Criteria of national eastern education abstract


www.scientificprogress.uz


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana29.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1138544
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
milliy-sharqona-tarbiya-mezonlari

www.scientificprogress.uz
 
Page 763
Ilm-fan mo’jizalar yaratgan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, 
Axmad Farg’oniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqa ko’plab 
ajdodlarimiz qaysi zaminda yashamasin, qaysi tilda asarlar yaratmasin, o’z elini, urf-
odatlarini unutmaganlar, doimo «O’zbek» degan nomni ulug’laganlar. 
Milliy an’analarmizni o’rganishda Maxmud Qoshg’ariy va Yusuf Xos Xojib singari 
mashhur siymolar xizmatlari ham beqiyosdir. 
Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muhammad Bobur, 
Abdulg’ozi Baxodirxon, Nodirabegim, Usmon Nosir, Abdulla Qodiriy kabi yorqin 
siymolarning sa’y-harakatlarini aytmaysizmi?! Haqiqatan ham, bu davr el-yurt tarixini, 
madaniyatini va san’atini o’rganishning oltin davrini tashkil etadi. Urf-odatlar, marosim 
va udumlar o’z-o’zicha boshqa xalqlar ma’naviyatidan ayricha taraqqiy etmagan 
qardosh-qozoq, qirg’iz, turkman, tojik va ozarbayjon xalqlarining ta’sirida yaratilgan, 
taraqqiy topgan. 
Tarbiya metodlari (usullar) – o’qituvchi- tarbiyachining oquvchilarga ta’sir 
ko’rsatish usullar, ularga ijobiy xulq-atvor ko’nikmalarii va malakalarini singdirish 
maqsadida ularning hayoti va faolyatini tarbiyaviy jihatdan to’g’ri tashkil etish 
yo’llaridiir. Aniqrog’i, tarbiya usuli deb tarbiyachining bolalarda axloq-odoob 
fazilatlarini tarkib toptirsh ta’sir etish yo’llariga aytiladi. Tarbiya usullari tarbiyaning 
maqsadi va mazmunidan kelib chiqib, komil inson shaxsini tarbiyalashga qaratilgandir. 
O’z-o’zini tarbiyalash bolaning doimiy ishi bo’lmog’i va uzluksiz davom etmog’i 
zarur. Chunki haqiqiy tarbiya bolani o’z kuch, layoqatlari va qobiliyatini ishga solishga 
undaydi, uning ideallarini, shaxsiy mulohazalarini, e’tiqodlarini tarkib toptiradi. 
Natijada bola shaxsini har tomonlama rivojlantiirishga qaratilgan tarbiyaviy jarayon 
o’z-o’zini tarbiyalash jarayoniga aylanadi. 
Tarbiyaviy usullarni ularning vazifasiga qarab quyidag asosiy guruhlarga ajratish 
mumkin: 
Ijtimoiy axloqni tarkib toptirish va o’quvchilar faoliyatini yo’lga qo’yish usullari: 
o’rgatish ibrat-namuna, ishontirish, o’yin, musobaqalar. 
Bular yordamida o’quvchida axloqiy odatlar hosil bo’ladi. O’quvchilarning xulqida 
tarbiyaviy mazmunga muvofiq axloqiy nafosat, mehnat qilish odatlari qaror topib 
boradi. Bunday odatlar asosan faoliyat zaminida tarkib topadi. Demak, bola shaxsini 
ifodalaydigan ijtimoiy xulq odatlarini hosil qilish uchun uni faoliyatga jalb etish yo’li 
bilan ijtimoiy aloqalar sharoitiga qo’yamiz va uning shaxsiy xususiyatlarini 
belgilaydigan odatlar hosil qilamiz. Bu guruh usullariga vazifalar bir-birdan farq 
qiladigan juda ko’p yo’l va vositalar kiradi. Masalan, o’quvchiga sharqona urf-odat, 
tarbiyani o’rgatish, mashq qildirish, ibrat namuna, talab etish ishontirish, o’yin, 
jamoatchilik fikridan foydalanish shular jumlasidandir. 
O’rgatish usuli o’quvchilarning hayotini, mehnatini, dam olishlarini batafsil o’ylab 
chiqqan holda tashkil etishni hamda dastlabki axloq-odob fazilatlarini tarkib toptirish 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 7 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling