Chuqur tishlov — sabablari, alomatlari, tashxislash, davolash va oldini olish


Download 22.27 Kb.
bet3/3
Sana09.05.2023
Hajmi22.27 Kb.
#1447971
1   2   3
Bog'liq
NB

CHUQUR TISHLOVNI TASHXISLASH


Chuqur tishlovning mavjudligi, uning kelib chiqish sabablari va uni tuzatish usullari ortodont shifokor qabulida shikoyatlarni va og’iz bo’shlig’ini tekshirish orqali aniqlanadi.
Tish qatorlarining o’zaro munosabatini yanada batafsil baholash uchun alginat massa bilan qolip olib, diagnostik modellar tayyorlash va ularni yanada aniqroq o’lchash, yuz fotosuratini fas va profil tomondan o’rganish, okklyudogramma olish mumkin.
Chuqur tishlovni tashxislash uchun, ortopantomografiya va telerentgenografiya, elektromiografiya ma’lumotlari muhim ahamiyatga ega.

CHUQUR TISHLOVNI DAVOLASH


Bolalarda chuqur tishlovni davolashni iloji boricha tezroq boshlash kerak. Sut tishlov davrida (5-6 yoshgacha) bolani qattiq ovqatni chaynash, zararli odatlarga qarshi kurashish (barmoqlar va o’yinchoqlarni so’rish, lablarini, yonoqlarni tishlash va hokazo) va miogimnastikni bajarishni o’rgatish tavsiya etiladi. Chuqur tishlov shakllanishiga hissa qo’shadigan omillarni bartaraf etish darkor, masalan kariesni davolash, lab va til yuganchasi plastikasini o’tkazish, profilaktik protezlash.
Sut tishlarini doimiy tishlar bilan almashinishi davrida tishlovni ajratish uchun olinadigan plastinkalar, treynerlar, aktivatorlar (Anderezen-Goiple, LM-aktivator), Frenkel apparati, Bryukl apparati, Binin kappasi ishlatilishi mumkin.
12-16 yoshdan boshlab, chuqur tishlovni davolashning asosiy usuli olinmaydigan ortodontik qurilmalar — breketlar qo’llash sanaladi. Kattalarda chuqur tishlovni tuzatishda ortodontik davolash jarrohlik (kompaktosteotomiya) bilan birlashtirilishi mumkin.
Nutqning jiddiy buzilishlarida bemorga logopedning yordami kerak bo’lishi mumkin.

CHUQUR TISHLOV PROGNOZI VA OLDINI OLISH


Chuqur tishlovni davolash uzoq va murakkab jarayon bo’lib, u katta mablag’ va vaqt talab qiladi. Chuqur tishlovni tuzatish davomiyligi o’zgaruvchan bo’lib, qay yoshda ortodontik davolash boshlanganligi, kesuvchi tishlar to’silishi darajasi, harmorlik qiluvchi deformatsiyalarning mavjudligi va boshqalarga bog’liq. To’g’ri rejalashtirilgan ortodontik davolash estetik va funktsional buzilishlarni to’liq bartaraf etishi mumkin. Aks holda, chuqur tishlov parodont va chakka-paski jag’ bo’g’imi patologiyalarining rivojlanishiga, tishlarning erta yo’qotilishiga muqarrar ravishda hissa qo’shadi.
Chuqur tishlovni oldini olish kaliti, homiladorlikning muvaffaqiyatli kechishi, bolada zararli og’zaki odatlarga qarshi kurashish, muntazam stomatologga tashrif buyurish, tish-jag’ tizimi shakllanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan raxit, skolioz va boshqa boshqa kasalliklarning oldini olishdir.
Download 22.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling