Covid – 19 pandemiyasi haqida qisqacha ma’lumot


Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari uchun ipoteka kreditlarini ajratish bo‘yicha


Download 154.61 Kb.
bet8/13
Sana24.10.2023
Hajmi154.61 Kb.
#1719031
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Covid – 19 pandemiyasining jahon iqtisodiyotiga tasiri

Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari uchun ipoteka kreditlarini ajratish bo‘yicha:
a) 2020 yil dasturlari ijrosi doirasida:
- ipoteka kreditlari bo‘yicha imtiyozli davr 1 yil etib belgilanadi;
- ipoteka kreditidan foydalanishning birinchi 5 yili davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida belgilandi;
- ipoteka kreditlari foizlarini annuitet to‘lovlari formulasi bo‘yicha hisoblash tartibi tatbiq etiladi (oylik to‘lov asosiy qarz qoldig‘iga hisoblangan foizlar bo‘yicha to‘liq to‘lovni hamda kreditning bir qismini o‘z ichiga oladi, bu shunday hisoblashni nazarda tutadiki, har oylik barcha to‘lovlar kredit to‘lashning butun davrida bir xil bo‘ladi);
Mazkur ko‘riladigan choralar, tashqi global iqtisodiy oqibatlarni O‘zbekistonga ta’sirini kamaytirish, iqtisodiy vaziyatni muvozanatlashtirish uchun xizmat qiladi.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, ko‘pgina davlatlarning markaziy banklari asosiy foiz stavkalarini tushirishi moliyaviy sektorda emas, balki iqtisodiyotning real sektorida investitsion jozibadorlikni oshirishga qaratilgan. Agar 2008 yildagi tajribadan kelib chiqsak, o‘sha paytdagi ushbu vaziyat kapital oqimning rivojlangan davlatlardan rivojlanayotgan davlatlarga (Xitoyga) qarab harakatlanganligi kuzatilgan. Shu sababdan, O‘zbekistonning ayni paytdagi vaziyatdan foydalanib qolish imkoniyati mavjudligini inobatga olib, qulay investitsion muhitni yaratishga katta e’tibor qaratish, investitsion jozibadorlikni oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.

3. Pandemiyaning Markaziy Osiyoga tasiri.
Covid-19 pandemiyasi O’zbekiston iqtisodiyotiga salbiy ta’sir qildi. Bu haqida Xalqaro valyuta fondi (XVF) missiyaning yakunida aytib o’tdi.
“Pandemiyaning salbiy ta’siri 2020 yilning birinchi yarmiga to’gri keldi va bu iqtisodiyot uchun o’g’ir sinov bo’ldi. Lekin o’z vaqtida cheklash va qo’llab quvvatlash, samarali choralar, hamda iqtisodiy tadbirlarni samarali qo’llab bilish natijasida yilning oxirigacha O’zbekiston iqtisodiyoti ijobiy tomonga o’sdi” — deya xabar berdi XVF.
Shu qatorda 2020 yilda YIM 1,6% ga oshdi va O’zbekiston shu sababli iqtisodiyoti o’sgan kam sonli mamlakatlar qatoriga kirdi, ammo bu ko’rsatkich yilning boshida prognoz qilingan darajadan 4% ga kamroq ekanligi qayd etildi.
2021 yilda mamlakatda iqtisodiy o’sish davom etishi kutilmoqda, ammo bu ko’rsatkich bir nechta sabablarga ko’ra kechikishi mumkin:

  • Karantin qoidalari qayta tiklanishi.

  • Vaktsinatsiya sekin o’tishi.

  • Oltin narxi pasayishi va boshqalar.

Shuningdek, davlat tomonidan tiklanishga qaratilgan siyosat, aholini qo’llab quvvatlash, strukturaviy islohotlar va turli chora tadbirlar ham iqtisodiyotni o’sishiga yordam beradi. Ayni paytda ko’rilgan choralarni yumshatish mumkin emasligi qayd etildi.
Davlat tomonidan soliq va Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosati oqilona deb baholandi va bundan keyin kredit stavkalari to’liq bozorga asoslangan bo’lishi va imtiyozli kreditlarni subsidiyalash kerakligi ta’kidlandi.
“Biznes tizimini tartibga solish va eng muhimi uni osonlashtirish lozim. Tez-tez va bir martalik o’zgartirishlar investorlarni jalb qilmaydi”, — XVF xabarida aytiladi.
XVF O’zbekistonni ushbu sa’y-harakatlarda siyosiy maslahat, texnik yordam va moliyaviy yordam bilan qo’llab quvvatlashini davom ettirishga tayyorligini eslatib o’tdi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetida “COVID-19 pandemiyasi sharoitida Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda imkoniyatlar va xavf-xatarlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
Unda Oliy Majlis Senati aʼzolari, mamlakat vazirliklari va idoralari vakillari, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar ekspertlari, Markaziy Osiyo mamlakatlari olimlari va tadqiqotchilari, xorijiy oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari hamda JIDU professor-oʻqituvchilari, katta ilmiy izlanuvchi xodimlari qatnashdi.
Tadbirning dastlabki qismida Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Komiljon Karimov, BMT TDning Oʻzbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska, Global Europe Center direktori, Kent universiteti professori Yelena Korosteleva, GCRF COMPASS (2017-2021) xalqaro ilmiy loyihasining koordinatorlaridan biri, Markaziy Osiyo boʻyicha Kembrij forumi raisi, Kembrij universiteti Rivojlanish tadqiqotlari markazi professori Sidxart (Montu) Saksena nutq soʻzlashdi.
Markaziy Osiyoda pandemiya oqibatidagi jahon savdosi koʻrsatkichlarining pasayishini mintaqaviy hamkorlik orqali bartaraf etish, COVID-19 dan zarar koʻrgan kichik biznes sektorini qoʻllab-quvvatlash, asosan ayollar mehnat qiluvchi xizmat koʻrsatish, toʻqimachilik va savdo sohasidagi karantin davri muammolarini yechish, jamiyatda parlamentarizmni rivojlantirish kabilar bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Konferensiya davomida toʻrtta yoʻnalishda iqtisodiy oʻsishni taʼminlash, qashshoqlik va tengsizlikni kamaytirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, xalqaro hamkorlik jihatlari, COVID-19 pandemiyasi nuqtayi nazaridan BRMga erishishda tahdid va imkoniyatlar va hokazolar koʻrib chiqildi.
Maʼruzalarda iqtisodiy oʻsish va bandlikni taʼminlash, COVID-19 pandemiyasi davrida va inqirozdan keyingi davrda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligi, samarali boshqaruvning institusional va huquqiy jihatlari, barqaror rivojlanish maqsadida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, sogʻliqni saqlash tizimlarini takomillashtirish, taʼlim va xizmatlar sifatini oshirish, iqlim oʻzgarishi oqibatlarining oldini olish masalalariga eʼtibor qaratildi.
Ishtirokchilar pandemiyaga qarshi tizimli choralar koʻrish borasida mintaqa mamlakatlari orttirgan tajribani oʻrganishdi, bu COVID-19 tarqalishi oqibatida kelib chiqadigan xatar va tahdidlarni, inqirozni bartaraf etish boʻyicha muhim ilmiy va amaliy takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqish va Markaziy Osiyoda BRMni amalga oshirishda muvaffaqiyatga erishish imkonini berdi.

4. Pandemiyaning O’zbekistonga qilgan ta’siri: Xalqaro valyuta fondi hisoboti


2021 yilda mamlakatda iqtisodiy o’sish davom etishi kutilmoqda.Foto: Евгений Сорочин / SpotCovid-19 pandemiyasi O’zbekiston iqtisodiyotiga salbiy ta’sir qildi. Bu haqida Xalqaro valyuta fondi (XVF) missiyaning yakunida aytib o’tdi.
“Pandemiyaning salbiy ta’siri 2020 yilning birinchi yarmiga to’gri keldi va bu iqtisodiyot uchun o’g’ir sinov bo’ldi. Lekin o’z vaqtida cheklash va qo’llab quvvatlash, samarali choralar, hamda iqtisodiy tadbirlarni samarali qo’llab bilish natijasida yilning oxirigacha O’zbekiston iqtisodiyoti ijobiy tomonga o’sdi” — deya xabar berdi XVF.4
Shu qatorda 2020 yilda YIM 1,6% ga oshdi va O’zbekiston shu sababli iqtisodiyoti o’sgan kam sonli mamlakatlar qatoriga kirdi, ammo bu ko’rsatkich yilning boshida prognoz qilingan darajadan 4% ga kamroq ekanligi qayd etildi.
2021 yilda mamlakatda iqtisodiy o’sish davom etishi kutilmoqda, ammo bu ko’rsatkich bir nechta sabablarga ko’ra kechikishi mumkin:

  • Karantin qoidalari qayta tiklanishi.

  • Vaktsinatsiya sekin o’tishi.

  • Oltin narxi pasayishi va boshqalar.

Shuningdek, davlat tomonidan tiklanishga qaratilgan siyosat, aholini qo’llab quvvatlash, strukturaviy islohotlar va turli chora tadbirlar ham iqtisodiyotni o’sishiga yordam beradi. Ayni paytda ko’rilgan choralarni yumshatish mumkin emasligi qayd etildi.
Davlat tomonidan soliq va Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosati oqilona deb baholandi va bundan keyin kredit stavkalari to’liq bozorga asoslangan bo’lishi va imtiyozli kreditlarni subsidiyalash kerakligi ta’kidlandi.
“Biznes tizimini tartibga solish va eng muhimi uni osonlashtirish lozim. Tez-tez va bir martalik o’zgartirishlar investorlarni jalb qilmaydi”, — XVF xabarida aytiladi.
XVF O’zbekistonni ushbu sa’y-harakatlarda siyosiy maslahat, texnik yordam va moliyaviy yordam bilan qo’llab quvvatlashini davom ettirishga tayyorligini eslatib o’tdi.
Pandemiyada O’zbekiston iqtisodiyoti va tashqi savdosiga qanday xatarlar mavjud?

Koronavirus pandemiyasining jahon miqyosida keng tarqalishi global inqirozni vujudga keltirdi. Bu esa yalpi talab va taklifga, makroiqtisodiy barqarorlikka tashqi “zarba” boʻlib, oldingi iqtisodiy inqirozlardan koʻlami va zarari jihatidan katta farq qildi.
Qisqa vaqt oraligʻida pandemiyaning global miqyosda keng tarqalishi deyarli barcha davlatlardagi iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Binobarin, mamlakatlar iqtisodiyoti hech qachon bunday keng koʻlamli muammolarga duch kelmagan edi.
Karantin qoidalari bir davlatda yumshatilsa, boshqasida kuchaytirilayotgan ayni vaqtda mamlakatlarning iqtisodiyoti va savdo aloqalari holatini qanday prognoz qilish mumkin?
Qayd etish kerakki, pandemiya rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyoti va savdo aloqalarida tobora noaniqliklar ortishiga, ularda qabul qilingan iqtisodiy strategiyalar va dasturlardagi prognoz koʻrsatkichlarning oʻzgarishiga sababchi boʻldi. Ushbu noaniqliklar (siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy xatarlar) esa mamlakatlar iqtisodiyotiga va tashqi savdosiga sezilarli darajada salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Siyosiy xatarlarning mamlakatlar iqtisodiyotiga taʼsiri turlicha boʻlishi mumkin. Masalan, siyosiy xatarlar ortishi natijasida koʻplab mamlakatlarda beqarorlikni isbotlashi mumkin boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning qisqarishi kuzatiladi. Chet el investitsiyalarining qisqarishi butun iqtisodiy oʻsishning sekinlashishiga, ijtimoiy masalalarning salbiy holatga kelishiga sabab boʻlishi mumkin. Albatta, toʻsatdan sekinlashgan iqtisodiy oʻsish mamlakat yoki kompaniyaning qarzlarini toʻlash qobiliyatiga taʼsir qiladi, bu esa, oʻz navbatida, qimmatli qogʻozlar bozoriga ham oʻz taʼsirini oʻtkazadi.
Bundan tashqari, iqtisodiy oʻsishning sekinlashuvi yoki inqiroz valyuta bilan bogʻliq muammolarni keltirib chiqaradi. Hech kimga sir emaski, mamlakatning milliy valyutasi qiymati tushishi eksport pasayishiga va iqtisodiy oʻsish sekinlashishiga olib keladi.
Tahlillarga keladigan boʻlsak, mamlakatimiz iqtisodiyotiga xavf tugʻdiradigan eng katta siyosiy xatarlardan biri - korrupsiya hisoblanadi.
Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yoʻnaltirilgan tizimli choralar koʻrildi. Xususan, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini hamda sifatini oshirish, xalqaro maydondagi ijobiy imidjini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.
Oʻzbekistonda ichki siyosiy xatarlarning iqtisodiyot va tashqi savdoga taʼsirini koʻrsatuvchi omillar holatini (biznes muhitini) “Doing business” xalqaro reyting koʻrsatkichi ifodalaydi. Jahon bankining “Biznes yuritish — 2020” yillik hisobotida Oʻzbekiston 7 pogʻona yuqoriga koʻtarilib, ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda eng yuqori koʻrsatkichga erishgan 20 ta mamlakatlar qatoriga kirdi.
Jahon bankining Toshkentdagi vakolatxonasi maʼlumotlariga qaraganda, Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi boshqa toʻrtta davlat, shu jumladan Tojikiston, Ozarbayjon, Qirgʻiziston va Kosovo bilan birgalikda Oʻzbekiston ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda eng katta yutuqlarga erishgan 20 mamlakat safidan joy oldi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining faol rivojlanishini intensiv tashqi iqtisodiy faoliyatsiz, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilmasdan taʼminlab boʻlmaydi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni jadal surʼatlar bilan kengaytirayotgan Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun mintaqaviy va global iqtisodiyotdagi vaziyatning rivojlanishini toʻgʻri hisobga olish islohotlar muvaffaqiyatining asosiy omillaridan biriga aylanmoqda. Eksportni kengaytirish va investitsiyalarni jalb qilishga katta eʼtibor qaratilayotgan vaziyatda ushbu omilning ahamiyati katta.
Shuningdek, tashqi savdo sohasida byurokratik toʻsiqlar saqlanib qolmoqda. Doing Business — 2020 reytingida “Xalqaro savdo” indikatori boʻyicha Oʻzbekistonning pozitsiyasi ham buni tasdiqlab turibdi: 190 davlat ichida 152-oʻrin. Eksport qilayotganda chegara va bojxona nazoratidan oʻtish uchun 32 soat vaqt talab etiladi. Taqqoslash uchun, Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari uchun oʻrtacha koʻrsatkich 16,1 soatni tashkil qilmoqda.
Eksport operatsiyalari amalga oshirilayotgan paytda hujjatlarni rasmiylashtirish uchun 96 soat sarflanmoqda. Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarida esa bu jarayon 25,1 soatni talab etadi.
Import operatsiyalari amalga oshirilayotgan paytda chegara va bojxona nazoratidan oʻtish va hujjatlarni rasmiylashtirish uchun sarf qilinadigan vaqt mos ravishda 111 va 150 soatni tashkil etmoqda. Agar, buni Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bilan taqqoslasak, 20,4 va 23,4 soat sarflanadi. Ushbu koʻrsatkichlar eksport-import operatsiyalarini tartibga soluvchi davlat organlari faoliyatini takomillashtirish zarurligini koʻrsatadi.
Qisqa qilib aytadigan boʻlsak, siyosiy xatarlar aniq bir mexanizm bilan hal etiladigan muammolar qatoriga kirmaydi. Ularni hal etish ham tashqi, ham iqtisodiy, ham siyosiy, ham ijtimoiy aloqalar mustahkamligi, institutsional mexanizmlarni mamlakatda yuqori sifatda tashkil etilganligi bilan ham bogʻliqdir.

1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling