki umuman yoʻqligi sababli qanchadan-qancha kishilar mashaqqat chekmoqda. Respublikamizda ham shunday suv zaxiralariga ega boʻlmagan joylar topiladi. Shu munosabat bilan yer osti suv resurslarini oʻrganish usullarini yanada takomillashtirish, milliy va xalqaro miqyosda yer osti suvlarini kompleks boshqarish salohiyatini oshirish, yer osti suvlaridan foydalanish borasida ilm-fan va amaliyotning hamkorligini taʼminlash va rivojlantirishga qaratilgan muhim masalalar oʻz yechimini kutib yotibdi. Dunyoning koʻplab davlatlari singari mamlakatimizda ham lalmikor va choʻl hududlarida yer osti suvlari yagona chuchuk suv manbai ekanini hisobga olgan holda, u iqtisodiy va ekologik tizimning barqarorligini taʼminlashda eng asosiy omillardan biri ekanini unutmaylik.Mutaxassislarning ta'kidlashicha, agar chuchuk suvga ega bo'lgan barcha suv omborlari sayyorada teng ravishda bo'linib ketgan bo'lsa, unda barcha odamlar uchun ichimlik suvi etarli bo'ladi. Biroq, bu suv omborlari notekis taqsimlangan va dunyoda ichimlik suvi tanqisligi kabi global muammo mavjud. Avstraliya va Osiyoda (Sharqiy, O'rta, Shimoliy), Meksikaning shimoli-sharqida, Chilida, Argentinada va deyarli butun Afrikada ichimlik suvi ta'minoti bilan bog'liq muammolar mavjud. Umuman olganda, dunyoning 80 mamlakatida suv tanqisligi sezilmoqda. Toza suvning asosiy iste'molchisi qishloq xo'jaligi bo'lib, kommunal foydalanishda ozgina ulushga ega. Har yili toza suvga talab oshib boradi va uning miqdori kamayadi. Uning davom ettirishga vaqti yo'q. Suv tanqisligi natijasi: •ekinlar hosildorligining pasayishi; •odam kasalliklari bilan kasallanishning ko'payishi; •qurg'oqchil mintaqalarda yashovchi odamlarning suvsizlanishi; •ichimlik suvi etishmasligidan odamlar o'limining ko'payishi. Ma'lumki, yеr sharidagi mavjud suv zahirasini faqat bir foizigina ichimlik suvi sifatida istе'mol qilish uchun yaroqli hisoblanadi. Sanoat oqava suvlarning suv havzalariga tashlanishi va boshqa sabablar natijasida, yil sayin atrof-muhitni, shu jumladan, tabiiy еr usti va еr osti suv manbalarini ifloslanish darajasi ortib bormoqda. Dunyoda aholi sonini yil sayin ortishi, toza ichimlik suvi zahiralarini esa kamayib borayotganligi, ichimlik suvini kеrakli darajada tozalab istе'mol qilish zaruriyatini kеltirib chiqarmoqda. Yuqorida ta'kidlab o’tilganidеk, bu muammo Orol bo’yi mintaqasi aholisi uchun ham dolzarb hisoblanadi. Orol bo’yi mintaqasidagi tabiiy suvlarni tozalash natijasida ekologik toza ichimlik suvi olishga mo’ljallangan, mahalliy xom-ashyo va butlovchi qismlar asosida import o’rnini bosuvchi "EKO - L" turkumidagi uskunalarning sinov variantlarini yaratishdan iboratdir. Chеt davlatlardan valyutaga sotib olib kеltirilayotgan qimatbaho suv tozalash uskunalarini, bizning mintaqamizdagi suvlarni tozalashga moslanmaganligi bois, bunday kamchiliklarni yangidan yaratiladigan "EKO - L" turidagi suv tozalash uskunalarida bartaraf qilish bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Mazkur turkumdagi uskunalarni yasashda 50% atrofida mahalliy xom - ashyo va butlovchi qismlardan foydalaniladi. "EKO - L" turkumidagi uskunalarni mahalliy sharoitda ishlab chiqarish natijasida Orol bo’yi mintaqasining aholisini arzon va ekologik toza ichimlik suvi bilan ta'minlash muammosini еchish imkoniyati tug’iladi hamda Rеspublikamiz turli sanoat tarmoqlarini bunday uskunalarga bo’lgan talabi ham qondiriladi. Agar bunga sanoat tarmoqlari ehtiyoji ham qo’shib hisoblansa, o’rtacha 1000 ta shunday uskuna ishlab chiqarish zarur bo’ladi. Yuqoridagi quvatdagi har bir uskunani ishlab chiqarishda, taxminan 3000 AQSh dollari tеjalishi evaziga, yiliga 100 ta uskuna ishlab chiqarishda taxminan 300 ming AQSh dollarini iqtisod qilishga erishish mumkin bo’ladi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi Urganch davlat univеrsitеti olimlari va "ЕCO-SOMPANY" xususiy firmasi o’zaro innovatsion korporativ hamkorlik nеgizida «Mahalliy xom-ashyo va butlovchi qismlar asosida import o’rnini bosuvchi ichimlik suvini tozalash uskunalarini yaratish» mavzusidagi loyixa asosida bajarildi. Orol bo’yi mintaqasidagi tabiiy suvlarni tozalash natijasida ekologik toza ichimlik suvi olishga mo’ljallangan, mahalliy xom-ashyo va butlovchi qismlar asosida import o’rnini bosuvchi "EKO - L" turkumidagi uskunalarning sinov variantlarini yaratishdan iborat. Olimlarning taxmin qilishicha, 30 yil ichida ichishga yaroqli suv miqdori ikki baravar kamayadi. Sayyoradagi barcha zaxiralardan ¾ toza suv qattiq holatda - muzliklarda va faqat only - suv havzalarida mavjud. Dunyo bo'ylab ichimlik suvi ta'minoti chuchuk suvli ko'llarda mavjud. Ko'llardan tashqari, ba'zi daryolar ham ichimlik, ammo ozgina miqdorda. Chuchuk suvni saqlash uchun sun'iy dengizlar va suv omborlari yaratilmoqda. Braziliya, Rossiya, AQSh, Kanada, Xitoy, Kolumbiya, Indoneziya, Peru va boshqalar dunyodagi eng katta suv zaxiralariga ega. Chuchuk suv tanqisligi muammosini hal qilish Ichimlik suvi tanqisligi muammosini hal qilishning birinchi usuli er yuzidagi hamma qila oladigan suvni tejashdir. Buning uchun uni iste'mol qilish hajmini kamaytirish, oqishlarning oldini olish, kranlarni o'z vaqtida burish, ifloslantirmaslik va suv resurslaridan oqilona foydalanish zarur. Ikkinchi yo'l - toza suv havzalarini shakllantirish. Mutaxassislar suvni tozalash va qayta ishlash texnologiyalarini takomillashtirishni tavsiya qiladilar, bu esa uni tejashga yordam beradi. Shuningdek, sho'r suvni toza suvga aylantirish mumkin, bu suv tanqisligi muammosini hal qilishning eng istiqbolli usuli hisoblanadi. Bundan tashqari, qishloq xo'jaligida suv iste'mol qilish usullarini o'zgartirish kerak, masalan, tomchilatib sug'orishni qo'llang. Resurslar miqdorini ko'paytirish uchun gidrosferaning boshqa manbalaridan foydalanish kerak - muzliklardan foydalanish va chuqur quduqlarni yaratish. Agar biz doimo texnologiyalarni rivojlantirish ustida ishlasak, yaqin kelajakda toza suv tanqisligi muammosini hal qilish mumkin bo'ladi. Quyilgan maqsadga quyidagi vazifalarni yеchish orqali erishildi: - Ichimlik suvini tozalashni ilg’or usullari va zamonaviy tеxnologiyalariga oid jahon adabiyotlari tahlili olib borish; - Mintaqadagi tabiiy suv rеsurslarining kimyoviy, baktеriologik va boshqa tarkiblari to’g’risidagi mavjud ma'lumotlar yig’iladi va shuningdеk, qo’shimcha ravishda ularni tarkibi laboratoriya tahlillari asosida aniqlash; - Mintaqa tabiiy suvlari tarkibini etiborga olgan holda ularni zararli qo’shimchalardan tozalashni "EKO - L" turkumidagi ichimlik suvi tozalash uskunalarida o’rganish. Mintaqa tabiiy yer osti suvlari; "EKO - L" turkumidagi ichimlik suvini tozalash uskunasi. Qisman mahalliy butlovchi qismlar va xom-ashyo asosida yaratilgan quvvati soatiga 500 litr bo’lgan, suv tozalash uskunasi dastlabki laboratoriya sinovlari mazkur uskuna yordamida tozalangan suv "Ichimlik suvi" O’z DSt 950 - 2000 talablari asosida sifat ko`rsatkichlari aniqlandi. Ichimlik suviga qo’yilgan gigiyenik talablar suvni sifatini tozalash va zararsizlantirish usullari Suvning gigiyenik va epidemiologik ahamiyati Gigiyenik nuqtai nazaridan toza suv – hayot manbayi, salomatlik hisoblanadi. Suv inson hayoti, hayvonot va o‘simlik dunyosi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tashqi muhit omillaridan biridir. Odam gavdasi vaznining 65 – 75% suvdan iborat. Suv organizmga zarur mikroelementlarni (yod, ftor, kobalt va boshqalar) olib kirishda, ovqat mahsulotlarini to‘qimalarga tarqatishda, teri va nafas yo‘llaridan bug‘ holatida chiqishi bilan tana haroratini muvozanatda saqlashda va organizmda suv-tuz muvozanatini saqlab turishda ishtirok etadi. Shunday qilib, organizmda kuzatiladigan barcha biokimyoviy reaktsiyalar suvli eritmalarda ro‘y beradi. Suv ichishni to‘g‘ri tashkil etishda sutkalik ovqat tarkibida qancha suyuqlik borligini nazarda tutmoq zarur. Masalan: sutda 87%, yangi sabzavot va mevalarda 96%, kartoshka va go‘shtda 75%, nonda 47% gacha suv bo‘ladi. Suvni yoki chanqoqni qondiruvchi ichimliklarni haddan tashqari ko‘p ichish zararli, chunki bunday holat yurak ishini, ajratish a’zolarining faoliyatini oshirishga olib keladi. Bunda organizmning teri sathida ko‘p miqdorda suyuqlik ajraladi, bu bilan bir qatorda, ter bilan organizmdan suvda eriydigan vitaminlar, osh tuzi va mineral tuzlar chiqib ketadi. Suvni tozalash va zararsizlantirish usullari. Suv manbalarining gigiyenik ta’rifi va ulardan foydalanishning asosiy sanitariya qoidalari Suv manbalari yog‘in suvlari, er osti va ochiq suv havzalariga bo‘linadi. Yog‘in suvlaridan xo‘jalik ehtiyojlari hamda ichish uchun faqat o‘ziga suv manbalari bo‘lmagan joylarda foydalaniladi. Yog‘in suvlari har xil tuzlar kamligi tufayli juda yumshoq bo‘ladi. Atmosfera havosi toza joylarda yog‘in suvlari tarkibida organik moddalar, patogen mikroblar kam uchraydi. Lekin sanoat rivojlangan shaharlarda yog‘in suv tarkibida ko‘p miqdorda har xil kimyoviy birikmalar, organik moddalar, radioaktiv elementlar va hokazolar bo‘lishi mumkin. Er osti suvlari. Qor-yomg‘ir suvlari qisman qayta havoga ko‘tariladi, bir qismi ochiq suv havzalariga qo‘shilsa, yana bir qismi g‘ovak yerlar orqali asta-sekin sizilib yerga shimiladi. Suv o‘tkazmaydigan jismlar (loy, granit, yaxlit-yaxlit ohaktoshlar) ning birinchi qatlami ustida to‘plangan suv, yer osti suvlarining birinchi qatlamini hosil qiladi, ana shu suv yer osti suvi deb ataladi. Mahalliy sharoitlarga qarab yer osti suvlari 1-2 m dan to bir necha o‘n metrgacha qalinlikda bo‘ladi. Suv o‘tkazmaydigan qatlam qiyaligi bo‘ylab yer osti suvlari balanddan pastga oqadi, tabiiy suzilish jarayonida muallaq zarrachalar va mikroblardan tozalanib, mineral tuzlar bilan boyiydi. Yer osti suvlari tiniq, sal-pal rangli, ular qancha chuqur joylashsa, ularda erigan tuzlar miqdori shuncha oshib boradi. Mayda donali jinslar bilan qoplangan yerlarda 5-6 m chuqurlikdagi yer osti suvlarida deyarli mikroblar bo‘lmaydi. Tuproq axlat va chiqindilar bilan ifloslangan joylarda yer osti suvlarining kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblar bilan zararlanish xavfi tug‘iladi. Tuproq qancha chuqur ifloslansa va yer osti suvlari qancha yuzada bo‘lsa bu xavf shuncha ko‘p bo‘ladi. Chuqur artezian quduqlari suvi eng xavfsiz va o‘ta foydali suv hisoblanadi. Ba’zan uni sizot suvi bilan adashtirishadi. Bu ikki xil suv quyidagi jihatlari bilan farqlanadi: *Sizot suvlari ko‘pi bilan 5-50 m chuqurlikda uchraydi, artezian suvlari esa 100-300 m chuqurlikda yotadi *Sizot suvlari ifloslangan va ko‘pincha sho‘r, artezian suvlari esa sof va chuchuk bo‘ladi *Artezian suvlari yer sathida ro‘y beradigan suv almashinuvida ishtirok etmaydi *Sizot suvlarining sifat tarkibi barcha cho‘kmalar, ekologiya, iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Artezian suvi tarkibi yer qobig‘ining unga yaqin joylashgan qatlamlari tarkibiga, shuningdek, havza vujudga kelgan vaqtga bog‘liq bo‘ladi, xolos KIMYOVIY TARKIBI Oddiy sizot suvlari kimyoviy tarkibiga odatda ularning shakllanish sharoitlari ta’sir ko‘rsatadi, bundan tashqari, suvga yaqin turgan ruda ham suvning tarkibiga o‘zgartish kiritadi. Masalan, suv temir rudasi yonidan oqib o‘tadigan bo‘lsa, u temir birikmalari bilan to‘yinadi. Shuningdek, suv tarkibida zararli va ancha xavfli birikmalar ham hosil bo‘ladi. Ya’ni bunday suv dastlabki tozalashsiz iste’molga yaroqsiz hisoblanadi va ichish mumkin emas, uni barcha aralashma va xavfli moddalardan albatta tozalash lozim bo‘ladi. Artezian suvi zarur kalsiy, foydali magniy, shuningdek, temir va ftor bilan to‘yingan bo‘ladi. Bunday suv betakror muvozanatlangan tarkibi va ajoyib ta’mi bilan ajralib turadi. Suv tarkibining foydalilik va yumshoqlik kabi zarur ko‘rsatkichlarini umumlashtirib bo‘lmaydi. Qaynatilgandan so‘ng suvda oddiy qattiq suvda hosil bo‘lgani kabi cho‘kma kuzatilishi mumkin. Artezian suvining tuzliligi standart ko‘rsatkichlardan oshmaydi: •Temir moddasi 0,3 mg/l dan kam •Qattiqlik darajasi 7 ga teng yoki undan past •0,7-1,5 mg/l ftor •20-50 mg/l magniy •30-140 mg/l kalsiy •Aralashmalar odatda mavjud bo‘lmaydi yoki ular me’yor darajasidan oshmaydi Ta’kidlash joizki, artezian suvlari tarkibi har qanday ob-havo sharoitida ham muvozanatlangan va barqarorligicha qoladi, mazkur suvning bunday xususiyati uning ideal ichimlik ekanidan dalolat beradi. FOYDALI JIHATLARI Bundan tashqari, artezian foydali suvining tarkibi muvozanatlangan, bunday suv boshqa sifatlari bilan ham afzallikka ega. Unda bakteriyalar, har xil mikroorganizmlar va zararli viruslar uchramaydi. Shu bois har qanday yuqumli kasalliklar yuqishi xavfi butkul istisno etiladi. Biroq olingan suvda aralashmalar mavjudligi sababli bunday suvni birdaniga ichib bo‘lmaydi. Odatda bu suv oddiy va tez amalga oshiriladigan tozalash bosqichidan o‘tadi va shundan so‘ng oddiy vodoprovod suviga qaraganda ancha toza va foydali suvga aylanadi, shuningdek, barcha standartlar va ko‘rsatkichlar bo‘yicha vodoprovod suvidan ustun turadi. Tozalash bosqichidan so‘ng bu suvni barcha yoshdagi kishilar iste’mol qilishlari mumkin va uni hayvonlarga ham bersa bo‘ladi. Suvda minerallar va kimyoviy foydali moddalar mavjudligi tananing umumiy to‘g‘ri rivojlanishida hamda suyaklar shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi. Agar suvning bu turi boshqa suv bilan solishtirilsa, mazkur suv aralashmalarning kam miqdori bilan afzal tarzda ajralib turadi. Ularning kichik miqdorda konsentratsiyalashuvi tirik organizmga zarar ko‘rsatmaydi. Artezian suvining yana bir foydali jihati – uning ajoyib ta’mi. Organik moddalar va iflosliklar havzaga yaqin yo‘lamaydi, shu bois uning ta’mini buza olmaydi. Tozalangan suvning tuzliligi yuqori standartlar doirasida bo‘ladi. Yuqori bo‘lmagan yo‘l qo‘yiladigan minerallashuvga ega suv ajoyib ta’m xususiyatlarini o‘zida mujassam etadi va foydalidir. Bunday suvda aralashmalar va bakteriyalar bor-yo‘qligini tekshirishga hojat qolmaydi. Artezian havzalari – sof foydali chuchuk suv zaxiralari bo‘lib, ularning tarkibi salbiy ekologik holatga bog‘liq emas, turli xil kimyoviy o‘g‘itlar qo‘llanilganda, sanoat korxonalari faoliyati zararli ta’siri ostida o‘zgarishlarga uchramaydi. Chuqur artezian quduqlaridan olinadigan suvning foydaliligi qayta-qayta isbotlangan. Agar bunday suvni olib bo‘lgach u obdan tozalansa, yuqori ta’m va foydalilik xususiyatlariga ega ideal ichimlik hosil bo‘ladi. Shuni yoddan chiqarmaslik muhimki, artezian suvida mikroblar rivojlana olmaydi va shu bois bunday suv inson hayotiy faoliyati hamda sayyoramizning butun tirik dunyosi uchun ideal hisoblanadi Download 22.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling