Chuchuk suv muammosi
Dunyoda muqobili bo‘lmagan yagona resurs. Markaziy Osiyodagi suv taqchilligi muammosi
Download 81.88 Kb.
|
Toza ichimlik suv muammosi
Dunyoda muqobili bo‘lmagan yagona resurs. Markaziy Osiyodagi suv taqchilligi muammosi
Markaziy Osiyoda suvning 80 foizidan ortig‘i qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun ishlatiladi. Toza suv bilan bog‘liq murakkab holat mintaqada oziq-ovqat tanqisligiga olib kelishi mumkin.Foto: asiaplustj.info Markaziy Osiyo suv xavfsizligi energiya, oziq-ovqat va atrof-muhit bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan dunyodagi kam sonli mintaqalardan biridir. Daryolarning ulkan tarmog‘i butun mintaqani kesib o‘tuvchi ikkita asosiy suv havzalari - Amudaryo va Sirdaryoga quyiladi. Sovetlar davrida yuqori suv oqimiga boy mamlakatlar bahor va yoz oylarida quyi oqimdagi mamlakatlarni sug‘orish uchun suv bilan ta'minlagan. Buning evaziga ularga qish oylarida isitish va elektr energiyasi uchun ko‘mir, neft va gaz yetkazib berilgan. 1960-yillarning boshlarida butun mintaqada qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ishlari olib boriladi, bu esa intensiv sug‘orish tizimlariga olib keldi. Sug‘oriladigan dehqonchilik suvga juda talabchan paxtaning ehtiyojlarini qoplash uchun ustuvor ahamiyat kasb etadi. Markaziy Osiyoda suv xavfsizligi tushunchasi mintaqani yuqori oqim (Qirg‘iziston, Tojikiston) va quyi oqim (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston) o‘rtasida taqsimlaydigan transchegaraviy daryolarning keng tarmog‘ini boshqarishga intilib rivojlanib keldi. Ob-havo o‘zgarishi bilan Markaziy Osiyoda suv resurslarini boshqarish va xavfsizligini ta'minlash masalalari muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. BMTning Butunjahon suv resurslari kuni munosabati bilan e'lon qilgan hisobotiga ko‘ra, bugungi kunda sayyoramizdagi 2 milliard aholi toza ichimlik suvidan bevosita foydalanish imkoniga ega emas. Mutaxassislarning tahlillariga ko‘ra, jahonda 2000 yildan 2050 yilgacha bo‘lgan davrda suvga bo‘lgan global talab 55 foizga o‘sadi. Shuningdek, hisobotda 2017 yilda Markaziy Osiyodagi preventiv diplomatiya bo‘yicha BMT mintaqaviy markazi va Adelfi universiteti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot haqida ham so‘z yuritilgan. Uning asosiy maqsadi suv resurslarini boshqarish sohasidagi keng ko‘lamli hamkorlikning iqtisodiy foydasini baholashga qaratilgan edi. Ma'lum bo‘lishicha, agar mintaqa davlatlari hamkorlik yo‘lini tanlasa, ular yiliga kamida 4,5 milliard dollar tejashi mumkin. Butunjahon suv resurslari kuni munosabati bilan ShHT bosh kotibi Vladimir Norov «ShHTga a'zo davlatlar suv resurslari taqchilligi bilan bog‘liq tahdidlarning jiddiyligini yaxshi anglaydi» nomli maqolasini e'lon qildi. «Suv resurslarini muhofaza qilish masalalari ShHTga a'zo davlatlar uchun juda dolzarbdir. Tashkilotning ulkan hududida qariyb 6 million daryo va ko‘l mavjud, «suv minoralari» hisoblangan tog‘ tizmalari maydoni taxminan 12,5 million kvadrat kilometrni tashkil etadi, suv resurslarining umumiy hajmi deyarli 10 million kub kilometrga teng. Tabiat jarayonlarida muhim rol o‘ynaydigan, chuchuk suv manbayi bo‘lib xizmat qiladigan ko‘plab muzliklar mavjud. Shu bilan birga, mutaxassislar ta'kidlashicha, 21 asrning oxiriga kelib, insoniyat Himolay muzliklarining uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ini yo‘qotishi mumkin. Xuddi shunday vaziyat Pomir muzliklarida ham yuzaga kelmoqda – Fedchenko nomi bilan yuritiladigan uzunligi 75 kilometrdan oshadigan dunyodagi eng yirik kontinental muzlikning erish jarayoni kuzatilmoqda va bu bugungi kunning eng katta xavflaridan biriga aylangan. Global isish oqibatida Tyanshandagi muzliklarning erishi tezlashmoqda», deb ta'kidlaydi Vladimir Norov. ShHT bosh kotibi suvning 80 foizi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun foydalanilishi hisobga olinsa, toza suv bilan bog‘liq murakkab holat oziq-ovqat tanqisligiga olib kelishi mumkinligiga urg‘u bergan. Mintaqadagi muzliklarning eng katta qismi Tojikiston hududiga to‘g‘ri keldi. BMT Bosh assambleyasining Barqaror rivojlanishning oltinchi maqsadiga bag‘ishlangan onlayn-yig‘ilishida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon mamlakatdagi muzliklarning erishi Markaziy Osiyo uchun katta xavf tug‘dirishini ta'kidladi. «Muzning suv yuzasida ham, quruqlikda ham tez orada erishi yaqin kelajakda halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu jarayonning yorqin misoli Tojikistonda muzliklarning tez erishi bo‘lib, Markaziy Osiyo suv resurslarining 60 foizigacha bo‘lgan qismini tashkil etadi», dedi Tojikiston rahbari. Uning ta'kidlashicha, bugungi kunda Tojikistonda minglab kichik va o‘rta muzliklar butunlay erib ketgan. Bu vaziyat nafaqat respublika ichida, balki mintaqaning boshqa davlatlariga ham salbiy ta'sir qiladi. Tojikiston Fanlar akademiyasi energetika va ekologiya institutining suv masalalari bo‘yicha katta ilmiy xodimi Huseyn Abrorov mintaqada qishloq xo‘jaligida suv isrofgarchiligi yuqori ekaniga e'tibor qaratadi. «Suvdan foydalanish masalasining salbiy bir tomoni shundan iboratki, xususan, bizning qishloq xo‘jaligimizda isrofgarchilik, jahonda muqarrar qilingan o‘rtacha suv xarajatlari hajmidan bir necha barobar balandda turadi. Masalan, bizda bir gektar yerga ishlov berishda 12-14 ming kub metr suv sarflanadi. Ammo, aytaylik, Isroilda gektariga atigi 5 ming kub metr suv ishlatishadi-yu, oladigan paxta hosili 50 sentnerga yetadi. Bizda esa o‘rtacha hosildorlik atigi 22 sentner atrofida qolyapti. Suvdan oqilona foydalanish madaniyatini o‘rganishimiz kerak», - deb ta'kidlagan u. Download 81.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling