Course syllabus


HISOBLASHNI AVTOMATLASHTIRISH VOSITALARINING


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana20.10.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1713731
1   2   3   4   5   6   7   8
HISOBLASHNI AVTOMATLASHTIRISH VOSITALARINING 
EVOLYUTSIYASI


Funksional xususiyatlarni rivojlantirish g’oyalaridan biri, Jon fon Neyman tomonidan 
shakllantirilgan, xotirada saqlanadigan dasturi bo’lgan hisoblash mashina tamoili hisoblanadi. Uni 
boshlang’ich nuqtasi sifatida olib, HT rivojlanish tarixini uch bosqich ko’rinishida aks ettirish 
mumkin:
❑ - neymangacha bo’lgan davr;
❑ - fon-neyman arxitekturasiga ega bo’lgan hisoblash mashina va tizimlar davri;
❑ - neymandan keying davr – parallel va taqsimlangan hisoblashlar davri, bu yerda an’anaviy 
yondashuv bilan bir qatorda fon-neyman tamoilidan farqli ravishda hisoblash jarayonlarini tashkil 
etish tamoillari tobora ortib bormoqda.
Biroq, avlodlarning texnologiya o’zgarishiga bog’liqligi ancha kendroqdir. «Mexanik» davr (nolinchi 
avlod) va undan keyin kelgan HTning besh avlodi haqida gapiriladi. Birinchi to’rt avlod an’anaviy 
ravishda hisoblash tizimlarining element bazalari bilan bog’liq: elektron lampalar, yarimo’tkazgich 
qurilmalar, kam integrallashgan integral sxemalar (KamIS), katta (KIS), juda katta (JKIS) va ultra 
katta (UKIS) integral sxemalar. Umum qabul qilingan talqinda beshinchi avlod yangi elementlar 
bazasi bilan emas, balki HTning intellektual imkoniyatlari bilan bog’liq.


Beshinchi avlod HT yaratishga bo’yicha ishlar AQSh, Yaponiya, G’arbiy 
Yevropa va o’zaro iqtisodiy yordam ittifoqi mamalakatlari olimlari tomonidan 
amalga oshirilgan to’rttta mustaqil dasturlar doirasida amalga oshirildi. 
Dasturlarning xech biri kutilgan natijalarga olib kelmaganligini hisobga olib
HTning beshinchi avlodi haqida gapirish asta-sekinlik bilan o’nitilib bormoqda. 
Beshinchi avlod haqida talqin «texnologik» tamoildan tashqariga chiqadi. 
Boshqa tomondan, barcha HTlarning juda katta integral sxemalari (JKIS) 
to’rtinchi avlod tasnifi so’nggi yillarda sodir bo’lgan HT arxitekturasidagi tub 
o’zgarishlarni aks ettirmaydi. Bunday o’zgarishlarning rolini ma’lum darajada 
kuzatib borish uchun biroz boshqacha talqinni qo’llaymiz. HTlarning olti avlodi 
mavjud. Eng muhim voqialarni keltirib, ularning har birini qisqacha tavsiflashga 
harakat qilamiz.



Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling