Chuqur tishlov — sabablari, alomatlari, tashxislash, davolash va oldini olish


Download 22.27 Kb.
bet2/3
Sana09.05.2023
Hajmi22.27 Kb.
#1447971
1   2   3
Bog'liq
NB

CHUQUR TISHLOV TASNIFI


Chuqur kesuvchili to’silish, chuqur tishlov va chuqur jarohatlovchi tishlov o’rtasidagi farq mezonlari kesuvchi-do’mboqli kontaktning lokalizatsiyasi hisoblanadi.
Pastki tishlar kesuvchi chetlarining yuqori tishlarning tanglay do’mboqlari bilan kontakti saqlanib qolgan bo’lsa (ya’ni kesuvchi-do’mboqli kontakt), haddan tashqari (chuqur) kesuvchi to’silish haqida gapiriladi. Chuqur tishlovning o’zi esa pastki kesuvchilarning yuqori kesuvchilar bilan sezilarli darajada to’silishi va ular orasida kesuvchi-do’mboqli kontakt yo’qligi bilan tavsiflanadi. Pastki kesuvchilarning kesuvchi chetlari tanglay yoki milk bilan kontakt qilsa, tishlov chuqur jarohatlovchi sifatida qabul qilinadi. Tishlovning bunday shakllari yakka patologik jarayonning bosqichlari sifatida qaralishi mumkin, ya’ni muayyan sharoitlarda (tish olinishi, patologik yemirilishida), haddan ziyod kesuvchili to’silish chuqur tishlovga aylanishi mumkin, u esa — chuqur jarohatlovchi tishlovga.
Markaziy kesuvchilar tojlarining to’silishi hajmi bo’yicha ortodontiyada tishlov buzilishining 3 darajasi farqlanadi:

  • I daraja — balandligining 1/3 dan 2/3 qismigacha to’silishi (3-5 mm);

  • II daraja — balandligining 2/3 qismidan to butunlay tojning to’silishiga qadar (5-9 mm);

  • III daraja — to’silish toj balandligidan (9 mm dan ortiq) oshib ketadi.

Oldingi yuqori tishlarning joylashishiga qarab (frontal tishlarning vestibulyar yoki oral xarakterli o’zaro munosabatlari), chuqur tishlovning prognatiyali (tomsimon) va bloklovchi shakllari farqlanadi. Yon kesuvchi tishlarning o’zaro munosabati tabiati bo’yicha chuqur distal va chuqur neytral tishlov ajralib turadi.

CHUQUR TISHLOV ALOMATLARI VA BELGILARI


Chuqur tishlov estetik nuqsonlar va jiddiy funktsional buzilishlar bilan birga kechadi.
Chuqur tishlovning tashqi ko’rinishi o’ziga xos yuz va og’iz xususiyatlarini o’z ichiga oladi. Yuz belgilari yuzning pastki uchdan bir qismining qisqarishi, keskin seziladigan supramental qatlam, pastki labning tashariga chiqishi bilannamoyon bo’ladi. Chuqur tishlovning og’iz belgilari orasida pastki frontal tishlarning yuqori frontal tishlar bilan toj balandligining to’silishi, yuqori jag’ning pastki jag’ga nisbatan oldinga chiqib turishi, og’iz dahlizi chuqurligining kamayishi bilan ifodalanadi. Og’iz bo’shlig’i shilliq qavatining surunkali jarohatlanishi va frontal tishlar parodontiga ko’p bosim tushishi stomatit, gingivit, padrodontit, parodontoz rivojlanishiga, tishlarning yemirilishi kuchayishiga hissa qo’shadi.
Chuqur tishlovdagi funktsional o’zgarishlar luqmani uzib olish, chaynash bilan bog’liq qiyinchiliklar, nutq kamchiliklari (bemorlar «tish orasidan» gapiradi), nafas olish buzilishlari bilan namoyon bo’ladi. Chuqur tishlov ko’pincha chaynov mushaklarining tonusi buzilishi bilan kechadi, natijada chakka-pastki jag’ bo’g’imining disfunktsiyasi va artrozi rivojlanishiga olib keladi: simillovchi og’riq, qirsillash, bo’g’im sohasida chertki ovozi, bruksizm, bosh og’riqlari.

Download 22.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling