Colorful Doubles Multiplication Facts
Download 14.72 Kb. Pdf ko'rish
|
301-guruh talabalari Hamroyeva Nilufar Ahmedova Nozima
Mavzu:Yangi bilim berish darsi bo ʻyicha dars ishlanmasi tayyorlash Tayyorladi:Hamroyeva Nilufar Ahmedova Nozima Qator undoshlar talaffuzi va imlosi Qator undosh va qator unlilar Qator undosh. Faqat bir bo‘g‘in tarkibida yonma-yon kelgan undosh: afv, daraxt, fikr, go‘sht, Samarqand va h.k. Qator unli. So‘z tarkibida yonma-yon kelgan har xil unli tovush. Bunday so‘zlar boshqa tillardan kirib kelgan: soat, muallim va h.k. Qator undoshlar deb-bir bo‘g‘inida yonma-yon ikki xil undosh kelgan so‘zlar qator undoshli so‘zlardir. Qator undosh bilan tugagan ba’zi so‘zlar talaffuzida oxirgi undosh deyarli aytilmasa-da, yoziladi: go‘sht, do‘st, xursand, barg, monand… 222-mashq. So‘zlarni ko‘chiring. Tarkibida ikki xil undosh yonma-yon kelgan so‘zlarning tagiga chizing. Ular ishtirokida gaplar tuzing. Himmat, pand-nasihat, maslahat, baxt, do‘stlik, g‘isht, tabassum, farzand, foyda, qirq, to‘xtamoq, o‘rtoq, transport, ilhom, ko‘rk, mashina, stul, ulkan, aql, daraxt. 223-mashq Mehr, sabr, sayr, ilm so‘zlari talaffuzi va yozilishini tahlil qiling. Shunday so‘zlar qatorini kengaytiring. So‘z boshida qator undoshning kelishi faqat o‘zlashma (boshqa tildan kirgan) so‘zlarga tegishli: stol, broker, bloger… 224-mashq. Matndan qo‘sh va qator undoshli so‘zlarni topib, tagiga chizing. Bir kuni oramizga yangi mehmon – Halima degan qizcha qo‘shildi. Uning qishlog‘imizga kelganini hammadan avval men bildim. Kechqurun oyim dadam bilan dardlashib o‘tirib, aytib qo‘ydi. Hakim brigadir bultur urushdan kelgan. Qizi Halimani shahardan olib kelibdi. Qizchasi chaqqongina, zukko ekan. Men Halima bilan tezda do‘st bo‘lib oldim. (O‘.Hoshimov) 225-mashq. Maqollarni ko‘chiring. Qo‘sh va qator undoshli so‘zlarning tagiga chizing. 1. Ayrilmagin elingdan, Quvvat ketar belingdan. 2. Bulbul chamanni sevar, Odam – Vatanni. 3. Vataning tinch – sen tinch. 4. Vatanga falokat – o‘zingga halokat. 5. Yordan ayrilgan yetti yil yig‘lar, Yurtdan ayrilgan o‘lguncha yig‘lar. 226-mashq. Uyga vazifa. Quyidagi so‘zlar orasidan qo‘sh va qator undoshli so‘zlarni ajratib, daftaringizga ko‘chiring. Qishloq, barglarini, tashlaydi, qayrag‘och, kambar, quvvati, pirillayotgan, issiqda, o‘ynaydi, mitti, girdob, chang, qasdlashib. Etiborongiz uchun rahmat Download 14.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling