Chumolilar ularning hayoti va tabiatdagi ahamiyati


Download 0.61 Mb.
bet3/4
Sana21.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1367706
1   2   3   4
Bog'liq
ABDUG\'ANIYEVA SURAYYO SLAYD

Asalari-Apis mellifera jamoa bo’lib yashovchi hasharot.Uning har bir oilasida 10000 dan 50000 gacha ba’zan 100000 gacha ishchi,bitta ona (malikasi) va bir necha yuz erkak ari-trutenlar bo’ladi.Oiladagi barcha arilar bitta ona arining nasli hisoblanadi,lekin ular tuzilishi bilan bir-biridan farq qiladi.Ona va erkak arilar ishchilarga nisbatan yirik,qorin bo’limi yo’g’on va uzunchoq bo’ladi.Erkaklarining mo’ylovlari ancha uzun,ko’zlari esa yirik,lekin qanotlari ishchilariga nisbatan kaltaroq bo’ladi.Ona va ishchi arilar qornining uchki qismida chaquvchi nayzasi bo’ladi.Erkak arilarning zahar bezlari va nayzasi bo’lmaydi.Ishchi arilar jinsiy voyaga yetmagan urg’ochilar hisoblanadi.Boshining ikki yonida fasetkali ko’zlari bor.Ko’zlarning o’rtasida uchta oddiy ko’zchalar boshining oldingi tomonida esa bir juft mo’ylovlari joylashgan.Ishchi arilar gulning hidi va rangini yaxshi ajrata oladi.Ularning fasetkali ko’zlari sariq, ko’k va odam ko’zi ilg’amaydigan ultrabinafsha nurlarni yaxshi ajratadi,lekin qizil rangni farqlay olmaydi.Yuqori jag’lari kemiruvchi tipda tuzilgan bo’lib,ishchilar ular yordamida mumdan kataklar yasashadi va changdonlardan gul changini yalaydi.Pastki lab va pastki jag’lar suyuq nektarni so’rishga moslashgan naysimon uzun xartumdan iborat.Orqa oyoqlarining panja qismidagi savatchaga ishchi arilar gul changini yig’adi.

CHUMOLILAR-Formicidae oilasi vakillari boshqa pardaqanotlilardan qorni ko’krak bo’limiga 2 bo’g’imli ingichka poyacha (bel) bilan qo’shilganligi,boshi yirik,kuchli jag’lar mavjudligi bilan ajralib turadi.Chumolilar jamoa bo’lib yashaydi.Ularning oilasi bir necha ming,hatto millionlab individlardan tarkib topgan.Individlar orasida bir necha ona chumoli,o’nlab erkak chumoli va bir necha minglab ishchilari bo’ladi.Odatda chumolilarning qanotlari bo’lmaydi.Lekin erkak va urg’ochi chumolilar ko’payish davrida qanot hosil qiladi.Urug’lanish tamom bo’lgach qanotlari sinib tushadi.Ishchi chumolilar ko’payish qobiliyatini yo’qotgan urg’ochilardan iborat.

Ko’pchilik chumolilar foydali hasharotlar hisoblanadi.Keng bargli va nina bargli o’rmonlarda yashaydigan sariq o’rmon chumolisi Formica rufa zararkunanda hasharotlarni qirib, daraxtlarni himoya qiladi.Markaziy Osiyo cho’llarida tarqalgan chopqir faeton chumolisi Cataglyphis mayda zararkunanda hasharotlar,meva va donlar,shuningdek nektar bilan oziqlanadi.Cho’l va sahrolarda uchraydigan qir chumoli Messor aralocaspius yovvoyi va madaniy o’simliklarning doni bilan oziqlanadi.Xonadonlarda uchraydigan sariq fir’avn chumolisi Formica pharaonis zararkunanda hisoblanadi.Bu chumoli turli xil shirinliklarni xush ko’radi.Bog’ qora chumolisi Lasius niger shira bitlari ajratgan shirin suyuqlikni yalaydi va ularni yirtqich hasharotlardan himoya qiladi.


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling