CorelDraw X4 Ўқув қўлланма
Download 2.92 Mb.
|
CorelDraw dasturi o\'quv qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilimlar va malakalar ro‘yxati.
Keys amaliy topshirig‘i
Keys Barcha ta‘lim yo‘nalishi kursantlariga mo‘ljallangan. O‘quv fani: Informatika va axborot texnologiyalari. Ushbu keysning maqsadi: Aniq holat uchun kompyuter grafikasi dasturlari bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat. O‘quv natijalari: Keys bilan ishlash natijalari bo‘yicha kursantlar quyidagi malakalarga ega bo‘ladilar: Adobe Photoshop dasturi bilan ishlay olish va instrumentlar panelidagi asboblarni tahlil qilish; CorelDRAW dasturida grafik hujjatlar yarata olish maxorati; tahlil natijalarini qo‘llay bilishi. Bilimlar va malakalar ro‘yxati. Keysni muvaffaqiyatli yechish uchun kursant kompyuter grafikasi dasturiy vositalari va ularning ishlash tamoyillari to‘g‘risida bilimlarga ega bo‘lishi kerak. Keysda haqiqiy holat bayon etilgan. Rasmiylashtirish usuli: elektron, chop etilgan. Keysdan kompyuter grafikasi mavzusi hamda ―Informatika va axborot texnologiyalari‖ o‘quv fanlarini o‘rganishda foydalanish mumkin. KEYS: Bilim yurtini tamomlagandan so‘ng, birinchi xizmat joyida lavozimni qabul qilishda axborot kommunikasiya texnologiyalariniqo‘llash Siz bilim yurtini mufaqqiyatli tamomlab, birinchi ofiser unvonini oldingiz. Ta‘tildan so‘ng xizmat joyiga yetib bordingiz. Harbiy qism avtomobil xizmati boshlig‘i (boshqa xizmat boshlig‘i bo‘lishi ham mumkin) etib tayinlangansiz va belgilangan raxbariy hujjatlar asosida lavozimni qabul qilib olishingiz kerak. Siz xizmatni boshlagan harbiy qismda mavjud harbiy texnikalarni, texnikalar saqlash joylari, omborlarni holatini tekshirishingiz, belgilangan muddatda lavozimingizni qabul qilib olishingiz kerak. Harbiy qismda mavjud harbiy texnikalarni, texnikalar saqlash joylari, omborlarni holatini rasmga olishingiz, har bir rasmni matn bilan izohlashingiz, ularni chop qilib foto albomni qabul qilish dalolatnomasiga ilova qilishingiz zarur. Topshiriq: Ushbu vazifani bajaruvchi o‘zingiz ekanligini xisobga olib, qayerda, qaysi kompyuterda, qanday kompyuter dasturlaridan foydalananib foto albomni tayyorlashni va vazifani bajarish ketma-ketligini aniqlang? Download 2.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling