Cobalt avtomobili dvigatelining moylash tizimi konstruksiyasini takomillashtirish va karter poddoni detalini tayyorlash texnalogiyasini ishlab chiqish


Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangilik darajasi


Download 128.2 Kb.
bet2/6
Sana20.06.2023
Hajmi128.2 Kb.
#1628882
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qadirov J final

6. Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangilik darajasi;
Moylash tizimida ishlatiladigan moylarning qovushqoqlik va tarkibidaki qirindi metal zarrachalar miqdori aniqlanadi.
Moy filtridan o’tgan metal qirindilarining dvigateliga ta’siri o’ganiladi.

Ilmiy raxbar: __________________


(imzo)

Magistratura talabasi: __________________


(imzo)

MINISTRY OF HIGHER AND SECONDARY SPECIAL
EDUCATION
OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
ANDIJAN MACHINE BUILDING INSTITUTE


Section: Master Master student: J. R. Qadirov
Chair: Automobile building Research supervisor: dots.
dr. A. Yuldashev
Academic year: 2021-2023 Speciality: Automobile building
and tractor building


MASTER’S THESIS ANNOTATSION

MUNDARIJA

KIRISH

10

I Bob

Moylash tizimining avtomobil dvigatelini ishlashiga ta`siri va ularni tahlili.




1.1

Moylash tizimining vazifasi va tuzilishi.




1.2

Moylash tizimi uchun moylar.




1.3

Moylashni amalga oshirish turlari.




1.4

Dvigatelning moylash tizimiga texnikaviy xizmat ko’rsatish




II Bob

Cobalt avtomobili dvigatelining moylash tizimni takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish loyihalash va o‘lchamlarini asoslash.




2.1

Moylash tizimida uchraydigan nosozliklar, ularning alomatlari va kelib chiqish sabablari.




2.2







2.3





III Bob

Cobalt avtomobilining moy filtri va karter detallarini modernizatsiya qilish bo’yicha chizmasini chizish va xisob-kitoblarni qilish.




3.1




59

3.2




63

IV.

XULOSA.

66

V.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Ro‘YXATI

69

VI.

ILOVALAR

71


Kirish
Oʻzbekiston Respublikasining jahon bozoridagi raqobatdoshligini oshirish va mavqeini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan tarkibiy oʻzgarishlar va yuksak tex-nologiyalarga asoslangan zamonaviy tarmoqlar va ishlab chiqarish sohalarini jadal rivojlantirish siyosatini davom ettirish-asosiy ustuvor yoʻnalish hisoblanadi. “2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha” dasturida ana shu ustuvor yoʻnalishning asosiy maqsadi, vazifalari va ahamiyati keltirilib oʻtiladi.
Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini jadal yangilash eng muhim ustuvor vazifa hisoblanadi. Investitsiyalar salmoqli qismining sanoatni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash dasturlarini amalga oshirishga yoʻnaltirilishi, yirik ishlab chiqarish korxonalarini qurishni yakunlash va foydalanishga topshirish, barcha yirik korxona va ishlab chiqarish quvvatlarida jahon tajribasida sinovdan oʻtgan zamonaviy texnologiyalar bilan almashtirilishi lozim boʻlgan uskuna va texnologiyalarning roʻyhatini aniqlash uchun texnik audit oʻtkazish zarurligi shular jumlasidandir.Iqtisodiyotni turgʻun rivojlanib borishida ishlab chiqarishni yangi texnika va texnologiyalar bilan jihozlanganligi yetakchi hisoblanadi. Shu maqsadda respublikamizda yangi va zamonaviy mashina va mexanizmlar ishlab chiqarish tobora keng yoʻlga qoʻyilmoqda. Misol tariqasida avtomobilsozlikni koʻrishmumkin. 1992-yil iyun oyida Janubiy Koreya tashrifi chog‘ida «DAEWOO» zavodi bilan tanishib, hamkorlikda Andijon viloyati Asaka shahrida avtomobil zavodini qurish to‘g‘risida Memorandum imzolandi va shu tariqa «UzDAEWOO»zavodiga asos solindi. 1996-yil19-iyulda zavod ishga tushishi bilan O‘zbekiston dunyodagi o‘z avtomobiliga ega bo‘lgan 28-davlatga aylandi.
«UzDAEWOO»bu Markaziy Osiyodagi birinchi avtomobil ishlab chiqaruvchi zavod hisoblanadi. Zavod jahon standartlari talablariga javob beruvchi o‘ta zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan bo‘lib, o‘sha vaqtda umumiy hisobda yiliga 200 000 dona avtomobil (o‘rtasinfli«NEXIA» avtomobillari - 100 000 dona, «TICO» avtomobillari - 50 000dona, «DAMAS» avtomobillari – 50000 dona) ishlab chiqarish quvvatiga ega edi. Bu avtomobillarga ehtiyot qism va materiallarning o‘zimizda mahalliylashtirish dasturiga asosan ishlab chiqarish joriy qilinmoqda.
Tinimsiz izlanishlar natijasida «TICO» avtomobili o‘rniga «MATIZ», «SPARK»,«DAMAS» avtomobilining kuchaytirilgan varianti, «NEXIA» avtomobili o‘rniga«NEXIA-2», «LACETTI»avtomobillari ishlab chiqarilib, Respublikamiz va chet mamalakatlarda avto ishqibozlar e’tiborini tortmoqda. O‘zbekiston avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish maqsadida GM korparatsiyasi bilan shartnoma tuzilib,zavod «Uz Auto Motors» qo‘shma korxonasiga aylantirildi va quvvati yiliga 250000 donaga oshirildi. Shu bilan bir qatorda 1999-yil Samarqand shahrida O‘zbekiston-Turkiya qo‘shma korxonasi «Sam-Kochavto » zavodidan «OTOYO’L»markali kichik rusumdagi avtobuslar va ixtisoslashtirilgan yuk avtomobillari ishlab chiqarilib, ekspluatatsiya qilindi. Keyinchalik bu zavod negizida O‘zbekiston-Yaponiya qo‘shma korxonasi «SamAvto»zavodi tashkil etilib, bu zavoddan ham«ISUZU» markali kichik rusumdagi avtobuslar va ixtisoslashgan yuk avtomobillari ishlab chiqarilib, ekspluatatsiya qilinmoqda. Shuningdek, Samarqandda yana bir O‘zbekiston–Germaniya qo‘shma korxonasi «MAN» yuk avtomobillari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zavod o‘z ishini boshlab yubordi.Avtomobilning yuragi hisoblangan motor dunyoda sanoqli davlatlarda ishlab chiqariladi. Shu bois, «GM-MOTOR» zavodi qurilishi bilan O‘zbekiston ham shu davlatlar qatoriga qo‘shildi.Zavodning hozirgi kundagi quvvati yiliga 225 000 dona motor ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Mamalakatimizda avtomobil sanoatining rivojlanishiga juda katta e’tibor qaratilmoqda, jumladan, Davlatimizning birinchi prezidenti Islom Karimov Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 21-yanvarda bo‘lib o‘tgan majlisida olib borilayotgan islohotlar ko‘lamiga baho berib:«O‘zbekistonda avtomobilsozlik Asakadan boshlandi. Shu zavodni ochgan kunim – 1996-yil 19-iyulni O‘zbekiston hayoti uchun, tarixi uchun baxtli kun deb hisoblayman» degan edilar.

Download 128.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling