“competence” tushunchasi lug’aviy jihatdan bevosita “qobiliyat” ma’nosini ifodalaydi. Mazmunan esa “faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat ва иқтидорни намоѐн эта олиш”ни ѐритишга хизмат қилади
-rasm. Pedagogik kompetentlikning tarkibiy asoslari (B.Nazarova
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
pQ0rljFRHqguMe2mKLMCzNb667cjFL7PjRRqit4j
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarkibiy asoslar Maxsus yoki kasbiy kompetentlik (kasbiy faoliyatni yuqori darajada tashkil etish) Ijtimoiy kompetentlik
3-rasm. Pedagogik kompetentlikning tarkibiy asoslari (B.Nazarova 4. Pedagogning kompetentsiyaviy piramidasi. Ta‟lim muassasalarida tashkil etiladigan pedagoglarning kompetentligini rivojlantirish jarayonlarida ko‟proq shaxsga yo‟naltirilgan ta‟lim jarayonini tashkil etish, shuningdek, ularning mustaqil ta‟lim olishlari uchun shart- sharoitlar yaratish, ularning boshlang‟ich tushunchalarni o‟rganish asosida tushunchalarning ilmiyligi, yangiligi va ishonchliligini tahlil qilish, eng yangi va ishonchli axborotlar bilan ta‟minlash, pedagoglarning kompetentligini rivojlantirish jarayonlarida axborotlar almashinuviga alohida e‟tibor qaratish o‟ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ta‟lim muassasalarida pedagoglarning kompetentligini rivojlantirish jarayonlarini tashkil etishda quyidagi omillarga e‟tibor qaratish zarur: - o‟qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayoni o‟qituvchilar faolligi va mustaqil ta‟lim olish faoliyatiga bog‟liqligiga; - ta‟lim muassasasida o‟qituvchi shaxsining rivojlanishiga turli darajada ta‟sir ko‟rsatuvchi tarbiyaviy munosabatlarning ahamiyatligiga; Tarkibiy asoslar Maxsus yoki kasbiy kompetentlik (kasbiy faoliyatni yuqori darajada tashkil etish) Ijtimoiy kompetentlik (kasbiy faoliyatni hamkorlikda tashkil etish, ijtimoiy mas‟ullik) Autokompetentlik (o„zini ijtimoiy-kasbiy rivojlantira olish) Ekstremal kasbiy kompetentlik (kutilmagan vaziyatda ishlay olish) - o‟qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayonlari komponetlarining o‟zaro bog‟liqligi va aloqadorligiga; - o‟qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayonlarida qayta aloqaning o‟ziga xos ahamiyati va zaruriyati; - o‟qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayonlarining protsessual tomoniga, ya‟ni to‟g‟ri va teskari jarayonlarning mavjudligiga; - o‟qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayonlarida ularda ta‟lim olishga bo‟lgan qiziqish, ya‟ni o„quv motivlarini shakllantirshning zaruriyatiga; - o‟qituvchilarda ijobiy o „quv motivlarini shakllantirishning samaradorligi o‟qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayonlarining natijaviyligini ifodalashiga; - o‟qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayonlari samaradorligining motivlashtirishga bog‟liqligiga; - o‟qituvchilarning kasbiy komnetengliligini rivojlantirish jarayonlarida axborotlarning yangiligi va ishonchliligiga. Pedagoglarning kompetentligini rivojlantirish jarayonlarini tashkil etishda alohida e‟tibor qaratilishi zarur bo‟lgan omillardan biri o‟qituvchilar faolligini ta‟minlash va mustaqil faoliyatini tashkil qilish bo‟lib, mazkur jarayonlar samaradorligi nafaqat ularning malakasini oshirishni tashkil etishga, balki mustaqil ta‟limni yo‟lga qo‟yish, o‟qituvchilarda o‟zini-o‟zi tarbiyalash ko‟nikmalarini shakllantirish, shuningdek, refleksiv ta‟limiy muhitni hamda o‟zaro ta‟sir jarayonini tashkil etishga bog‟liq bo‟ladi. Pedagoglarning kompetentligini rivojlantirish jarayonlarini ularning mustaqil olgan tushunchalari asosida tashkil etish va mazkur jarayonda ularni ijodiy fikrlashga undash asosida faolligini ta‟minlash, shuningdek, ularda refleksiv qobiliyatlarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayonlari samaradorligini ta‟minlashda o‟qituvchilarning o‟z ustida mustaqil ishlashi va mustaqil o‟rganishi uchun majburiy ta‟limiy muhitni shakllantirish, ularning tushunchalari darajasini hamda o‟zini- o‟zi rivojlantirishga moyilligini o‟rganish, tahlil qilish asosida mustaqil ta‟lim olishga ularda qiziqishlarni shakllantirish o‟ziga xos ahamiyat kasb etadi. Pedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayonlari komponentlaridan biri hisoblangan tarbiyaviy munosabatlar jarayoniga e‟tibor qaratadigan bo‟lsak, "inson-inson" munosabatlari shaklida birinchi navbatda ta‟lim muassasasi rahbarlarining o‟qituvchilar bilan "rahbaro‟qituvchi", o‟qituvchilarning o‟z o‟quvchilari bilan "o‟qituvchi-o‟quvchi", o‟qituvchilarning o‟z kasbdoshlari bilan "o‟qituvchi-o‟qituvchi" munosabatlarini, ya‟ni mazkur jarayonda o‟zaro bevosita ta‟sir mavjudligini ko‟ramiz. Pedagoglarning o‟z kasbiy kompetentliligini rivojlantirish bo‟yicha xatti-harakati yo‟nalishini (aynan shunday harakat qilishi zarurligini), ma‟lum bir vazifani (boshqa vazifani emas, aynan shu vazifani) belgilash zaruriyatini, shuningdek, belgilangan vazifani amalga oshirish vositasi va yo‟llarini (aynan shu vosita va yo‟lni) belgilovchi sababni maqsad deb aytish mumkin, shu maqsadga ko‟ra har bir pedagogning o‟z kasbiy kompetentsiyaviy piramidasi bo‟lishi lozim. Pedagogning kompetentsiyaviy piramidasini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling