Collegium humanum varshava menejment universiteti andijon filiali


Download 32.91 Kb.
bet1/3
Sana27.02.2023
Hajmi32.91 Kb.
#1235069
  1   2   3
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)


O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VАZIRLIGI

COLLEGIUM HUMANUM VARSHAVA MENEJMENT UNIVERSITETI
ANDIJON FILIALI

TASDIQLAYMAN”
Filial direktori M.Prowotorow
______________
“____” _______2022 y








Ro‘yxatga olindi:
№_______________
“___” ______2022 y

MUTAXASISLIKKA KIRISH”


FANINING O‘QUV DASTURI


Bilim sohasi:

- Biznes boshqaruv va huquq

Ta’lim sohasi Ta’lim yo`nalishi

- Biznes ta’limni boshqaruv
– Menejment (Maktab boshqaruvi va boshlang’ich ta’lim)



Andijon - 2023

Fan/modul kodi
MK108

O‘quv yili
2023-2024

Semestr
4

Kreditlar
3

Fan/modul turi
Tanlov

Ta’lim tili
O‘zbek

Haftadagi dars soatlari
3

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim
(soat)

Jami yuklama
(soat)

Mutaxassislikka kirish

42

42

84

I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarni oliy ta’lim tizimiga tayyorlash, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim va oliy ta’limni uzviyligini ta’minlash, boshlang‘ich ta’lim fanlariga oid umumiy qonun, qoida, atama va tushunchalarni takrorlash, to‘ldirish va qaytar aloqani ta’minlashga o‘rgatish.
Fanning vazifasi – talabani oliy ta’lim tizimiga moslashtirish, mustaqil ta’limga o‘rgatish va yo‘naltirish, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim va oliy ta’limni uzviyligini ta’minlash, boshlang‘ich ta’lim fanlaridagi boshlang‘ich tushunchalarni umumlashtirishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:

1-mavzu. Mutaхassislikka kirish fani va uning vazifalari
Mutaхassislikka kirish fanining maqsadi va vazifalari, fanning asоsiy manbalari. Mutaхassislikka kirish fanining bоshqa fanlar bilan alоqasi.

2-mavzu. Maktab boshqaruvi va boshlang’ich ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishining umumiy tasnifi
Maktab boshqaruvi va boshlang’ich ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishi malaka talabining qo’llanish sohasi, kasbiy faoliyatlari tasnifi va kasbiy faoliyat turlari haqida tushunchalar.
3-mavzu. Maktab boshqaruvi va boshlang’ich ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo’yicha bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar.
Bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan umumiy talablar va kasbiy faoliyatlariga qo‘iladigan malaka talablari haqida tushunchalar.
4-mavzu. Maktab boshqaruvi va boshlang’ich ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o’quv rejasi va fan dasturlari mazmuniga qo’yiladigan umumiy talablar.
Talabalar o‘zlashtirishlari zarur bo‘lgan majburiy blok fanlari, o‘quv rejaning fanlar bloke mazmuniga qo‘yiladigan talablar, umumkasbiy va ixtisoslik fanlar bloke mazmuni va qo‘shimcha hamda tanlov fanlario bloki haqida ma’lumotlar.
5-mavzu: Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining kasbiy kompetensiyasiga qo‘yiladigan talablari
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining kasbiy faoliyatlariga qo‘yiladigan umumiy malaka (kasbiy kompetentlik) va malaka talablari.
6-mavzu. Fanlarni o‘rganishda adabiyotlar bilan ishlash
Fanga doirasida adabiyotlarni topish, saralash, saqlash, qayta ishlash, havolalar va snoskalar berish, internet ma’lumotlaridan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganish. Tezis va maqolalar (IMRAT) tahlilini o‘rganish. Kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari, o‘quv qo‘llanma hamda darsliklar, monografiyalarni tahlilini o‘rganish.
7-mavzu. Mustaqil ta’lim, uning turlari va bajarilishi
Mustaqil ta’limning maqsadi, vazifasi. Mustaqil ta’lim turlari. Mustaqil ta’lim natijalarini baholash
8-mavzu. Kurs ishi, bitiruv malakaviy ishni yozish tartibi.
Kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlar maqsadi va vazifalari. Kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlarga qo‘yilgan ilmiy, metodik va texnik talablar. Kurs ishi, bitiruv malakaviy ish himoyasi. Taqdimotlarni tayyorlashda uchun zarur metodik va texnik talablar.

Download 32.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling