Cisco packet tracer simulatsion muhiti bilan tanishish va tarmoq qurilmalari xavfsizligining tahlili


Download 234.29 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi234.29 Kb.
#1028367
Bog'liq
tarmoq xavfsizligi 1-lab


1-LABORATORIYA ISHI
CISCO PACKET TRACER SIMULATSION MUHITI BILAN TANISHISH VA TARMOQ QURILMALARI XAVFSIZLIGINING TAHLILI
Ishdan maqsad: Cisco Packet Tracer (CPT) dasturini kompyuterga o`rnatish; CPT simulatsion muhiti bilan tanishish; tarmoq qurilmalari xavfsizligining analizi haqqida nazariy bilimga ega bo`lish; CPT dasturida oddiy tarmoq qurish.
Nazariy qism
Cisco Packet Tracer (CPT) dasturi yoki simulatsion muhiti oddiy tarmoqdan boshlab eng murakkab tarmoqlarni qurish uchun ixtisoslashtirilgan dastur bo'lib xisoblanadi.
Cisco Systems tomonidan ishlab chiqarilgan ma'lumotlar tarmog'i simulyatori bo`lib ishlaydigan tarmoq modellarini yaratishga, (Cisco IOS buyruqlaridan foydalangan holda) yo'riqnoma va kalitlarni sozlash, bir nechta foydalanuvchilar o'rtasida (bulut orqali) o'zaro aloqada bo'lishga imkon beradi.
Laboratoriya ishining bajarilish tartibi

Cisco Packet Tracer (CPT) dasturini kompyuterimizga órnatamiz. Buning uchun kompyutermizga tóǵri keladigan variantini tanlab quyidagi rasmlarda ko’rsatilgandek ketma-ketlikda órnatamiz:



Yuqorida ko`satilgan rasmdagidek o`zimizning kompyuterimiz xarakteristikalariga asoslanib CPT dasturini o`natamiz.

Bu boshqichda Cisco packet tracer dasturiy taminoti o`rnatish processi boshlanadi. Yuqorida rasmda ko`satilganidek bosqichma-bosqich amallarni qilamiz. Yuqorida ko`rsatilgan rasmda dastlab “I accept the agreement” ga bosib keyin “Next” ga bosamiz.

Keyingi bosqichda Cisco packet tracer dasturining o`rnatilish papkasini ko`rsatamiz. Bu boshqichda dastur papkani standart turda o`zi tanlaydi.




Yuqorida ko`rsatilgan rasmdagidek qilib “Next” ga bosib keying bosqichga o`tamiz.

Bu bosqichda “Install” ga bosib Cisco packet tracer dasturi o`rnatilishiga ruhsat beramiz. Bu bosqichdan song Cisco packet tracer dasturi kompyuterimizga o`natiladi.


Finish ni bosganimizdan keyin Cisco Packet Tracer (CPT) dasturi ishga tushadi:
Keyingi qadamda kompyuterlarga IP addreslarni kiritamiz, buning uchun kompyuterga sichqonchaning chap tugmasini bosamiz va “Desktop” bo`limidan “IP configurations” tanlanadi:

Keyingi bosqichda IP addres boélimiga 192.168.1.100 va Subnet mask bo`limiga 255.255.255.0 qilib sozlamalar kiritamiz:Ikkinchisiga 192.168.1.101 va subnet mask bo’limiga 255.255.255.0 ni kiritamiz
Keyingi bosqichda kompyuterlar ortasida aloqani tekshirish uchun ping komandasini kiritamiz. Buning uchun pc1 kompyuteriga kirib “Desktop” bo`limidan “Command Prompt” ni ochamiz va “ping 192.168.1.101” komandasini kiritamiz:

Yuqoridagi rasmda ko`rinib turganidek kompyuterlar o`rtasida xabar uzatish jarayoni omadli bo`ldi. Xabarlar kommutatsiyasi bo`lishi uchun yuboruvchu kompyuterdan qabul qiluvchi kompyuter IP addresi terip yuboriladi.
Download 234.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling