Chuchuk suv muammosi


O‘zbekiston uchun suv resurslarining ahamiyati qay darajada?


Download 81.88 Kb.
bet3/4
Sana14.01.2023
Hajmi81.88 Kb.
#1093043
1   2   3   4
Bog'liq
Toza ichimlik suv muammosi

O‘zbekiston uchun suv resurslarining ahamiyati qay darajada?
O‘zbekiston uchun vaziyatni ikki holat og‘irlashtiradi. Birinchidan, O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlardan keladigan suv ta'minotiga bog‘liqligi yuqori darajada (iste'mol qilinadigan suvning 80 foizi tashqaridan keladi). Shuning uchun ham suv tanqisligi muammosini ushbu davlatlar bilan kelishmasdan hal etib bo‘lmaydi. Ikkinchidan, O‘zbekistonda ichimlik suvi juda samarasiz sarf qilinadi, ayniqsa, mamlakatdagi suv resurslarining 90 foizini iste'mol qiluvchi qishloq xo‘jaligida. Suv iste'molchilarga yetkazish vaqtida (o‘ta eskirgan va chirigan infratuzilma sababli sug‘orish tizimlaridagi yo‘qotishlar 35-40 foizni tashkil qiladi) va iste'mol jarayonida ham (sug‘oriladigan yerlarning faqat 3 foizida suv tejovchi texnologiyalar tatbiq etilgan) yo‘qotiladi.
Iqtisodiy taraqqiyot markazi direktori Yuliy Yusupovning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda ham iqlim o‘zgarishi mintaqadagi asosiy daryolarga suv yetkazib beruvchi tog‘dagi muzliklar erishiga olib kelmoqda. So‘nggi 50-60 yilda muzliklarning maydonlari taxminan 30 foizga qisqargan. Taxminlarga ko‘ra, o‘rtacha yillik harorat 2 darajaga ko‘tarilgan taqdirda muzliklar o‘z hajmining 50 foizini yo‘qotishi mumkin, harorat 4 darajaga ko‘tarilgan taqdirda esa – bu hajm 78 foizgacha yetadi. Natijada mavjud suv resurslari hajmi ham qisqarmoqda. Masalan, O‘zbekiston tomonidan foydalaniladigan suvning yillik hajmi so‘nggi yillarda o‘rtacha yillik 51-53 kub metrni tashkil qiladi, bu esa o‘tgan asrning 80-yillariga qiyoslaganda 20 foizga kamdir. Shu bilan birga, mamlakat aholisi ushbu muddat ichida 1,5-2 baravar o‘sgan.
Germaniya yer tadqiqotlari markazi tadqiqotchisi Abror G‘ofurov Kun.uz muxbiriga bergan intervyusida Markaziy Osiyodagi suv muammolari va uning yechimlari haqida fikrlarini bildirgan.
«Iqlim o‘zgarishining tog‘ muzliklariga ta'siri yuqori, negaki, muzliklarning o‘z massa balansi bo‘ladi. Ma'lumki, yozning issiq kunlarida tog‘dagi muzlarning qaysidir qismi eriydi, qish kelganda esa ustiga qor tushishi bilan yana to‘planadi. Agar muz ikki metr erisa-yu, yana shuncha to‘plansa, bu me'yoriy holat. Ammo iqlim isishi oqibatida muzning erishi to‘planishiga qaraganda ko‘proqni tashkil qilmoqda va muzliklar o‘z massasini yo‘qotmoqda. Muzga 6-7 metr uzunlikdagi maxsus belgi qo‘yiladi. Keyingi yil kelganimizda muzlik shu belgidan 3 metrga pastlagan bo‘ladi. Bu degani muzlik uch metrga erigan va shunga mos miqdorda massasini yo‘qotgan. Afsuski, balansi plyus bo‘lgan muzlik hali kuzatilmadi. Bu o‘z o‘rnida tog‘larimizdagi muzliklarimiz davomiy ravishda erib borayotganidan dalolatdir», - deb ta'kidlagan Abror G‘ofurov. 
Suv xo‘jaligi vazirligi mutasaddilarining ma'lumotiga ko‘ra, gidrometeorologik vaziyat tahlili va dastlabki baholash natijalari 2021 yilda Amudaryo va Sirdaryo havzalarining aksariyat daryolarida suv sarfi me'yorga nisbatan sezilarli kamayishini ko‘rsatmoqda.

Download 81.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling