Chumoli Biologik klassifikatsiya


Download 45.73 Kb.
bet2/2
Sana30.10.2021
Hajmi45.73 Kb.
#169659
1   2
Bog'liq
Chumolilar

Biologik klassifikatsiya




Olam:

Hayvonot

Tip:

Boʻgʻimoyoqlilar

Sinf:

Hasharotlar

Turkum:

Pardaqanotlilar

Kenja turkum:

Apocrita

Katta oila:

Vespoidea

Oila:

Formicidae
Latreille, 1809






Chumolilar (lot. Formicidae) pardaqanotlilar turkumiga kiruvchi hasharotlar oilasidir. Eng koʻp tarqalgan hasharotlardan hisoblanishadi. Yaxshi uyushgan jamoa boʻlib yashashadi. Jamoada milliongacha chumoli boʻlishi mumkin. Ishchi, navkar, erkak va ona chumolilar ajratiladi. Ona chumolining qorin qismi juda katta boʻlib uyasidan chiqmaydi.U tuxum qoʻyib nasl qoldirish vazifasini bajaradi. Ona chumolini ishchi chumolilar parvarish qilib boqadi. Navkar chumolilar uyani dushmandan himoya qiladi. Ular uyaga kiradigan teshikni boshlari bilan yopib oladi. Uyaga kiradigan ishchi chumolilar moʻylovlarini navkarlar boshiga tekkazadilar. Shundan keyinga navkar chumolilar ularga uyaga kirish uchun ruxsat beradilar.Ishchi chumolilar oziq yigʻish, qurtlarni parvarish qilish va koʻchirib yurish, uyani toza saqlash vazifasini bajaradi. Shuningdek, ular jigʻildonida chala hazm boʻlgan oziq bilan qurtlari, navkarlari, lichinkalari va ona chumolini oziqlantiradi.Chumolilar tuproqqa, toshlar ostiga va chiriyotgan toʻnkalarning ichiga juda koʻp xona va yoʻlaklardan iborat uya quradi. Sariq oʻrmon chumolisi uyasining yuqori qismi gumbazga oʻxshaydi. Uning balandligi 2 metrgacha yetadi. Qishda chumolilar uyasining yer ostki qismida gʻuj boʻlib qishlaydi. Bahorda qanotli yosh ona erkaka chumolilar uyasidan uchib chiqadi. Erkaka chumoli urgʻochisini urugʻlantirgach halok boʻladi. Yosh ona chumoli esa qanotlarini tashlab oʻziga kichikroq uya qurib oladi.Chumolilarning juda koʻpchiligi foydali hisoblanadi. Sariq oʻrmon chumolilari daraxtlarga ziyon yetkazuvchi har xil hasharotlarni qiradi. Bitta chumoli oilasi 0,25 dan 1 gektargacha oʻrmonni zararkunandalardan himoya qiladi. Oʻrta Osiyo choʻllarida yirtqich chopqir ot chumoli va oʻroqchi chumoli keng tarqalgan. Ular har xil oʻsimliklarning urugʻi va doni bilan oziqlanib, birmuncha ziyon yetkazadi. Xonadonlarda uchraydigan sariq fir'avn chumoli shirinlik va yogʻlik oziq-ovqat mahsulotlariga juda oʻch boʻladi Qora bogʻ chumolisi shaftoli, olma, oʻrik va boshqa oʻsimliklarga zarar keltiradigan shira bitlari ajratadigan shirani yalab oziqlanadi. Ular shira bitlarini qoʻriqlash bilan ancha ziyon yetkazadi. Chumolilar nashtarli hasharotlardir (lekin nashtarlari juda kalta, sut emizuvchi terisidan oʻta olmaydi shuning hisobiga ular chaqa olmaydi.).

CHUMOLILAR (Formicidae) — pardaqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. 1 va 2qorin boʻgʻimlari ingichkalashib, koʻkrak bilan qoʻshiladigan poyachani hosil qiladi. Boshi katta, jagʻlari kuchli rivojlangan (kemiruvchi ogʻiz organlari). Ch. jamoa (oila) boʻlib yashaydi. Ch. oilasi bir necha ming , hatto millionlab individlardan tarkib topgan. Oilada koʻp minglab ishchi Ch., qanotli oʻnlab erkaklari va bir necha ona chumoli boʻladi. Erkak Ch. faqat koʻpayish davrida paydo boʻlib, urugʻlanishdan soʻng oʻlib ketadi. Ishchi Ch. jinsiy organlari rivojlanmagan urgʻochilardan iborat. Ona Ch. urchish davrida paydo boʻladi; urchishdan soʻng qanotini tashlab, tuxum qoʻya boshlaydi, 20 yilgacha yashaydi. Ishchi Ch. oilani oziq bilan taʼminlaydi, uyani qoʻriqlaydi (navkarlar) yoki suyuq zaxira oziqni saklaydigan asalli bochkachalar hosil qiladi va boshqa vazifalarni bajaradi.



CH. polimorfizmining boshqarilishi urgʻochilarining har xil kattalikda tuxumlar qoʻyishi, lichinkalarining rivojlanishiga taʼsir koʻrsatishi, lichinkalarni oziqlantiruvchi boshchi Ch.ning fiziologik holati yoki xattiharakati va boshqa omillar bilan bogʻliq. Ch.ning yaxlit oila sifatida hayot kechirishida oiladagi individlar orasida oziq moddalar va sekretsiya bezlari suyuqligi bilan almashinib turishi (trofallaks), tuxum qoʻyuvchi urgʻochisi bilan ishchi Ch. oʻrtasida kimyoviy sezgi orqali bogʻlanish borligi katta ahamiyatga ega. Oila hayotini boshqarishda, ayniqsa, feromonlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ayrim oilalarning oʻzlari oziqlanadigan joylari boʻladi. Bir qancha Ch. turlari bir necha oilani birlashtiruvchi koloniyalar hosil qiladi; oilalar oʻzaro individlar va oziq moddalar almashinib turishadi; birgalikda oʻzlariga tegishli hududni qoʻriqlashadi. Ch. tuproqda, toshlar ostida, chiriyotgan daraxtlar tanasiga (yogʻochxoʻr Ch.) uya quradi. Baʼzan tomi yer yuzasiga konus shaklida chiqib turadigan qilib, quruq shoxlardan uyayasaydi. Ch. tuproqdajuda murakkab, koʻp kamerali in quradi. Sariq oʻrmon Ch.ining ini yer osti labirint va yer usti gumbazdan iborat. Inning yer osti qismida 1–3 m chuqurlikkacha boradigan murakkab tarmoqdangan yoʻlaklar boʻladi; bu yerda ular qishlaydi. Inning yer usti qismida esa qurtlari rivojlanadi. Bir qancha tropik Ch. barglarni tikib uya yasaydi. Tropik mintaqalarda tarqalgan daydi Ch. uyasi boʻlmaydi. Ch. turli xil hasharotlar, oʻsimliklar urugʻi, shuningdek, gul nektari, oʻsimlik shiralari va koksidlar ajratadigan shira bilan oziqlanadi. Koʻpchilik turlari oʻz uyasida oziq boʻladigan hasharotlar va zamburugʻlarni koʻpaytiradi. Ayrim Ch.ning oʻz ishchilari boʻlmaydi. Ular boshka oilaga mansub turdan ishchi Ch.ni oʻgʻirlab olib kelishadi. Bir qancha turlari (mac, sariq oʻrmon chumolisi) zararkunanda hasharotlarni qirib, katta foyda keltiradi.

Oʻrta Osiyo faunasida Ch.ning 100 ga yaqin turi uchraydi. Choʻl zonasida tarqalgan faeton chumoli mayda zararkunanda hasharotlar, yovvoyi oʻsimliklar doni, nektar bilan, choʻl va dashtlarda tarqalgan qir chumoli oʻsimliklar doni bilan oziklanadi; Bogʻ qora chumolisi shira bitlari ajratadigan shirin suyuqlikni yalaydi; ularni boshqa yirtqich hasharotlardan himoya qilishi bilan qishloq xoʻjaligiga ziyon keltiradi. Xonadonlarda koʻp uchraydigan sariq firʼavn chumolisi shirinlik va yogʻli oziq-ovqat mahsulotlarini yeydigan zararkunanda hisoblanadi.
Download 45.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling