CorelDraw X4 Ўқув қўлланма


Download 3.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/70
Sana28.07.2023
Hajmi3.91 Mb.
#1663303
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   70
Bog'liq
f113b3aa360da2a147f943172ae90253 CorelDRAW X4 Кўлланма 2

Keys amaliy topshirig‘i 
Keys Barcha ta‘lim yo‗nalishi kursantlariga mo‗ljallangan. 
O‘quv fani: Informatika va axborot texnologiyalari. 
Ushbu keysning maqsadi: Aniq holat uchun kompyuter grafikasi 
dasturlari bo‗yicha malaka va ko‗nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
O‘quv natijalari: Keys bilan ishlash natijalari bo‗yicha kursantlar 
quyidagi malakalarga ega bo‗ladilar: 
- Adobe Photoshop dasturi bilan ishlay olish va instrumentlar 
panelidagi asboblarni tahlil qilish; 
- CorelDRAW dasturida grafik hujjatlar yarata olish maxorati; 
- tahlil natijalarini qo‗llay bilishi. 
Bilimlar va malakalar ro‘yxati. Keysni muvaffaqiyatli yechish 
uchun kursant kompyuter grafikasi dasturiy vositalari va ularning ishlash 
tamoyillari to‗g‗risida bilimlarga ega bo‗lishi kerak. 
Keysda haqiqiy holat bayon etilgan. 
Rasmiylashtirish usuli: elektron, chop etilgan. 
Keysdan kompyuter grafikasi mavzusi hamda ―Informatika va axborot 
texnologiyalari‖ o‗quv fanlarini o‗rganishda foydalanish mumkin. 
 
I. KEYS: Bilim yurtini tamomlagandan so‘ng, birinchi xizmat joyida 
lavozimni qabul qilishda axborot kommunikasiya texnologiyalarini 
qo‘llash 
Siz bilim yurtini mufaqqiyatli tamomlab, birinchi ofiser unvonini 
oldingiz. Ta‘tildan so‗ng xizmat joyiga yetib bordingiz. Harbiy qism 
avtomobil xizmati boshlig‗i (boshqa xizmat boshlig‗i bo‗lishi ham mumkin) 
etib tayinlangansiz va belgilangan raxbariy hujjatlar asosida lavozimni qabul 
qilib olishingiz kerak.
Siz xizmatni boshlagan harbiy qismda mavjud harbiy texnikalarni,
texnikalar saqlash joylari, omborlarni holatini tekshirishingiz, belgilangan 
muddatda lavozimingizni qabul qilib olishingiz kerak. 
Harbiy qismda mavjud harbiy texnikalarni, texnikalar saqlash joylari, 
omborlarni holatini rasmga olishingiz, har bir rasmni matn bilan 
izohlashingiz, ularni chop qilib foto albomni qabul qilish dalolatnomasiga 
ilova qilishingiz zarur. 


93 
Topshiriq: 
Ushbu vazifani bajaruvchi o‗zingiz ekanligini xisobga olib, 
qayerda, qaysi kompyuterda, qanday kompyuter dasturlaridan foydalananib 
foto albomni tayyorlashni va vazifani bajarish ketma-ketligini aniqlang?

Download 3.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling