Creative kids center


-bob. Test department faoliyatini tashkil etish baholash va tugatish


Download 26.99 Kb.
bet6/7
Sana28.08.2023
Hajmi26.99 Kb.
#1670884
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Test department nizomi

6-bob. Test department faoliyatini tashkil etish baholash va tugatish

1. Test department bo‘limiga maktab direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bo‘lim boshlig‘i boshchilik qiladi.


2. Test department bo‘limi boshlig‘i maqomiga ko‘ra maktab direktori o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
3. Test department bo‘limi boshlig‘i bo‘lmagan vaqtda uning vakolatlarini maktab direktori bo‘yrug‘i asosida mas’uliyat yuklatilgan xodim bajaradi.
4. Ta'lim muassasasida o‘quvchilar soni ikki yuz bir nafar bo‘lganda ta'lim muasasasi huzurida “Test department bo‘limi” tashkillashtiriladi. Bunda test department xodimlari ikki nafar: bo‘lim boshlig‘i va bo‘lim administrtatori lavozimlari joriy qilinadi.
5. Ta'lim muassasida o‘quvchilar soni 6-bob 4-bandida ko‘rsatilgan nafardan har yuz ko‘rsatkichga ko‘paygach, bir nafardan yordamchi administratorlik lavozimlari joriy qilinadi.
6. Test department bo‘limi o‘z vazifa va funksiyalarini mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirishi mumkin.
7. Test department bo‘limi faoliyatining samaradorligi va natijadorligi maktab ilmiy kengashi tomonidan muntazaam baholanib boriladi va Test department bo‘limi faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi.
8.Test department bo‘limi boshlig‘i va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish maktab ichki boshqaruv Nizomi, ilmiy pedagogik kengash va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘rsatilgan mezonlar doirasida amalga oshiriladi.
9. Test departmentni qayta tashkil etish va tugatish maktab asoschisi tashabbusi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
10.Test department bo‘limi tugatilgan vaqtda unda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarga bilimi, salohiyati va malaka toifasiga ko‘ra boshqa ish taklif etilishi mumkin.


7-bob. “Test department” bo‘limi faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish



  1. Test department bo‘limi xodimlariga ish haqi to‘lash “Ta'lim muassasasisi Boshqaruv nizomida ko‘rsatilgan tartibda to‘lanadi va ularni moddiy rag‘batlantirish manbalari maktab budjeti mablag‘lari, test department bo‘limining haq evaziga xizmat ko‘rsatish orqali tushgan mablag‘lar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.

2. Ma'lum bir olimpiadani o‘tkazishda tashkiliy ishlarda, test variantlarini ishlab chiqishda va nazoratchi sifatida ko‘ngilli ravishda amaliy yordam bergan ta'lim muassasasi yoki boshqa ta'lim muassasasi xodimlariga bo‘limining aynan o‘sha olimpiada uchun haq evaziga xizmat ko’rsatish orqali tushgan mablag‘lardan bir martalik olimpiada nizomlarida ko‘rsatilgan foizlarda ustama to‘lanadi.



Download 26.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling