Creative kids center


-bob. “Test department bo‘limi”ning huquqlari va majburiyatlari


Download 26.99 Kb.
bet3/7
Sana28.08.2023
Hajmi26.99 Kb.
#1670884
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Test department nizomi

3-bob. “Test department bo‘limi”ning huquqlari va majburiyatlari


1. Test department o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
1.1.Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda rahbaryatga kiritish.
1.2.Test sinovlarini o‘tkazish jarayonida ta’lim muassasasi rahbari tomonidan ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan holda qabul qilingan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa qarorlarning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish.
1.3.O‘z vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun ta’lim muassasasidan zarur axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish.
1.4.Shartnoma bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarga ilmiy-metodik, axborot-konsalting hamda namunaviy test topshiriqlari asosida diagnostik test sinovlari olimpiadalar o‘tkazish xizmatlari ko‘rsatish.
1.5.Zarur hollarda ta’lim muassasasi bilan birgalikda qarorlar va boshqa hujjatlarni birgalikda qabul qilish.
1.6.O‘ziga yuklangan vazifalarni hal etish uchun yetakchi pedagog-mutaxassislar jalb etish, shuningdek, ixtisoslashtirilgan, maqsadli va vaqtinchalik ilmiy-tadqiqot guruhlari va ijodiy guruhlar tashkil etish.
1.7.O‘z vakolatlari doirasida tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
1.8.Test department faoliyatini keng yoritish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy veb-saytlar, shuningdek, sahifalar yaratish.
1.9.O‘z vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar o‘tkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan shunga o‘xshash tadbirlarda ishtirok etish.
1.10. Test sinflari bo‘linadigan sinf xona va auditoriyalarni test topshiruvchilar uchun qulay, shaffoflik va adolat mezonlari buzilmaydigan tartibda jihozlash.
1.11.O‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha metodik materiallar va tavsiyalar ishlab chiqish.
1.12. Test department bo‘limi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Download 26.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling