Criteria of national eastern education abstract


www.scientificprogress.uz


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana29.01.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1138544
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
milliy-sharqona-tarbiya-mezonlari

www.scientificprogress.uz
 
Page 762
tayyor farzandlar qanday fazilatlarga ega bo’lishi kerak?» degan savolga aniq tajribada 
asoslangan javoblar olish masalasidir. Bularning barchasi O’zbekiston maktablarida 
milliy tarbiyaning mezonlarini ilmiy asoslash zaruratini vujudga keltirmoqda. 
O’zbekiston maktablari o’quvchilarini milliy tarbiyalash mezonlari mustaqillik 
tufayli yanada dolzarb ahamiyat kasb etgan shaxsning milliyligiga bevosita aloqador 
bo’lgan fazilatlarini singdirish tamoyilidan kelib chiqib belgilanadi. 
Milliy tarbiya mezonlarini belgilashda mustakil O’zbekistonning ijtimoiy 
buyurtmasi bulmish ijobiy sifatlar: milliy iftixor, vatanparvarlik, millatlararo mulokot 
madaniyati, milliy odob, vijdoniylik, iymon-e’tiqod, milliy istiklol mafkuraviy ongini 
rivojlantirish zarur. Ularning aksi bo’lgan salbiy sifatlar: milliy befarqlik, 
vatanfurushlik, xoinlik, manqurtlik, millatchilik, mahalliychilik, vijdonsizlik, 
mafkurasizlik kabilarga nafaqat uygotish darkor. Bu ishlarni bir-biri bilan uzviy boglab 
olib borish o’qituvchi-tarbiyachi tomonidan maxsus mezon qilib olinishi kerak. 
Milliy tarbiya mezonlarini belgilashda o’quvchilarning yosh, aqliy imkoniyatlarini 
e’tiborga olinadi. Quyida boshlang’ich sinf o’quvchisining milliy tarbiyalanganlik 
ko’rsatkichlari va mezonlari qanday bo’lishini taxminiy namunasini keltiramiz. 
O’zbekiston – Vatanim mening. O’zbekistonning tabiiy, ma’naviy, jug’rofiy va 
milliy xususiyatini anglash; o’lkaning o’tmishini, hozirgi hayot va kelajagi haqida 
tushunchalarga ega bo’lish; O’zbekistonning, o’zbek xalqining qahramon farzandlari 
xizmatlarini bilish; O’zbekiston Davlat ramzlarini bilish. 
Milliy g’urur asoslari. O’zining o’zbek millatiga mansubligini anglash; «O’zbek 
xalqi» tushunchasining madaniy mohiyatini tushunish, o’zini o’z millatining farzandi 
deb bilib, milliy burchlarini anglash; ona tilini cheksiz sevish, shu tilda tug’ri so’zlash 
va fikrlash. 
Milliy odob. Avval salomlashib, keyin so’z boshlash; o’zbek xalqida «yaxshi», 
«yomon» deb baholanuvchi xulq namunalarini bilish, barchani «siz»lash, o’zidan katta 
va kichiklarni izzatlash, do’stlik burchlarni bilish; ustozlarni e’zozlash munosabati, uyat 
so’z, so’kinishga, odobsizlikka salbiy munosabat bildirish. 
Vijdoniylik. Biror ishga qo’l urishdan avval «Bu ishimga odamlar nima 
deyisharkan?» degan mulohaza va andishaga borish, rostgo’ylik, yaxshi xulq va yomon 
xulqning farqlarini tushunish, yaxshi xulqqa ijobiy, yomon xulqqa salbiy munosabatini 
bildirish, ko’nglidagi gapni ochiq aytishga o’rganish. 
Tarixning guvohlik berishicha, har bir xalq va millat o’zlarining eng ibtidoiy 
davridan, ya’ni urug’chilik davridan boshlab, o’zligini namoyon qilishiga, milliyligini 
saqlab qolishga va uni tobora rivojlantirib borishga harakat qilib kelganlar. Tarbiyaning 
bunday ko’rinishlari va uning o’ziga xos shakllari xilma-xildir. Shu o’rinda milliy 
qahramon Spitamenning vatanparvarlik yo’lida olib borgan mardonavor kurashlar 
yuqoridagi fikrimizga dalil bo’la oladi. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 7 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling