Разделить на строки (Split into Rows) Belgilangan bir yoki bir nechta
yacheykalarni bir nechta satrlarga bo‗lish imkoniyatini beradi, bunda
Разделение ячеек oynasi ochiladi.
Разделить на столбцы (Split into Columns) Belgilangan bir yoki bir
nechta yacheykalarni bir nechta ustunlarga bo‗lish imkoniyatini beradi,
bunda Разделение ячеек oynasi ochiladi.
Отмена объединения ячеек (Unmerge Cells) Слияние ячеек (Merge
Cells) buyrug‗iga teskari amalni bajarib, birlashtirilgan yacheykalarni
avvalgi holatiga qaytaradi. Faqatgina Слияние ячеек (Merge Cells) buyrug‗i
qo‗llanilgan yacheykalar uchun ishlatiladi.
Преобразовать таблицу в текст (Convert Table to Text)
Преобразовать текст в таблицу (Convert Text to Table) buyrug‗iga
teskari buyruq bo‗lib, mavjud jadvalni abzasli matnga elementlarini
ochiladigan oynada tanlanadigan simvol yordamida ajratib aylantirish
imkoniyatini beradi.
3.8. Инструменты (Tools) menyusi
Инструменты (Tools) menyusida dasturni sozlash, ayrim qo‗shimcha
oynalarni ochish buyruqlari, shuningdek yordamchi funksiyalar joylashgan.
Menyuning dastlabki bo‗limlari — Параметры (Options), Настройка
(Customization), Управление цветом (Color Management) va Сохранить
как настройки по умолчанию (Save Settings As Default) —dastur
parametrlari, undagi ranglarni sozlash va saqlash imkoniyatini beruvchi
oynalarini ochadi.
Shuningdek bir nechta qo‗shimcha oynalarni ochuvchi buyruqlar ham
mavjud.
Создать (Create) Menyuning bu bo‗limida CorelDRAW dasturining ayrim
maxsus ob‘yektlarini yaratish buyruqlari jamlangan.
Стрелка (Arrow) — belgilangan ob‘yekt asosida strelka yaratish.
Символ (Character) — belgilangan simvol asosida harf yaratish.
Заливка узором (Pattern Fill) — rasm asosida ob‘yektlarni naqshli
bo‗yash imkoniyatini beruvchi vositani yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |