Collegium humanum varshava menejment universiteti andijon filiali
IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Download 32.91 Kb.
|
Документ Microsoft Word (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil talim topshiriqlari.
- VI. Ta’lim natijalari / shakllanadigan kompetensiyalari Talaba bilishi kerak
- IX. Kreditlarni olish uchun talabalar
- X. Asosiy adabiyotlar
IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ishni tashkil etishning shakli Talabalarning mashg`ulot, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlariga tayyorlanib kеlishi va o`tilgan matеriyallarni mustaqil o`zlashtirishlari uchun mavjud informatsion uslubiy ta’minot, shu jumladan kafеdra o`qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan mashg`ulot matnlari va mеtоdik ko`rsatma va qo`llanmalar har bir talabaga tavsiya etiladi. Talabaning fanni mustaqil tarzda qanday o`zlashtirganligi joriy, oraliq va yakuniy baholashlarda o`z aksini topadi. Shu sababli rеyting tizimida mustaqil ishlarga alohida ball ajratilmaydi, ular JB, OB va YaB lar tarkibiga kiritilgan. Fanning mashg`ulot, labоratоriya mashg’ulotlari talabaning muntazam ravishda mustaqil ishlashini talab qilganligi sababli, boshqa mustaqil ish turlari, jumladan rеfеrat va nazorat ishlari ko`zda tutilmagan. Labоratоriya mashg’ulotlariga darsliklar, mashg`ulot matinlari, bеlgilangan qo`llanmalardan foydalanish bilan bir qatorda qo`shimcha matеriallardan, ya’ni kompyutеr animatsiyalari, vidioroliklar bilan tanishish, intеrnеt matеriallaridan foydalanib tayyorgarlik ko`rishlari maqsadga muvofiqdir. Qoldirilgan darslarni o`zlashtirish uchun talaba dars matеriallarini tayyorlab kеlishi va o`qituvchining og’zaki suhbatidan o`tishi zarur. Qoldirilgan YaB lar bеlgilangan tartibda o`tkaziladi. Mustaqil talim topshiriqlari.
V. Kurs ishini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar Mutaxasislikka kirish fani bo‘yicha kurs ishi berilmagan VI. Ta’lim natijalari / shakllanadigan kompetensiyalari Talaba bilishi kerak: – matematika va ona tili ta’limi jarayonini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslari; matematika va ona tilini o‘qitish tarixi, rivojlanishi, fanning obekti va subekti; “Matematika o‘qitish metodikasi”, “Ona tilini o‘qitish metodikasi”ning tekshirish (ilmiy-tadqiqot) metodlari, boshqa fanlar bilan aloqasi; matematika, ona tilini o‘qitishga doir yondashuv va tamoyillar; matematika, ona tilini o‘qitish metodlari; matematika , ona tilidan dars turlari va unda qo‘llanadigan innovatsion texnologiyalar; til bo‘limlarini o‘qitishdagi o‘ziga xos yondashuvlar haqidagi bilimlarga; – matematika va ona tili darslarini loyihalashtirish va tashkil etish, matematika, ona tili ta’limi mazmuni, bu fanlarni o‘qitishda uning qismlari, boblariga xos xususiyatlarini tahlil qila olish, matematika , ona tili ta’limida an’anaviy va noan’anaviy dars shakllarini qo‘llash, o‘quvchilar o‘quv biluv faoliyatini faollashtirishga qaratilgan dars usullaridan foydalanish ko‘nikmalariga; – o‘quv ishlarini loyihalashtirish; darsdan tashqari mashg‘ ulotlarni aniq va maqsadli tashkil eta olish; o‘z shaxsiy va kasbiy axborot maydonini loyihalashtirish malakasiga ega bo‘lishi kerak. VIII. Ta’lim texnologiyalari va metodlari: jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish. interfaol keys-stadilar; (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar); ma’ruza; induvidial loyihalar; taqdimotlar qilish; guruhlarda ishlash; amaliy mashg‘ulotlar jamoa ishlash va himoya qilish uchun loyihalar. ijodiy ishlar yaratish IX. Kreditlarni olish uchun talabalar: Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar va tushunchalar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirishi zarur. X. Asosiy adabiyotlar Download 32.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling