61
3.9. Окно (Window) menyusi
Bu menyuda hujjatlarning
oynalari bilan ishlash, qo‗shimcha oynalar
va asboblar panelini ochish buyruqlari mavjud.
Создать окно (New Window) Bu
buyruq
yordamida bitta hujjat uchun bir nechta oynalarni
ochish mumkin.
Bu buyruqdan tasvir yoki
ob‘yektni biror qismini o‗zgartirish jarayonida bu
o‗zgarishlarini hujjatning umumiy ko‗rinishda
ko‗rish
imkoniyatini
yaratishda
foydalanish
mumkin.
Каскадом (Cascade) Barcha
ochilgan oynalarni
bir-biridan ma‘lum bir masofada ustma-ust qilib
joylashtirish uchun qo‗llaniladi.
Сверху вниз (Tile Horizontally) va Слева
направо (Tile Vertically) Ekran yuzasini
ochilgan
oynalarga
teng
taqsimlash
uchun
ishlatiladi. Birinchi
buyruq ochilgan oynalarni
ekranning to‗liq kengligi bo‗yicha joylashtirib,
ekran balandligini teng taqsimlaydi. Ikkinchi
buyruq esa birinchiga teskari,
ya‘ni ekranning kengligi ochilgan oynalar orasida teng taqsimlanadi.
Упорядочить значки (Arrange Icons) Agar ayrim oynalar vaqtinchalik
pastga tushirilgan bo‗lsa, bu buyruq o‗sha oynalarni ekranning pastki qismi
bo‗ylab taxlaydi.
Цветовые палитры (Color Palettes) Menyuning bu bo‗limi
buyruqlari
ranglar palitrasi bilan ishlashga mo‗ljallangan:
yangi palitra qo‗shish, mavjud palitralarni tahrirlash va belgilangan
ob‘yektni bo‗yashga ishlatilgan ranglar asosida palitra yaratish.
Окна настройки (Dockers) Menyuning bu bo‗limi
yordamida dastur
ekranining o‗ng tomonida ochiladigan qo‗shimcha oynalarini ochish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: