4
juda ko‗plab dasturiy mahsulotlari mavjud bo‗lib,
butun dunyoda keng
ommalashib ketgan, eng so‗ngi texnologiyalarni o‗zida mujassamlashtiradi.
Ushbu o‗quv qo‗llanmadagi ma‘lumotlar CorelDRAW X4 dasturining
ruscha
versiyalariga moslashtirilgan, ya‘ni qo‗llanmadagi terminlar dastur
jihozlarining
nomlari,
interfeys
elementlari,
parametrlar,
effektlar
nomlanishiga mos tushadi.
O‗quv qo‗llanma CorelDRAW X4 dasturini mustaqil o‗rganmoqchi
bo‗lgan foydalanuvchilar uchun mo‗ljallangan. Undagi ma‘lumotlar
foydalanuvchidan qandaydir maxsus tayyorgarlik
talab qilmaydi va qisqa
vaqtda CorelDRAW X4 dasturida ishlash imkoniyatini beradi.
Qo‗llanmadagi har bir amal ko‗rgazmali ravishda tushuntirilgan.
Ko‗rgazmalar ikki qismdan, ya‘ni CorelDRAW X4
dasturining va
yaratilayotgan grafik tasvirning amal bajarilguncha holati va amal
bajarilgandan keyingi holati ko‗rinishlaridan iborat.
Barcha amallarning ko‗rgazmali misollar bilan
tasvirlanishi dasturlar
bilan tezda tanishish imkoniyatini beradi.
Bu dasturlarning grafik imkoniyatlari juda yuqori va ayni paytda ham
soda, ham murakkab topshiriqlarni bajara oladi.
Shuningdek bu dasturlar
bevosita aniq fanlar bilan ham chambarchas bog‗liq bo‗lib, kursantlar va
boshqa ushbu qo‗llanma o‗quvchilarning kelgusi
ish faoliyatlarida ham
foydali o‗rin tutadi deb umid qilamiz.
Qo‗llanmadagi mavzu bo‗yicha nazorat savollari, test,
keys va amaliy
topshiriqlar mustaqil o‗zlashtirish uchun yordam beradi deb o‗ylaymiz.
O‗quv qo‗llanma yuzasidan fikr va mulohazalarni mualliflar minnatdorchilik
bilan qabul qiladilar.