Chust tuman mtb ga qarashli
Download 5.65 Kb.
|
Assalom navroz
Chust tuman MTB ga qarashli 29-MTT hamshirasi M.Homidovaning “Aprel oyi”da bajarilgan ishlar yuzasidan yozgan A X B O R O T I Chust tuman MTB ga qarashli 29-Maktabgacha ta’lim tashkilotida aprel oyida quyidagi ishlar amalga oshirildi. Ertalabki filtr sifatli o’tkazildi va karantin qoidalariga amal qilindi. Har bir bola tana harorati o’lchanib,anteseptik vositalaridan foydalanib borildi. Har kungi badan tarbiya mashqlari musiqa sadolari ostida o’tkazildi. Tashkilot atrofi va tashqi tomonlari o’yin maydonlari tozaligi nazoratga olinib umumiy tozalov kunlari tashkil etildi. Tashkilotga qabul qilingan barcha oziq ovqat maxsulotlar “Brekeraj”kommisiya a’zolari bilan birga qabul qilindi.Maxsulotlarni saqlash tartibi tuzildi,tartib asosida maxsulotlarni joylashtirildi,oziq ovqat maxsulotlarini saqlash muddatlariga amal qilinib borildi.Maxsulotlar isrof qilinishini oldini olindi. SanPI 006-21ga o’zgartirishlar kiritilganligi sababli MTBda o’quv seminari o’tkazildi. Har kunlik taomnom tuzishda hilma hillikka amal qilindi Tashkilotda barcha xodimlar COVID-19 0373-20 talabi asosida ish tashkil qilindi.Har bir guruhda bolalarni karantin vaqtida qo’l yuvish, va gigienik qoidalarga amal qilishlarini nazoratga olindi va o’rgatib borildi. Ota onalarga ham karantin qoidalari tushuntirib borildi. Yuqumli kasalliklarni oldini olish bo’yicha MTT da tozalov va zararsizlantirish ishlarini o’tkazib kasallik aniqlangan bolani izolyatsiyaga olishni nazorat qilib borildi.Ovqat tarqatish va tayyorlash jarayonlarida karantin qoidalariga rioya qilindi.MTT ga shamollash alomatlari bor yoki harorati 36.6 dan yuqori bo’lgan tarbiyalanuvchi MTT ga qabul qilinmadi.”O’tkir gripp kasalligi va uning oldini olish uchun ota onalar va jamoa o’rtasida sanitariya maorif ishlari olib borildi.Guruhlarda idish yuvish qoidalariga amal qilinayotganligi nazorat qilib borildi.Bolalar nonushtalari va uyqulari kuzatib borildi.Tashkilotga qabul qilinayotgan bolalarni 026 karta asosida barcha hujjatlari to’liq qilib qabul qilindi. DMTTda obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Aprel oyligida qilingan ishlar axboroti Chust tuman maktabgacha ta’lim bo’limiga topshirildi. 29-DMTT Hamshirasi: M.Homidova. Download 5.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling