Chuqur skvajinalarni burg’ilash jarayonlari va mexanizatsiya vositalari. Reja


Download 1.01 Mb.
bet1/5
Sana09.06.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1469732
  1   2   3   4   5
Bog'liq
CHUQUR SKVAJINALARNI BURG’ILASH JARAYONLARI VA MEXANIZATSIYA VOSITALARI.


CHUQUR SKVAJINALARNI BURG’ILASH JARAYONLARI VA MEXANIZATSIYA VOSITALARI.


Reja

1. Chuqur skvajinalarni burg'ilovchi mashinalar


2. Burg‘ilash asboblari
3. Sharoshkali dolotolar
4. Chuqur quduqlarni burg‘ilash texnologiyasi

Chuqur skvajinalarni burg'ilovchi mashinalar

Chuqur quduqlarni burgʼilash faqat aylanma usulda amalga oshiriladi va rotorli, turbinali va elektrburlarga boʼlinadi.


Rotorli burgʼilashda burgʼilash snaryadi quduq ustida oʼrnatilgan rotor yordamida aylantiriladi.
Turbinali burgʼilashda esa jinslarni parchalovchi asbob turbobur bilan aylantiriladi va u quduq zaboyiga doloto bilan birga burgʼilash quvurlari kolonnasida tushiriladi.
Turbobur koʼpstupenli gidravlik turbina boʼlib, yuvish suyuqligi oqimi asosida ishlaydi. Burgʼilash quvurlari kolonnasi bunda aylanmaydi, harakatsiz rotor esa reaktiv momentni qabud qiladi.
Elektrobur bilan burgʼilashda jinslarni parchalovchi asbob moy bilan toʼldirilgan oʼzgaruvchan tokda ishlaydigan zaboy elektrodvigateli yordamida aylantiriladi. Elektrobur kichik diametrga va kam uzunlikka ega. Burgʼilash quvurlari kolonnasi bunda ham harakatsiz boʼladi. Shuning uchun ham kolonnaga taʼsir etadigan burovchi moment qisqaradi, oʼzgaruvchan quvurlarga taʼsir etadigan eguvchi kuch boʼlmaydi va taʼsir etuvchi dinamik yuklama umuman boʼlmaydi. Burgʼilash quvurlari qulay sharoitlarda ishlaydi, natijada ularning ish faoliyati uzayadi. Elektrodvigatelga elektroenergiya burgʼilash quvurlari ichiga joylashtirilgan kabel bilan yotqiziladi, burgʼilash quvurlari ulanganda avtomatik ravishda kabel ham oʼzaro ulanadi. Yuvish suyuqligi zaboyga quvur ichki devori va kabel orasidagi tirqish orqali yuboriladi.
Chuqur aylanma burgʼilash asosan kurakchali, sharoshkali, olmosli va boshqa dolotolar bilan amalgan oshiriladi.
Rotorli burgʼilash va elektrobur bilan burgʼilash yuvish suyuqligi yoki qisilgan havo bilan olib borilishi mumkin (rasm).
Аylanma burgʼilash usuli bilan burgʼilash chuqurligi 12 km. ga yetadi. Quduqlarning diametrlari 76 mm dan 590 mm. gacha oʼzgarish mumkin.
Chuqur aylanma burgʼilashning barcha turlarida bir xildagi murakkab burgʼilash qurulmalari ishlatiladi, ularning umumiy oʼrnatilgan quvvati 4000 kvt ni tashkil etadi.
Neft va gaz konlarini razvedka - eksplutatsiya qilishda aylanma rotorli burgʼilash asosiy vosita sifatida ahamiyatga ega. Undan tashqari rotorli kernsiz burgʼilash suv quduqlari, portlatish, gidrotermal va turli maqsadlardagi quduqlarni burgʼilashda keng ishlatiladi. Аylanma kernsiz burgʼilash barcha qattiqlikdagi I dan ΧII kategoriyagacha boʼlgan jinslarni burgʼilash imkonini beradi. Yumshoq togʼ jinslarini burgʼilashda mexanik tezlik 100 m / s, kommertsiya tezligi – 6-9 ming. m / st.oy. ni tashkil etish mumkin.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling