Covid-19 pandеmiyasining xalqaro savdoga ta'siri. Reja


Download 119.76 Kb.
bet1/5
Sana16.03.2023
Hajmi119.76 Kb.
#1273199
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Covid


Covid-19 pandеmiyasining xalqaro savdoga ta'siri.
Reja:

  1. Koronavirus pandemiyasining global iqtisodiyotga hamda mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta’siri

  2. Koronavirus pandemiyasigacha bo’lgan davrdagi iqtisodiy rivojlanish

  3. Koronavirus pandemiyasining mamlakatimiz iqtisodiyotiga salbiy ta’siri



Koronavirus pandemiyasigacha bo’lgan davrdagi iqtisodiy rivojlanishi
Tadqiqotlar natijasi shundan dalolat beradiki koronavirus pandemiyasi boshlangunga qadar jahon iqtisodiyoti va milliy iqtisodiyotlarda ijobiy siljishlar, barqaror rivojlanish alomatlari kuzatilgan. Oxirgi yillarda jahon iqtisodiyotida iqtisodiy o‘sishning sur’ati o‘rtacha 3 foiz atrofida bo‘lsa, uning yuqori sur’atlari:

  • Xitoy;

  • Tojikiston;

  • Armaniston;

  • O‘zbekistonda.

past sur’atlari:

  • AQSh;

  • Buyuk Britaniya;

  • Rossiya Federatsiyasida kuzatilgan.

Jahon iqtisodiyotining yalpi daromadi 2019 yilda 84,5 trillion AQSh dollarni, shu jumladan:

  • AQSh 20,6 trillion dollar (ulushi 24,4 foiz);

  • Xitoy Xalq Respublikasi 13,1 trillion dollar (ulushi 15,6%);

  • Germaniya 3,9 trillion dollar (4,6%);

  • Buyuk Britaniya 2,8 trillion dollar (3,3%);

  • Rossiya va Janubiy Koreya 1,5 trillion dollari (1,9%)ni tashkil etilishini quyidagi rasmda ko‘rishimiz mumkin.



Iqtisodiy o‘sish sur’atlari dinamikasi



Jahon iqtisodiyoti va O‘zbekiston bilan hamkor mamlakatlardagi iqtisodiy o‘sish sur’atlari dinamikasi
Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) joriy yil birinchi yarmida koronavirus pandemiyasi kengayishining to‘xtatilishi va ikkinchi yarim yildan boshlab iqtisodiy faollikning bosqichma-bosqich tiklanishi bo‘yicha taxminlariga asoslangan bazaviy prognozlariga ko‘ra, 2020 yilda jahon iqtisodiyoti 3 foizga qisqarishi kutilgan edi.
Bu sharoitda, iqtisodiy pasayish rivojlangan davlatlarda 6,1 foizni (shu jumladan, AQSh – 5,9 foiz, Yevrozona mamlakatlari – 7,5 foiz) va rivojlanayotgan mamlakatlarda – 1 foizni, shuningdek, Rossiyada – 5,5 foizni va Qozog‘istonda – 2,5 foizni tashkil etishi, O‘zbekistonda esa 1,8 foizlik iqtisodiy o‘sish prognoz qilingan edi.

Download 119.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling